Guliston davlat universiteti ekologiya va geografiya kafedrasi suv havzalarining sanitar holati


-mavzu: Oqova suvlarni tozalashning biokimyoviy usullar



Yüklə 2,93 Mb.
səhifə25/55
tarix18.11.2023
ölçüsü2,93 Mb.
#132881
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   55
suv havza. majmua

9-mavzu: Oqova suvlarni tozalashning biokimyoviy usullar.

Biokimyoviy tozalash usullari maishiy-xo‘jalik va sanoat oqova suvlarini erigan organik va anorganik moddalar (vodorod sulfid, sulfidlar, ammiak, nitritlar) dan tozalashda qo‘1laniladi. Toza- lash jarayoni mikroorganizmlarning ushbu moddalarni o‘z hayoti faoliyatida ozuqa sifatida foydalanishiga asoslangan, chunki organik moddalar mikroorganizmlar uchun uglerod manbayi hisob- lanadi.


Mikroorganizmlar organik moddalar bilan ta'sirlashib, ularni qisman parchalaydi, suv, uglerod dioksidi, nitrit, sulfat ionlari va boshqa moddalarga aylantiradi. Organik moddalarning qolgan qismi biomassa hOsil qilishga sar0anadi. Organik moddalarning par- chalanishi bfokirnyoviy oksidlanish deb ataladi.
Biokimyoviy ko ’rsatkichlar. Biokimyoviy tozalashga berila- yotgan oqova suvlar KBBE va KBKE kattaliklari bilan tavsiflanadi. KBBE — kislorodga bo‘1gan biokimyoviy ehtiyoj, ya'ni ma'1um vaqt (2, 5, 8, 10, 20 sutka) davomida organik moddalarni biokimyoviy oksidlanishi uchun sarflangan kislorod miqdori. Masa- lan, KBBES — 5 sutka davomida kislorodga bo‘1gan kimyoviy ehtiyoj, KBBEt„.„ — nitrolash jarayoni boshlangunga qadar kislorodga bo‘lgan to‘liq biokimyoviy ehtiyoj. KBKE — kislorodga bo‘lgan kimyoviy ehtiyoj, ya’ni suv tarkibidagi barcha qayta- ruvchilarning oksidlanishi uchun zarur bo‘lgan oksidlovchining miqdoriga ekvivalent bo‘1gan kislorod miqdori. Ushbu ko‘rsatkichlar 1 mg modda uchun O, ning mg miqdorlarida ifodalanadi.
Mikroorganizmlarning faolligi deganda oqova suv tarkibidagi organik moddalarni parehalash bilan bog‘liq bo‘lgan biokimyoviy faoliyat tushuniladi.
Biokimyoviy oksidlanish KBBE„„i /KBKE bog‘1iq1igidagi biokimyoviy ko‘rsatkich bo‘yicha ham tavsiflanishi mumkin. Uning miqdori turli gruppadagi oqova suvlar uchun ma'lum oraliqda o‘zgarib turadi: sanoat oqova suvlari quyi 0,05...0,3, maishiy oqova suvlar esa 0,5 dan yuqori biokimyoviy ko‘rsatkichga ega. Ifloslik- lar konsentratsiyasi va zaharliligi bo‘yicha sanoat oqova suvlari- ning biokimyoviy ko‘rsatkichi to‘rt gruppaga bo‘1inadi.
I gruppa oqova suvlarining biokimyoviy ko‘rsatkichi 0,2 dan yuqori. Bu gruppaga oziq-ovqat sanoati oqova suvlari kiradi. Bu gruppa oqova suvlarining organik ifloslantiruvchilari mikroblar uchun zaharsizdir.
II gruppa oqova suvlari 0,10-0,02 oralig‘idagi biokimyoviy ko‘rsatkichga ega. Bu gruppaga kokslash, koks-kimyo, soda kor- xonalari oqova suvlari kiradi. Ushbu gruppa oqova suvlari mexanik tozalashdan so‘ng biokimyo iy tozalashga beriladi.
III gruppa oqova suvlarining biokimyoviy ko‘rsatkichi 0,01— 0,001. Gruppaga sulfidlash, xlorlash, yog‘ va sirt faol moddalar, sulfat kislota ishlab chiqarish, qora metallurgiya, og‘ir mashina- sozlik korxonalari oqova suvlari kiradi. Ular mexanik va fizik-kimy- oviy tozalashdan so‘ng biokimyoviy tozalashga beriladi.
IV gruppa oqova suvlari 0,001 dan kichik biokimyoviy ko‘rsatkichga ega. Bu gruppa oqova suvlari asosan muallaq zarracha- lar bilan ifloslanadi. Ularga ko‘mir va rudalarni boyitish fabrika- lari oqova suvlari kiradi. Bunday suvni tozalash uchun mexanik usuldan foydalaniladi.
I va II gruppa oqova suvlarini toZalab, suv ta’minotining ay- lanma tizimida qayta ishlatish mumkin. III gruppa oqova suvlari davriy hosil bo‘ladi va undagi iflosliklarning konsentratsiyasi o‘zgarib turadi. U suvda eruvchan moddalar bilan ifloslanadi. Bu gruppa suvlarini suv ta’minotining aylanma harakatida qayta ish- latib bo‘lmaydi.
KBBE/K-BKE 100% — 50a nisbatda moddalar biokimyoviy oksidlanishga beriladi. Bunday holatda oqova suv tarkibida za- harli moddalar va og‘ir metall tuzlarining aralashmalari bo‘1mas1igi lozim. Biokimyoviy ko‘rsatkich oqova suvlarni tozalash uchun sanoat inshootlarini hisoblash va ekspulatatsiya qilish uchun zarur.
Oqova suvlarni biokimyoviy tozalashning âerob va anaerob usullari ma'lum. Aerob usul hayot faoliyati uchun doimiy kis- lorod oqimi va 20—40°C harorat zurur bo‘1gan aerob gruppa mikroorganizmlarini qo‘llashga asoslangan. Oqova suvlarni aerob tozalashda mikroorganizmlar faol loyqa yoki bioplyonkada yetish- tiriladi. Anaerob tozalash usullari kislorod ishtirokisiz borib, asosan cho‘kma1arni zararsizlantirishda qo‘11ani1adi.
Faol loyqa tirik organizmlar va qattiq substratdan tashkil top- gan. Tirik organizmlar bakteriyalar to‘plami va yakka bakteriya- lar, sodda chuvalchanglar, mog‘or zamburug‘lari, achitqi, akti- nomisetlar va ayrim hollarda qisqichbaqa hamda hasharotlar lichinkalari, shuningdek, suv o‘tlari va boshqalar yig‘indisidan iborat. Faol loyqada hayot kechiruvchi barcha tirik organizmlar- nirıg majmuasi biosenoz deb ataladi. Bunday biosenoz mikro- roorganizmlar va sodda hayvonlarning 12 turidan iborat bo‘1adi.
Faol loyqadagi yig‘ilgan bakteriyalar shilliq qatlam (kapsula- lar) bilan o‘ralgan. Bunday yig‘i1ma1ar zoogleya deb ataladi. Ular loyqaning strukturasini yaxshilanishiga, cho‘kishi va Zichlashishiga yordam beradi. Shilliq moddalar tarkibida ipsimon bakteriya- larni yo‘q qiluvchi antibiotiklari mavjud bo‘1adi. Shilliq qatlam- dan ajralgan bakteriyalar iflosliklarni juda sekin oksidlaydi.
Faol loyqa — pH=4—9 muhitda manfiy zaryadli bo‘lgan am- foter kolloid sistemadir. Oqova suvlarning sezilarli darajadagi farq- lanshiga qaramay, faol loyqaning elementar kimyoviy tarkibi bir- biriga yaqin. Masalan, koks-kimyo zavodi oqova suvlarini tozalash tizimlaridagi faol loyqaning kimyoviy tarkibi C9,H,g9O53N2,S,; azotli o‘g‘it1ar ishlab chiqarish oqova suvlarini tozalash tizimla- rıda C 0H,67O52N24S, va shahar oqova suvlarini tozalash tizimlarıda esa C54H„2O„N„S,.
Faol loyqaning quruq moddasi 70-90a organik va 30—10a anorganik moddalardan iborat. Faol loyqada mikroorganizmlar- ning turli gruppalari joylashadi. Bunday gruppalarning vujudga kelishi oqova suv tarkibi, ulardagi kislorodning miqdori, tem- peratura, muhit reaksiyasi, tuz miqdori, oksidlanish-qaytarilish potensiali va boshqa omillarga bog‘1iq. Ekologik gruppalar bo‘yicha mikroorganizmlar aerob va anaeroblarga, termofil va mezofıllarga, galofil va galofoblarga ajratiladi. Sanoat oqova suv- larini tozalashda aerob mikroblardan keng foydalaniladi.
Faol loyqaning sifati uning cho‘kish tezligi va oqova suvlarni tozalash darajasi bilan aniqlanadi. Yirik loyqalar maydalariga nis- batan tez cho‘kadi. Loyqaning holati loyqa indeksi bilan tavsifla- nadi. U faol loyqa cho‘kkan qismi hajmini 30 daqiqa davomida indirishdan so‘ng qurigan cho‘kma massasiga (grammlarda) bog‘1iq1igini ko‘rsatadi.

Yüklə 2,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin