10-mavzu: Oqova suvlarni tozalashning termik usullari
Termik usullar yordamida tarkibida kalsiy, magniy va boshqa mineral tuzlar hamda organik birikmalar bo‘lgan oqova suvlar zararsizlantiriladi.
Bunday oqova suvlarni zararsizlantirish quyidagi usullar yor-
damida amalga oshiriladi:
— erigan moddalarni ajratish bilan oqova suvlarni konsentr- lash;
— katalizator ishtirokîda ofganik mOddalarni oksidlash;
— organik moddalarni suyuq fazada oksidlash;
— olovli zararsizlantirish.
Oqova suvlarni konsentrlash
Oqova suvlarni konsentrlash usuli asosan tarkibida mineral moddalar bo‘lgan oqova suvlarni zararsizlantirish maqsadida qo‘11ani1adi. Bu usul oqova suvdan tuzlarni ajratib olib, aylanma suv ta'minotiga yaroqli bo‘lgan toza suv olish imkonini beradi. Mineral moddalar va suvning ajralish jarayoni ikki bosqichda olib boriladi (7. 1 - rasm): 1) konsentrlash; 2) quruq moddalarning ajralish bosqichi.
Ko‘pincha ikkinchi bosqich konsentrlangan eritmalarni ko‘- mib tashlash bilan almashtiriladi. Konsentrlangan oqova suvni
7.1-rasm. Mineral moddalar va suvning ajralish bosqichlari:
1 — konseııtrlash; 2 — quruq moddaning ajralishi.
purkovchi quritgichlarga quruq mahsulotni ajratish uchun yo‘na1tirish mumkin.
Konsentrlash va cho‘kmani ajratish bos- qichlarini olib borishga ketadigan energiyaning nisbiy sarfi quyi- dagicha topiladi:
£ = (Ek+Ech)/s0; Ek=ekwk; Ech=cchWh,
bu yerda, e — konsentrlanish bosqichini olib borishga ketadigan energiyaning nisbiy sarfi; Ek va Ech — konsentrlash va cho‘kmani ajratish bosqichlarida energiya sarfi; S0 — oqova suv sarfi; ek, ech
konsentrlash va cho‘kmani ajratish bosqichidagi energiyaning nisbiy sarfi: Wk va Wch„— konsentrlash va cho'kmani ajratish jihozlarining quwati.
Oqova suvlarni konsentrlash bug‘1atuvchi, muzlatuvchi va kristallogidrat qurilmalarida davriy va uzluksiz ravishda olib bori- lishi mumkin. Termik konsentrlash qurilmalarining sinflanishi 7.2-rasmda keltirilgan.
Bug‘latkich mashinalar. Sanoatda eritmalarni konsentrlash uchun bug‘1atkich mashinalaridan keng foydalaniladi. Buning uchun tuzilishi har xi1 bo‘1gan bir va ko‘p bosqichli bug‘1atuv- chi qurilmali bug‘latkich mashinalar ishlatiladi.
Bug‘1atish energiya ko‘p sarf bo‘1adigan jarayondir. Bug‘latishga sarflangan energiya oqova suvni bosh1ang‘ich haroratidan to bug‘latish haroratigacha isitishga; deformatsiyalash va bug‘ hosil qilish markazlarini o‘tkazishga; eritma va erituvchini ajralishi uchun ketgan ishga; bug‘lanishda bug‘ pufakchalarini yuzada shaklla- nishiga; pufakchalar shakllanishida bosim kuchlarini yengishga; pufakcha yordamida fazalar ajralishi chegaralarini yengishga va pu- fakchalarni fazalar qismi chegarasigacha eltishga ketgan energi- yalar yig‘indisidan iborat.
Eritmalarni termik konsentrlash qurilmalarinfiig sinflarga bo‘linishi.
Energetik sarflarni hisoblayotganda bug‘lanish r ga eritma va erituvchining ajralishiga ketgan energiyani hisobga olish kerak:
Dostları ilə paylaş: |