Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B. Muxametov, A. A. Abduvohidov buxgalteriya hisobi


Savdo va sanoat korxonalarida integratsiyalashgan hisob tizimini avtomatlashtirishning xususiyatlari



Yüklə 2,01 Mb.
səhifə329/524
tarix11.11.2023
ölçüsü2,01 Mb.
#131837
1   ...   325   326   327   328   329   330   331   332   ...   524
Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B

Savdo va sanoat korxonalarida integratsiyalashgan hisob tizimini avtomatlashtirishning xususiyatlari. Bozor munosabatlari sharoitida korxonalar boshqaruv hisobida zamonaviy kompyuter texnologiyalari va dasturlaridan foydalanish hisob tizimi oldida turgan dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.
Boshqaruv hisobini integratsiyalashgan hisobini samarali joriy etish korxonalar hisob tizimida kompyuter texnologiyalarining qo’llanilish darajasiga bog’liq. Bunda korxona bo’linmalari faoliyatini avtomatlashtirish orqali qo’lda bajariladigan qog’oz va yozuv-chizuv ishlarini kamaytirish, zarur hollarda tezkor boshqaruv axborotlarini olish imkoniyati yaratilishi lozim. Ushbu masalani hal qilish uchun korxona boshqaruvi va bo’linmalar o’rtasida o’zaro bog’langan, yagona kompyuter tizimi (to’ri) o’rnatiladi hamda ma’lumotlarni tezkor uzatish yo’lga qo’yiladi (13.2-chizma).

1-bo’lim

2-bo’lim

3-bo’lim

4-bo’lim





Server kompyuter

Axborotlar Axborotlar


oqimi oqimi



Korxona rahbari

Korxona rahbarining iqtisodiy ishlar bo’icha o’rinbosari

Material bo’limi

Ishlab chiqarish (kalkulyatsiua) bo’limi

Umumiy bo’lim


13.2-chizma. Savdo va sanoat korxonalarida integratsiyalashgan hisob

Savdo korxonalarida integratsiyalashgan hisob tizimida kompyuter texnologiyalarini qo’llash quyidagi faoliyatga nisbatan tatbiq etiladi:


– ulgurji tovarlar etkazib berish;
– boshqa xizmatlarni ko’rsatish.
Bunda barcha xo’jalik muomalalari kompyuter dasturlarida quyidagi belgilarga ajratilgan holda ifodalanidi:
– faqat boshqaruv hisobida aks ettiriladigan xo’jalik muomalalari;
– faqat moliyaviy hisobda aks ettiriladigan xo’jalik muomalalari;
– moliyaviy va boshqaruv hisobda aks ettiriladigan xo’jalik muomalalari.
Savdo korxonalarida integratsiyalashgan boshqaruv hisobini olib borish uchun kompyuter dasturi yordamida quyidagilar bajariladi:
– xo’jalik muomalalarini ro’yxatga olish uchun tegishli analitik hisobvaraqlar aniqlanadi;
– dasturga mahsulot (tovarlar), pul mablag’lari qoldiqlariga doir ma’lumotlar kiritiladi;
– moliyaviy va boshqaruv hisoboti shakllarini tuzish amalga oshiriladi;
– analitik hisobvaraqlar va hisobot shakllari ma’lumotlarini qayta ishlash orqali zarur boshqaruv axborotlari tayyorlanadi hamda foydalanuvchilarga taqdim etiladi.
Savdo va sanoat korxonalarida integratsiyalashgan hisobni avtomatlashtirishning muhim xususiyatlaridan biri, u orqali korxona byudjetini turli muddatlar uchun osongina tuzish imkoniyatining mavjudligidir. Shuningdek, avtomatlashtirilgan tizim asosida zarur muddat uchun kelgusi daromad va xarajatlar byudjetini tuzish, amalga oshiriladigan to’lovlarni doimiy ravishda kuzatib borish, smetalarning bajarilishini tahlil qilish, korxonani istiqbolli rivojlantirishni nazarda tutuvchi moliyaviy (biznes) rejalarni ishlab chiqish mumkin.
Integratsiyalashgan hisob tizimida biznes rejalashtirish aniq belgilangan oraliqda amalga oshiriladi. Biznes rejalashtirishda byudjetlar bir martalik (asosiy vositalarni sotib olish) va takrorlanadigan (byudjetga soliq to’lovlari, ijara to’lovlarini amalga oshirish) xo’jalik muomalari asosida tuziladi.
Takrorlanadigan xo’jalik muomalalarini rejalashtirish belgilangan sana va hafta kunlari bo’yicha amalga oshiriladi. Bunda har bir xo’jalik muomalalari kompyuter dasturida alohida ro’yxatga olinadi. Mazkur kompyuter dasturlari o’tgan hisobot davrlaridagi xo’jalik muomalalari asosida strategik rejalar tuzish imkonini beradi.
Integratsiyalashgan hisob tizimida kompyuter dasturlaridan foydalanishning afzalligi shundaki, unda oldingi davrlar uchun tizilgan byudjetlarga avtomatik ravishda tuzatishlar kiritish imkoniyati mavjud. Moliyaviy reja (byudjet)ga kiritilgan xo’jalik muomalalari bo’yicha dastlabki va yig’ma hujjatlar tayyorlanadi.
Ushbu kompyuter dasturining yakuniy qismida moddiy va pul mablag’larining rejalashtirilayotgan davr oxiriga bo’lgan qoldiqlari aniqlanadi.
Shunday qilib, savdo va sanoat korxonalari boshqaruv hisobini integratsiyalashgan tizim bo’yicha tashkil etishda kompyuter texnologiyalaridan foydalanish korxona hisob tizimida tegishli byudjetlarning to’g’ri tuzilganligi, to’lovlarning o’z vaqtida amalga oshirilganligi ustidan samarali nazorat o’rnatish imkonini beradi.



Yüklə 2,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   325   326   327   328   329   330   331   332   ...   524




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin