Guliston davlat pedagogika universiteti



Yüklə 65,08 Kb.
səhifə5/9
tarix21.12.2022
ölçüsü65,08 Kb.
#121604
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Kurs ishi mavzu “alifbe darslarida nutq tovushlarini tahlil va (1)

1-BOB BO‘YICHA XULOSA
Bolаgа bir turdаgi tuzilmаlаrdаn foydаlаnmаgаn holdа sо‘zlаrning tо‘g‘ri tаrtibini qо‘llаshni о‘rgаnishdа yordаm berаdigаn mаshqlаrgа аlohidа e’tiborni qаrаtish zаrur.
Muhimi, bolаdа gаp tаrkibi hаqidа vа hаr xil turdаgi gаplаrdа leksikаdаn tо‘g‘ri foydаlаnish hаqidа oddiy tаsаvvurlаr shаkllаnsin. Buning uchun bolаlаrgа gаpdа sо‘zlаrni biriktirishning turli usullаrini, sо‘zlаr о‘rtаsidаgi аyrim mаzmunli vа grаmmаtik bog‘liqliklаrdаn foydаlаnishni hаmdа gаpni intonаsion jihаtdаn rаsmiylаshtirishni о‘rgаtish zаrur.
Shundаy qilib, nutqning grаmmаtik tuzumini shаkllаntirish jаrаyonidа sintаktik birliklаr bilаn аmаllаr bаjаrish kо‘nikmаsi shаkllаnаdi, muаyyan muloqot shаroitidа vа rаvon monologik fikrlаrni tuzish jаrаyonidа til vositаlаrini ongli rаvishdа tаnlаsh tа’minlаnаdi.
Bolа tilining grаmmаtik tuzumini shаkllаntirish uning nutqi (tili) rivojlаnishining umumiy oqimidа rо‘y berishi lozim; pedаgogik rаhbаrlik shаkllаri vа metodlаri umumiy nutqiy rivojlаnishning bosqichmа-bosqich xususiyatgа egаligini, eng аvvаlo diаlog vа monologni, sо‘zgаchа bо‘lgаn mаzmunli-semаntik tizimdаn vаziyatgа oid ixtiyoriy iborаli nutqqа о‘tish (undаn keyinchаlik diаlog vа monolog rivojlаnаdi), bolаlаrning nutqiy hаvаskorligi sohаsi sifаtidа tengdoshlаr bilаn muloqotning diаlogik shаkllаrini о‘zlаshtirishni hisobgа olishi lozim.
Grаmmаtik kо‘nikmаlаrni shаkllаntirish usullаri vа yо‘llаri О‘rgаnilаyotgаn tilning grаmmаtik tuzilishini shаkllаntirish metodlаri vа usullаri: аyrim sо‘zlаr vа iborаlаr misolidа grаmmаtik shаkllаrni kо‘rgаzmаli nаmoyish qilish; о‘yin vаziyatlаri, nutqiy mаshqlаr, ijodiy tusdаgi rolli о‘yinlаr, hаjmi unchаlik kаttа bо‘lmаgаn mаtnlаrni tinglаsh vа boshq.


II. BOB. «ALIFBЕ» DARSLARIDA NUTQ TOVUSHLARINI TAHLIL VA TARKIB QILISH


2.1. “Alifbe” darsligi asosida savod о‘rgatish metodlari
Amaldagi “Alifbe” darsliklari va ularga yozilgan qо‘llanmalarga asosan savod о‘rgatishda tayyorgarlik davri uchun 8 dars, alifbedan sо‘nggi davrga ham 8 dars ajratiladi. Oraliq davr “Alifbe” davri hisoblanadi. Ta’limning har bir bosqichidagi darsning о‘ziga xos xususiyatlari mavjud. Darsning tizimini qurilishida ichki mantiqiylik bо‘lib, har bir tizimda Yangi tovush harf о‘rganiladigan dars bilan Yangi mavzu о‘rganilmaydigan darsni navbatlashtirish, orfografiya va sо‘zning bо‘g‘in tuzilishi haqida ma’lumot berish, о‘quvchilar nutqi va tafakkurini о‘stirish kabi talablarga rioya qilinadi. Darslar tizimi takrorlash-umumlashtirish darsi bilan yakunlanadi.
Oz komplektli maktablarda о‘qituvchi bir vaqtning о‘zida ikki yoki uch sinf bilan ishlaydi. Bunday sinflarda о‘qituvchi bir vaqtning о‘zida bir necha sinf о‘quvchilari bilan ish olib boradi. Bunday sinflarda dars jadvali integrallashtirilgan bо‘lishi kerak va darslar 30 daqiqa qisqartirilishi mumkin.
Oz komplektli maktablarda о‘quvchilarning mustaqil ishlariga alohida ahamiyat beriladi. Shuning uchun mustaqil ishlar tizimi ishlab chiqilishi zarur. Chunonchi, harf terish kartoni va abak yordamida turli xil analitik-sintetik ishlar yoki hikoya qilishga tayyorlanish, texnika vositalaridan foydalanish va hokazo.
“Alifbe” darsligi sizningcha qanday bо‘lishi kerak?” savoliga olingan javoblar umumlashtiriladi.

  1. “Alifbe” materiali bolalarda ongli, tо‘g‘ri, ravon о‘qish va tо‘g‘ri yozish malakalarini hosil qilishga yordam berishi kerak.

  2. О‘qish uchun berilgan matnlar, rasmlar bolalar saviyasiga mos bо‘lishi, shu bilan birga ularning tafakkuri va nutqini о‘stirish.

  3. “Alifbe” tuzilishida tovush harflarning tez va kо‘p ishlatilishi tamoyilidan foydalaniladi.

  4. “Alifbe” turlarini sanang.

  5. “Alifbe” ning hajmi savod о‘rgatishga ajratilgan vaqtga mos bо‘lishi kerak.

  6. “Alifbe” mualliflarini ayting.

  7. “Alifbe” ning harfi terilishi, qog‘ozi, rasmlarining bо‘yoqlari gigienik talablarga javob berishi.

  8. “Alifbe” ning tuzilishi qanday?

  9. “Alifbe” ning tashqi kо‘rinishi chiroyli, bolalar diqqatini о‘ziga tortadigan bо‘lishi kerak.

  10. “Alifbe”, “Yozuv daftari” va savod о‘rgatish metodikasi qо‘llanmalarini qiyoslang. Savod о‘rgatish darslarini tahlil qiling.

Alifbega qо‘yilgan barcha talab va tamoyillarni faqatgina alifbe tuzuvchilari emas, balki u bilan ishlaydigan о‘qituvchi ham bilishi zarur; о‘qituvchi, avvalo, alifbening mazmunini, tuzilishini, yaxshi bilib olib, undagi materialdan pedagogik jarayonni tashkil etish (alohida dars rejasini tuzish, darslar sistemasini belgilash, alifbe materialiga qо‘shimcha material tanlash, ba’zi materiallarni qayta kо‘rib chiqish)da foydalanadi. Shundagina о‘qituvchi kitobga ijodiy yondoshib, undan metodika talablari va о‘zining pedagogik tajribasidan kelib chiqib foydalangan bо‘ladi.
1. Tovush savod о‘rgatishning asosi bо‘lib xizmat qiladi. Savod о‘rgatish davrida sо‘z va bо‘g‘inlarni tovush tomonidan analiz va sintez qilish, tovush va ularning artikulyasiyasini analiz qilish mashqlari о‘tkaziladi, diksiya (ravshan, burro gapirish) ustida ishlanadi, logopedik ishlar olib boriladi. Tovush ustida ishlash bilan ayniqsa, kesma harflardan sо‘z tuzish kabi sirtez qilish pryomlarida birlashib ketadi; tovush va harf о‘rtasidagi munosabatni doimo aniqlab borish о‘qish malakalari shakllantirish uchun ham, imlo tomnidan savodli yozish asosini yaratish uchun ham foydalidir.

S.P.Redozubov tovushni analiz va sintez qilish metodlarini tо‘liq ishlab chiqqan. Shulardan, о‘zbek tilida savod о‘rgatishda quyidagi metodlardan foydalaniladi:


a) Analiz. Analitik ishlar. Analitik-sintetik ishlar.
1. Nutq (gap) dan sо‘zni ajratish; sо‘zni aniq taffuz qilish; bо‘g‘inlarga bо‘lish va bо‘g‘inlarni aniq talaffuz qilish; urg‘uli bо‘g‘inni ajratish va uni boshqa bо‘g‘inlardan farqlab, kuchli talaffuz qilib о‘qish, maxsus tovushni ajratgan holda sо‘zni bо‘g‘inlab о‘qish (aaaa-na, nooon, iiil. Sssa-na, yyyо‘l, ki-yyyik, iiish).
2. Shu darsda о‘rganiladigan Yangi tovushni ajratish. Yangi tovushni birnchi marta ajratishning bir necha usuli bor:
a) sо‘zdan tovushni uzun talaffuz qilib ajratish: aaa-na, looo-la, iiin, booo-la;
b) undosh tovushni yopiq bо‘g‘indan ajratish: Usss-mon, O-limmm, O-minnn.
v) sirg‘aluvchi undoshni ochiq bо‘g‘indan ajratish: sssa-na, to-yyyb, zzzi-rak.
s) bо‘g‘in hosil qilgan bir unlini ajratish: o-na, u-num, о‘-tin, yo-rug‘, o-ta, yu-tuq, u-zuk;
d) о‘rganilgan tovushni sо‘z boshida kelgan sо‘zlardan ajratish (sо‘zni о‘qituvchi aytadi, birinchi tovushni esa о‘quvchi aytadi): nok, tok, lola, ...;
e) rasm nomini ifodalovchi sо‘zni aytish; о‘qituvchi nokning rasmini kо‘rsatib, noo deydi, о‘quvchilar k tovushini о‘zlari qо‘shadilar: nok.
Asosan, darsda yangi tovush birinchi marta ajratib, talaffuz qilingandan sо‘ng, shu tovush sо‘z boshida, о‘rtasida, oxirida kelgan va aniq talaffuz qilinadigan sо‘zlar tanlanib, о‘quvchilarga talaffuz qildiriladi: k tovushi uchun: kuz, tik, tok.
O tovushi: olma, osh, O-mon;
D tovushi: dog‘, Odil (sо‘z oxirida jarangsizlashadigan ozod, hisob kabi sо‘zlarni tanlash tavsiya qilinmaydi).
3. Sо‘zdagi tovushlarni sanash va ularning nomini tartibi bilan aytish, sonini aniqlash, bо‘g‘inlarni sanash: olma – ol-ma, o-l-m-a; 4 ta tovush, 4 ta harf, ikki unli tovush, ikki undosh tovush, ikki bо‘g‘in... Bu priyomdan о‘quv yilining ikkinchi yarmida va keyingi sinflarda ham fonetik tahlil sifatida foydalaniladi.
4. Jarangli va jarangsiz undoshli sо‘zlarni taqqoslash: dil-til, oldin-oltin, tog‘-tosh, moy-choy-loy-boy-soy-toy kabi.
Savod о‘rgatishda analiz-sintez bir-biridan ajratilmaydi. Chunki, analiz о‘qish jarayonini egallash uchun zamin yaratadi, sintez esa kо‘proq о‘qish malakasini shakllantiradi.
b) Sintez: sintetik ishlar. Analitik-sintetik ishlar.
1. Tovush tomonidan analiz qilingan sо‘zni yoki bо‘g‘inni talaffuz qilish va uni kesma harfdan tuzish (yozish); shu sо‘z yoki bо‘g‘inni о‘qish.
2. О‘rganilgan undosh bilan (na, no, la, lo, ni, li, bi, si, ma, mo, mi, ta, to, ti, dl, do, so, sa, ..) bо‘g‘in jadvalini tuzish; bо‘g‘in jadvalini kitobdan yoki matndan о‘qish; kesma harflardan bо‘g‘in jadvalini tuzish.
3. Bola-lola-tola, boy-toy-soy-loy, baxt-taxt, ona-ota, mosh-bosh kabi bir undosh harf bilan farqlanadigan yoki ona-ana, ukki-ikki, osh-ish kabi bir unli harf bilan farqlanadigan sо‘zlarni о‘qish (bunday sо‘zlarni о‘quvchilarning о‘zlari topib о‘qishlari mumkin).
4. Sо‘zning boshiga yoki oxiriga bir harf qо‘shib, Yangi sо‘z hosil qilib о‘qish; ola-lola, osh-bosh, oy-toy, boy, soy, loy; о‘roq-sо‘roq; ol-hol, sol; sava-savat, elka-elkan; son-oson; ayiq-qayiq; о‘lka-yо‘lka; olti-oltin; oldi-oldin.
5. Sо‘z о‘rtasiga harf qо‘shib, Yangi sо‘z hosil qilib о‘qish: kо‘mak-kо‘lmak, ziray-ziyrak, tana-tashna, osha-oshna.
6. Bо‘g‘inlarni almashtirib Yangi sо‘z hosil qilish va о‘qish: Gulnor-Norgul.
7. Tovushlarning о‘rnini almashtirib Yangi sо‘zni hosil qilish va о‘qish: somon-osmon, tilak-kalit, qо‘y-yо‘q.
8. Tovushni yoki bо‘g‘inni tushirib qoldirib Yangi sо‘z hosil qilish va о‘qish: anor-nor, gulnor-gul, elkan-elka, bog‘la-bog‘.
Bо‘g‘in qо‘shib Yangi sо‘z hosil qilish va о‘qish: bog‘-bog‘cha, gul-gulzor, bog‘bon, dorboz.

Sintetik ishlarning bu priyomlari tovush ustida ishlashni harf ustida ishlash bilan birga qо‘shib olib borishni talab qiladi. Bu ish priyomlari qiziqarli bо‘lib, darsda yarim о‘yin holatini vujudga keltirishga imkon beradi.


Xulosa qilganda faqat analiz yoki faqatgina sintez bilan kifoyalanib bо‘lmaydi, ammo tafakkur faoliyatining u yoki bu turi etakchi rol о‘ynaydi. Sо‘zni analiz qilish bilan о‘quvchi sо‘zni leksik ma’noga ega bо‘lgan bir butun sifatida anglaydi, bu sintezdir; sо‘z sintez qilinganda uning tovush tarkibiga diqqat jalb etiladi, bu esa analizdir. Umuman, savod о‘rgatish jarayonida analitik-sintetik ishlar sistemasi bolaning aktiv fikrlashini ta’minlaydi. Analitik-sintetik ishlar usuligina о‘quvchilarning bilish mustaqilligini ta’minlaydi, muammoli vaziyat yaratadi, bolalarda kuzatuvchanlikni, ziyraklikni о‘stiradi. Tovush-harf tomonidan analiz va sintezni engillashtiradigan foydali vositalar sifatida kesma harflar, kesma bо‘g‘inlar va harf terish polotnosi, shuningdek, harf yoki bо‘g‘in abak, kadoskopdan foydalaniladi; tovushlarning talaffuzi ustida ishlash uchun, shuningdek, yozib olingan ifodali nutqni (asosan, badiiy asarni) takroriy eshittirish uchun magnitafon (yoki lingafon) kabineti xizmat qiladi.
V) tovushlar artikulyasiyasi, diksiya ustida ishlash.
Analiz-sintez ishlari sistemasida tovushning о‘zini analiz va sintez qilish, tovushni talaffuz qilish vaqtidagi nutq apparati organlarining holati va harakatini kuzatish (analiz) va harf bilan ifodalangan tovush va tovushlar birikmasini talaffuz qilish maqsadida nutq organlarini zarur holaga keltirish(sintez) muhim о‘rin tutadi masalan: u tovushning analizini olsak: til tanglayga tomon baland kо‘tariladi, tanglay bilan til orasida torgina bо‘shliq qoladi, lablar bir-biriga yaqinlashib yumshoqlashadi, ovoz hosil bо‘ladi;
R tovushining sintezi og‘iz ozroq ochiq tishlar orasida bо‘shliq bо‘ladi, lablar ozgina kengroq tortilgan, til ozroq orqaga itarilgan va tanglay (tepa)ga tomon baland kо‘tarilgan holatda; ovoz eshitiladi, о‘tayotgan havo kuchi bilan tilning uchi titraydi.Sinfda barcha tovushlarning artikulyasiyasi (hosil bо‘lishi) va kо‘rsatib bо‘lmaydi. Masalan: afrikatlar (ch, j) , chuqur til orqa (q, g‘, x), bо‘g‘iz tovushi (h) artikulyasiyasini kо‘rsatish qiyin.

Yüklə 65,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin