Konsentrlanganeritmadanmoddalarniajratibolish Konsentrlangan eritmalardan moddalarni ajratib olish uchun kristallanish va quritish usullari qo‘llani1adi.
Kristallanish. Harorat oshishi bilan eru chanligi oshib boruv- chi moddalar sovitilganda ularning to‘yingan eritmalarini sovi- tish paytida kristallanadi (ijobiy kristallanish). Bu jarayon siste- mada suv miqdori o‘zgarmas holatda boradigan politermik yoki izogidrik kristallanish deyiladi. Agar harorat ko‘tari1ishi bilan moddaning öruvchanligi kamaysa, kristallanishni eritmani isi- tish paytida olib boriladi (salbiy kristallanish). Harorat o‘zgarishida eruvchanligi kam o‘zgaradigan moddalar doimiy haroratda suvni bug‘1atish yo‘1i bilan kristallanadi. Bu jarayon izotermik kristal- lanish deyiladi.
MgCl2, MgSO4, NaC1 eritmalari ijobiy, CaSO4, CaSiO, va boshqa eritmalar esa salbiy eruvchanlikka ega.
Tuzning kristallanishini konsentrlangan eritmaga uning eruv- chanligini kamaytiruvchi moddalarni qo‘shish yo‘1i bilan olib boriladi.
Kristallanishning ko‘p tarqalgan turi moddalarreagentlarini go’Ilab kimyoviycho’ktinishhisoblanadi.
Masalan, metall ionlari aralashmalarini ishqor eritmalarini qo‘shib, gidroksid ko‘rinishida cho‘ktirib olinadi.
Yuklamali yonishni qo‘11ab kristallash korrozion faol erit- malarni, shuningdek, harorat pasayishi bilan eruvchanligi oshuv- chi tuzlarning eritmalarini konsentrlash va bug‘1atish uchun ish- latiladi.
Yuklamali yonish — bu gaz holatdagi yoqilg‘ining maxsus jihozlangan gorelkalarda suyuqlik yuzasi ostida yondirilishidir.
Ishlash prinsipi. Issiqlik bevosita issiqlik tashuvchidan suyuq- likka beriladi, bunda yonish paytida hosil bo‘1ayotgan issiqlikdan foydalanish darajasi 90a ni tashkil etadi. Issiqlikning ko‘p qismi gaz gorelkasidan chiqadigan issiq gazlarning fizik issiqligi ko‘rinishida bo‘1adi. Issiq gaz juda ko‘p miqdordagi mayda pufak- chalarga parchalanadi; shunday qilib issiqlik berishning maksimal rivojlangan yuzasi ta’minlanadi. Gazlar sovitilib, suyuqlik haro- ratiga yaqin haroratda eritmadan chiqadi. Bug‘1atishda olingan suv bug‘i suyuqlik sirtidan chiqarib yuboriladi. Jarayon sxemasi 7.8- rasmda keltirilgan.
Bug‘latuvchi kristaltizatorlar orasidan issiq gaz yoki havo bilan ishlovchi San qurilmasidan foydalaniladi. U suyuqlik kame- rasida purkashli bug‘1atuvchi kristallizator hisoblanadi.
Temir sulfat kristallarini bunday kristallizatorlarda hosil qi- lish sxemasi 7.9- rasmda keltirilgan.
Suyuqlik sig‘imidan nasos orqali bug‘1atuvchi qurilmalarning yuqori qismiga beriladi. Bu yerda suyuqlik soplolar yordamida purka- ladi. Yonish kamerasida hosil bo‘1gan issiq gazlar bilan ta'sir- lashgan suv bug‘1anadi va suyuqlik konsentrlanadi, so‘ng yig‘gichga kelib tushadi. Bu yerdan uni bakka haydaladi va bakka qo‘shimcha sulfat kislota qo‘shiladi; natijada temir sulfat cho‘kadi. Cho‘kma vakuum-fıltrda ajratib olinadi, xira suyuqlik yig‘gichga to‘kiladi va ishlov berishga yo‘na1tiriladi.
Ishlatilgan gazlar bug‘latuvchi qurilmalardan parrak yordamida so‘rib olinadi va separator orqali o‘tkaziladi. Bu yerda chiqib keta- yotgan kislota tomchilari tutib qolinadi.
Yirik kristallar oson fıltrlanadi, tindiriladi, namligi kam bo‘1adi, oson quritiladi.
Eruvchanligi musbat koeffitsiyentli eritmalar kristallanishi uchun havoli yoki suvli so ituvchi kristallizatorlar ishlatiladi. Ular- ning quyidagi turlari mavjud:
1) Aralashtirgichli rezervuarlar qobiq, burama naycha, trub- kali sovitkich bilan jihozlangan. Ularda sovitish suv, suyuq ammiak, sovituvchi namakob yordamida amalga oshiriladi. Qurilmalarning kamchiligi sovituvchi yuzaning kristallar bilan qoplanishi.
2) Shnekli kristallizatorlar uzunligi 12-25 m va kengligi 0,5-0,7 m bo‘lgan, uncha katta bo‘lmagan burchak ostida o‘rnatilgan yumaloq tagli tarnovdan iborat. Eritma suv yordamida qobiq orqali sovitiladi. Cho‘kkan kristallar shnek yordamida aralashtiriladi.
3) Vakuumli kristallizatorlar bir va ko‘p bosqichli bo‘lishi mumkin. Ular aralashtirgichli, sirkulatsion nasosli, kristalli sus- penziyalarni quyuqlashtiruvchi sinflovchi uskunalar bilan jihoz- lanishi mumkin.
4) Barabanli aylanuvchi kris/affi¿afoming uzunligi 20 m va diametri 1,5 m bo‘ladi. Aylanish tezligi 0,3 ay1/daq gacha bo‘1adi. Kristallar aylanuvchi barabanning ichki yuzasida hosil bo‘1ib, zanjir yordamida olib tashlanadi. Suv bilan sovitish qobiq orqali amalga oshadi. Havo bilan sovitishda uni baraban ichiga beriladi, bu yerda havo eritmaga qarama-qarshi yo‘naladi.