Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B. Muxametov, A. A. Abduvohidov buxgalteriya hisobi



Yüklə 2,01 Mb.
səhifə374/524
tarix11.11.2023
ölçüsü2,01 Mb.
#131837
1   ...   370   371   372   373   374   375   376   377   ...   524
Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B

13.15-jadval
Korporatsiyalarning afzalliklari va kamchiliklari

Afzalliklar

Kamchiliklar

Aktsiyadorlar korporatsiyaning qarzlari bo’yicha, korporatsiya esa aktsiyadorlarning qarzlari bo’yicha shaxsiy javobgarlikka ega emas

Korporatsiya mulkdorlarining ikki tomonlama soliqqa tortilishi

Yirik va mayda sarmoyadorlarni jalb etish yo’li bilan kapitalni tezda yig’ib olish imkoniyati mavjud

Yakka tadbirkorlik yoki hamkorlikka, nisbatan korporativ faoliyatining ancha qat’iy tartibga solinishi

Aktsiyalar egalari almanishi munosabati bilan korporatsiyaning faoliyati to’xtab qolmaydi

Aktsiyadorlar uchun korporatsiyani joriy boshqarishda cheklanishlarning mavjudligi

Korporativ tuzilmalarning asosiy turlaridan biri xolding kompaniyasi hisoblanadi. Xolding (angl.) – boshqa kompaniyalar faoliyatini nazorat qilish va boshqarish maqsadida ular aktsiyalarining nazorat paketiga ega bo’lgan kompaniyadir. Amaliyotda sof va aralash xolding turlari mavjud.
Sof xolding aktsiyalar nazorat paketiga egalik qila turib, boshqa korxonalar faoliyatini nazorat qilish va boshqarish bilan shug’ullanadi. Aralash xolding muayyan sohada (sanoat, savdo, transport va h.k.) tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiradi.
Xoldingning tarkibiga kiruvchi korxonalar sho’’ba korxona bo’lib, mustaqil yuridik shaxs hisoblanadi.
Aktsiyalar (paylar, ulushlar)ning nazorat paketi deganda korxona ishtirokchilarining umumiy yig’ilishida va uning boshqaruv organlarida muayyan qarorlarning qabul qilinishi yoki rad etilishini ta’minlovchi, korxona kapitalida ishtirok etishning istalgan shakli nazarda tutiladi. Aktsiyalarning nazorat paketlari to’g’risidagi qaror monopoliyaga qarshi organ tomonidan qabul qilinadi va tartibga solinadi.
Xolding aktivlari quyidagilardan tashkil topadi:
– qimmatli qog’ozlar;
– muassislar tomonidan shartnoma asosida berilgan, shuningdek, xolding mablag’lari hisobidan xarid qilingan aktivlar;
– pul mablag’lari va h.k.
Xoldinglar qisman yoki to’liq xorijiy sarmoya asosida, shuningdek, xorijiy korxonalar aktsiyalari nazorat paketlarini sotib olish yo’li bilan ham tashkil qilinadi.
Xoldingning aktivlari tarkibiga sho’’ba korxonalari aktsiyalarining nazorat paketlari bilan bir qatorda aktsiyalarning teng (paritet) paketlari (ikkita ishtirokchi bo’lganda 50 foiz) va boshqa xo’jalik jamiyatlari kapitalidagi ishtirok paketlari (aktsiyalarning nazoratsiz paketlari) kiritilishi mumkin.
Sho’’ba korxonalar o’z majburiyatlari bo’yicha ularga tegishli mol-mulk, shu jumladan bosh xoldingga tegishli bo’lgan aktsiyalar nazorat paketining qiymati bilan javob berishadi.
Xolding kompaniyalarining tashkil etilishi moddiy, moliyaviy resurslarning integratsiyalashuviga erishish, ularni yirik investitsiya dasturlarini amalga oshirish uchun yo’naltirishga ko’maklashadi.
Xolding korxonalarni alohida faoliyat turlari bo’yicha, amaldagi monopoliyaga qarshi me’yoriy-huquqiy hujjatlar talablariga asoslangan holda birlashtiradi. Xoldingni tashkil etish bosh kompaniya balansini taqsimlashni har tomonlama asoslangan tartib bo’yicha amalga oshirish, ta’sis hujjatlarini ishlab chiqish va ularni aktsiyadorlar umumiy yig’ilishida tasdiqlash kabi bosqichlardan iborat.
Bosh va sho’’ba korxona o’rtasidagi o’zapo munosabatlar shartnoma asosida amalga oshiriladi. Ta’sis shartnomasida bosh va sho’’ba korxona o’rtasida balansning taqsimlanish tartibi belgilanadi, asosiy va aylanma mablag’lar hajmi, sho’’ba korxonasining aylanma mablag’larini to’ldirishning umumiy asoslari belgilanadi.
Respublikamizda xolding kompaniyalarini shakllantirish ularning afzalliklari va kamchiliklarini taqqoslashga bevosita bog’liq (13.16-jadval).

Yüklə 2,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   370   371   372   373   374   375   376   377   ...   524




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin