Guliston davlat universiteti ekologiya va geografiya kafedrasi suv havzalarining sanitar holati


Oqova suvni sun'iy tozalash inshootida tozalash



Yüklə 2,93 Mb.
səhifə27/55
tarix18.11.2023
ölçüsü2,93 Mb.
#132881
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   55
suv havza. majmua

Oqova suvni sun'iy tozalash inshootida tozalash
Oqova suvni sun'iy sharoitda tozalash aerotenk yoki biofıltr- larda olib boriladi.
Aerotenklarda tozalash. Temir-betonli aeratsiyalanadigan re- zervuar aerotenk deyiladi. Aerotenkda tozalash jarayoni oqova suv va faol loyqaning aeratsiyalangan aralashmasining o‘tishi bilan boradi (6.2- rasm). Aeratsiya suvning kislorod bilan to‘yinishi va faol loyqani muallaq holatda ushlab turish uchun kerak.
6.2- rasm. Biologik usulda oqova suvlarni tozalash chizmasi:
7—bir1amchi tindirgich; 2—aerator-oldi; 3—aerotenk; #—regenerator; 5—ikkilamchi tindirgich.
Oqova suv tindirgichga yo‘na1tiri1adi, u yerda muallaq zarra- chalarning cho‘kishini yaxshilash uchun faol loyqa qo‘shi1adi. So‘ngra tiniqlashtrilgan suv me'yor1agichga keladi. Bu yerga ikki- lamchi tindirgichdan o‘tgan bir qism faol loyqa ham tushadi. Bu yerda oqova suv havo yordamida qisman (15—20 daqiqa) aerat5i- yalanadi. Zarurat bo‘lsa me'yorlagichga neytrallovchi oziqlantiruv- chi qo‘shimcha moddalar kiritiladi. Me'yor1agichdan o‘tgan oqo- va sum aerotenkka beriladi.
Aerotenkdagi biokimyoviy jarayonlarni 2 bosqichga bo‘1ish mumkin: I) organik moddalarning faol loyqaning yuzasiga ad- sorbsiyasi va kislorod ishtirokida yengil oksidlanuvchi moddalar- ning minerallanishi; 2) sekin oksidlanuvchi organik moddalar oksidlanishining oxiriga yetishi va faol loyqaning regeneratsiyasi. Bu bosqichda kislorod kamroq sarf bo‘1adi.
Aerotenk 2 qismga: regenerator (umumiy hajmning 25a ini tashkil etadi) va tozalash jarayoni boradigan asosiy aerotenkka bo‘linadi.
.Aerotenk bu ochiq havza bo‘1ib, u aeratsiya uchun qurilma- lar bilan jihozlangan. Ular 2, 3 ma 4 koridorli bo‘1adi. Aerotenk- ning chuqurligi 2—5 m gacha yetadi.
Aerotenk quyidagi xususiyatlariga ko‘ra ajratiladi:
1) gidrodinamik ish rejimi bo yicha — siquvchi, aralashtiruvchi
va oraliq ko‘rinishdagi aerotenklar;
2) faol loyqaning regeneratsiyalash qobiliyatiga ko’ra — alohida regeneratsiyalovchi va ayrim birikmalari regeneratsiyalovchi aero- tenklar;
3) faol loyqaga yuklamasi bo'yicha — yuqori yuklamali (to‘liq bo‘1magan tozalash uchun), oddiy va kam yuklamali (uzaytirilgan aeratsiya bilan) aerotenklar;
4) bosqichlar miqdori bo yicha — bir, ikki, va ko‘pbosqich1i aerotenklar;
5) suvning kiritilish rejimi bo yicha — o‘zgaruvchan ish daraja-
si va ta'sir1ashish bilan to‘g‘ri oqovali va yarimoqovali aerotenklar;
6) tuzilish ko ’rsatkichlari bo ’yicha ishlaydigan aerotenklar
bo‘ladi.
Oqova suvlarni aerotenklarda tozalashning asosiy texnologik sxemalari 6.3- rasmda keltirilgan.
Aeratsiya. Kislorodning suvda eruvchanligi kam (harorat na bosimga bog‘1iq) bo‘1gan1igi uchun uni kislorod bilan to‘yintirishga ko‘p miqdorda havo beriladi.
Aeratsiyada havo, oqova sus va faol loyqa orasida yuqori ta'sir1ashish yuzasi ta’minlanishi kerak. Bu esa oqova suvni sama- rali tozalashning zaruriy sharti hisoblanadi. Amaliyotda oqova suv- larni aerotenklarda aeratslyalashning pnevmatik, mexanik va pnev- momexanik usullari qo‘1lanî1adi. Aeratsiya usulini tanlash aero- tenk turi va aeratsiya tezligiga bog‘liq.
Pnevmatik aeratsiyada siqilgan havo havopurkagich yordami- da g‘ovakli keramik plitalar orqali beriladi. Mexanik aeratsiyada suyuqliklar turli moslamalar yordamida aralashtiriladi. Bu qurilma- lar yaqinida gaz pufakchalari hosil bo‘1adi, ular yordamida kis- lorod oqova suvga o‘tadi.
Aeratorlar vertikal va gorizontal aylanish o‘qiga ega bo‘1ishi mumkin. Vertikal aylanish o‘qli aeratorlar yuzali va chuqurli tur- larga bo‘1inadi. Aeratsiya mexanizmi bo‘yicha turbinali, impellerli va purkaydigan turlarga bo‘1inadi. Gorizontal aylanma o‘q1i aera- torlar yuzali (rotorli) va aralashishli turlarga bo‘linadi. Mexanik aeratorlarning sinflanishi 6.4- rasmda ko‘rsatilgan.
Aerotenklar. 6.5 rasm, a da ikkilamchi tindirgich bilan biriktirilgan aerotenk-tindirgich sxemasi keltirilgan. Sxemada ae- ratsiya zonasi tindirish zonasidan ajratilgan. Oqova suv markazga beriladi. Tindirish zonasida faol loyqaning muallaq qatlami hosil bo‘1adi va bu qatlam orqali oqova suv fıltrlanadi. Qoldiq faol loyqa quvurlar orqali muallaq qatlam zonasidan chiqarib yuboriladi, qaytariladigan faol loyqa esa aeratsiya zonasiga kelib tushadi.
Aerotenk-tiniqlashtirgichda (6.5- rasm, b) oqova suv aeratsiya zonasiga kelib tushadi. Bu yerda faol loyqa bilan aralashadi va aeratsi- yalanadi. So‘ng aralashma derazalar orqali tiniqlashtirish va dega- zatsiya zonalariga beriladi. Tiniqlashtirish zonasida faol loyqaning muallaq qatlami hosil bo‘1adi, bu qatlamdan loyqali aralashma fıltrlanadi. Tozalangan suv tarnovlar orqali aerotenkdan chiqa- rib yuboriladi

Yüklə 2,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin