portal.guldu.uz-Geokriminogen vaziyatga ta’sir etuvchi omillarning geografik jihatlari
Yalpi hududiy mahsulot hajmida: -sanoatning ulushi (qurilishni qo‘shgan xolda) 33,5 foizni tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan 0,2 bandga o‘sdi (2019-yil yakuni bilan 33,3%);
-qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi 42,3 foizni tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan 0,6 bandga pasayishi kuzatildi (2019 yil yakuni bilan 42,9%);
-xizmatlar ulushi 24,2 foizni tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan 0,4 bandga o‘sishi ta’minlandi (2019-yil yakuni bilan 23,8%).
Yalpi hududiy mahsulot hajmida kichik biznesning ulushi 69,2 foizni tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan 0,8 bandga o‘sdi (2019-yil yakuni bilan 68,4%).
2021-yilning asosiy maqsadli ko‘rsatkichlar va amalga oshiriladigan dolzarb vazifalar.
Viloyat iqtisodiyotini 2021-yilda yanada rivojlantirish, mahsulot (xizmatlar) hajmi va turlarini kengaytirish bo‘yicha foydalanilmagan zaxiralarni jalb qilishni asosiy maqsad qilib olingan bo‘lib, 2021-yilda viloyat bo‘yicha jami
8 trillion 750 milliard 900 million so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilib, 2020-yilga nisbatan 102,1 foizga o‘sishini ta’minlash rejalashtirilgan.
Shuningdek, 2 trillion 781 milliard 800 million so‘mlik xalq iste’moli mahsulotlari ishlab chiqarilib, 2020-yilga nisbatan 101,9 foizga o‘sishini ta’minlash belgilangan.
9 trillion 645 milliard 600 million so‘mlik so‘m yoki 102,5 foiz qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish;
8 trillion 430 milliard 100 million so‘m yoki 107,7 foiz asosiy kapitalga investitsiyalarni o‘zlashtirish;
2 trillion 482 milliard 500 million so‘m yoki 103,8 foiz qurilish ishlarini amalga oshirish;
4 trillion 164 milliard 100 million so‘m yoki 106,2 foiz chakana tovar aylanmasi, 4 trillion 86 milliard 100 million so‘m yoki 114,8 foiz xizmat hajmlarini amalga oshirish rejalashtirilgan.
Joriy yilda viloyatimiz aholisi turmush farovonligini yanada oshirish maqsadida viloyat byudjetiga jami 803,7 mlrd. so‘m tushumlar tushishini ta’minlash belgilangan.
Aholi bandligini ta’minlash maqsadida viloyat bo‘yicha jami 17 ming ta yangi ish o‘rinlarini yaratish rejalashtirilgan bo‘lib, bunda, oziq-ovqat sanoati yo‘nalishida 151 mlrd.so‘mlik investitsiyalar o‘zlashtirilishi hisobiga 3 ming tonna sutni qayta ishlash quvvatlarini tashkil qilib, mingga yaqin yangi ish o‘rinlarini yaratish;
Investitsiya dasturi doirasida 2 ta, davlat sherikchiligi asosida 3 ta maktabgacha ta’lim muassasalari tashkil etish hamda 7 ta maktabgacha ta’lim muassasalarini rekonstruksiya qilish;
Viloyat bo‘yicha dasturga asosan jami 9 ta maktablarni, shundan 2 ta yangi qurilish, 2 ta rekonstruksiya va 5 ta maktablarni mukammal ta’mirlash;
dasturga asosan jami 5 ta tibbiyot muassasalarini, shundan 2 ta yangi qurilish, 1 ta rekonstruksiya va 2 tasini mukammal ta’mirlash;
Jahon bankining Halqaro taraqqiyot va Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar bankidan ajratiladigan 9 mln. AQSH dollar mablag‘lari hisobiga 40 ta umumta’lim maktablari, 19 ta ta’lim, 6 ta tibbiy muassasalar, 159 km toza ichimlik suvi tarmog‘lari va 16 ta suv inshootlari, 107 km elektr ta’minoti liniyalari, 66 donatransformatorlar va 2 900 ta tayanch ustunlarini hamda 252 kmga yaqin ichki yo‘llarni ta’mirlash va qurish; byudjetdan ajratiladigan 63,0 mlrd.so‘m mablag‘lar hisobiga 9 dona yangi suv inshootini qurish, 7 donasini rekonstruksiya qilish hamda 215 km suv quvurlari tortish, bundan tashqari 1 dona oqova suv haydash inshootini va 5 km oqova suv quvurlarini ta’mirlash;
dehqonchilikni kompleks rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi ekinlari seleksiyasi va urug‘chiligini yanada yaxshilash bo‘yicha klasterlarni tashkil qilish, ilg‘or intensiv agrotexnologiyalarni, yetishtirilgan mahsulotlarni saqlash va birlamchi qayta ishlash usullarini joriy etish;
Viloyatda zamonaviy issiqxonalar, shu jumladan gidroponika usulida 182 gektar issiqxonalar qurish hamda paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlari va klasterlari faoliyatini tashkil etish, 5637 gektar, shundan 5000 gektar paxta, 637 gektar bog‘ yoki o‘tgan yilga nisbatan qariyb 2,5 barobar ko‘p ekin maydonlarda suv tejamkor texnologiyalari joriy etish;
chorvachilik sohasida chorva va parrandalar sonini, chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlarini ko‘paytirish, nasldor chorvachilik xo‘jaliklarini tashkil etish, naslchilik ishini takomillashtirish hamda intensiv usullarda baliq etishtirishni ko‘paytirish rejalashtirilgan.
Bundan tashqari, “Ko‘xna Xovos” ziyoratgohdagi arxeologik qazishmalar jarayonida topilgan ashyolar, aholidan to‘plangan qadimiy kitoblar va mahalliy urf-odatlarni aks ettiruvchi buyumlarni namoyish etish maqsadida ziyoratgoh hududida sayyohlar uchun “O‘lkashunoslik” muzeyi tashkil qilinadi.
Shu bilan birga, infratuzilma, jumladan mehmonxona xizmati, ovqatlanish shoxobchalarini, ko‘ngilochar maskanlar tashkil etish maqsadida M-34, M-39 avtomagistral yo‘li bo‘yida bir qator ishlarni amalga oshirish belgilangan.
Mazkur barcha ishlar “Sirdaryo namunasi – sadoqat namunasi” tamoyili asosida tashkil etiladi.
Yana bir muhim vazifa, Guliston shahrida aholimiz uchun barcha qulayliklarga ega bo‘lgan zamonaviy “Guliston sity” majmuasi qurilishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, sog‘liqni saqlash, ayniqsa aholiga tibbiy xizmat sifatini oshirish, xalq ta’limida ta’lim sifatiga, maktabgacha ta’limda bolalar qamrovi, bolalar sportini rivojlantirish, xalq bilan muloqot, murojaatlar bilan ishlash, zamonaviy menejmentni yo‘lga qo‘yish, kadrlar zaxirasini yaratish, boshqaruv tizimini isloh qilish, boshqaruv tizimida deputatlar rolini oshirish, yangi ishlab chiqilgan soliq konsepsiyasi asosida ishlarni tashkil etish va boshqa barcha sohalarning har tomonlama rivojlanishiga alohida e’tibor qaratiladi.
Mazkur vazifalarning bajarilishi natijasida hududda barqaror o‘sish sur’atlari ta’minlanadi, eng muhimi viloyatimiz aholisi turmush farovonligini yanada oshirishga xizmat qiladi.