portal.guldu.uz-Geokriminogen vaziyatga ta’sir etuvchi omillarning geografik jihatlari
II BOB. SIRDARYO VILOYATINING GEOKRIMINOGEN VAZIYATI
2.1. Sirdaryo viloyati – o‘ziga xos sotsial geografik mamuriy birlik sifatida
Sirdaryo viloyati O‘zbekistonning sharqiy qismida joylashgan bolib, Sirdaryoning chap qorg‘og‘idan boshlanuvchi Mirzacho‘lning kattagina maydonni egallagan.
Bugungi kunda Mirzacho‘lning tabiiy holati hisobga olinadigan bo‘lsa, uni cho‘l deyish noto‘g‘ri bo‘ladi. Chunki ana’naviy cho‘lga xos zichlikka ega emas zichlik o‘rta hisobda 189 kishini tashkil qilmoqda. Aslida u bahorda unib chiqib, yozda qurib qoladigan turli-tuman o‘simliklar o‘suvchi gil tuproqli pasttekislikdir. Uning ba’zi joylarida qamishzor va taroqsimon bargli o‘simliklar uchraydi. Bahor va yoz oylarida, ayniqsa, janubi-sharqiy qismida tez-tez yoqimsiz garmsel shamoli esib turadi.
Mirzacho‘lga dastlabki qidiruvchi tadqiqotchilar kelganidan, birinchi mehanizatorlar qo‘riq yerlarni qudratli yer kavlash tehnikasi bilan kavlaganidan, birinchi quruvchilar yangi bunyod etilgan va qishloqlarda dastlabki kottejlar qurganlaridan, o‘zlashtirilgan cho‘l yerlariga cho‘lquvarlar birinchi urug‘larini qadaganlaridan buyon ancha vaqt o‘tdi.
20-asrda o‘zbek xalqining eng buyuk yutuqlaridan biri Mirzacho‘lning, undan keyin esa Qarshi, Jizzax, Surxandaryo cho‘llarining o‘zlashtirilishi respublikamiz xalq xo‘jaligini rivojlantirishda muhim bosqich bo‘ldi. O‘zbekistonda yer asosiy milliy boylik, xalqimiz farovonligining asosiy manbai hisoblanadi.Yangi yerlarni o‘zlashtirilishi, qishloq xo‘jaligiga yangi ekin maydonlarini kiritilishi, to‘g‘ridan-to‘g‘ri suv bilan ta’minlanganligi, sug‘orish tarmoqlari va inshootlarining rivojlanganligiga bog‘liqdir. Mirzacho‘l hududida kanallar qurilishi muhim ahamiyatga egadir. Mirzacho‘l hududini sug‘orishda kanallardan keng foydalanadi suv tanqisligi kechadi ayni yozgi chilla vaqtida. Buni oldini olish maqsadida Sardoba suv ombori bunyod etildi. Tabiiy-Antropogen omil tufayli bunda ham jinoyatchilik holati kuzatildi. Sardoba suv omborini bunyod etishda sho‘r tuproqlardan foydalanildi qurilgandan so‘ng 3 yil muddat o‘tib vayronagarchilik keltirdi. To‘g‘ri ekspertizadan o‘tkazilmaganligi geograflarning o‘rnining yo‘qligi bu suv omborining fojiyalari millirdlab mablag‘larni sarflashga aholining tinch turmushini buzishga olib keldi.
1917-1923-yillarda Mirzacho‘lda qishloq xo‘jaligi juda xarob ahvolga keldi.Yil sayin ekin maydonlari kamaydi. Bor yo‘g‘i 1349 gektarga chigit ekildi. 1919-yilda ekin maydonlari 23,9 ming gektarni,1920-yilda esa 17,5gektarni tashkil etdi. Cho‘lda yashash va ishlash sharoiti og‘ir edi.1942-yilda Sirdaryoda Farhod gidroenergiya tarmog‘i qurish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Ikkinchi jahon urushining eng qonli janglari ketayotgan bir paytda bunday qaror bejiz qabul qilinmagandi: mudofaa korxonalarida energetika bazasini mustahkamlash zarur edi. GES asosan xalq hashari usulida qurilgan bo‘lib, hasharga O‘zbekistonlik o‘n minglab kishilar jalb qilingandi. GES 1948-yilda ishga tushirildi. 1949-yili iyun oyidan boshlab to‘liq quvvat bilan ishlay boshladi.
GESning ishga tushirilishi Mirzacho‘lda sug‘orish ishlarining jadallashtirilishida muhim omil bo‘ldi. GES qurilishi natijasida daryodagi suv sathining ko‘tarilishi Boyovut tumanida yangi davlat va jamoa xo‘jaliklari tashkil etish imkonini berdi. 1948-yilda janubiy Mirzacho‘l kanalining birinchi navbati ishga tushib, 15ming gektar qo‘riq yerlarni sug‘orish imkonini berdi. Keyinchalik bu kanalning suv o‘tkazish imkoniyati 300 kub metr sekundgacha oshirildi. Kanallardagi suvlarni yetishmovchiligi mahallalar o‘rtasida kelishmovchilikni keltirib chiqarishi mumkin. Shuningdek, Shimoliy Mirzacho‘l (hozirgi Do‘stlik) kanalida olib borilgan rekanstruksiya ishlari natijasida sug‘oriladigan yerlarning umumiy hajmini ikki barabar oshirish va 250 ming gektargacha yetkazish imkonini berdi. Bu imkoniyatlardan foydalanish orqali yaxshi hosil olish imkoniyati mavjud, lekin ekin maydonlaridan meyorda foydalanish ham talab etiladi. Zovurlarni o‘z vaqtida tozalamaslik vertikal zovurlarni yo‘q bo‘lib ketishi yerlarni sho‘rlanishiga olib kelmoqda. Sho‘rlanish ekin maydonlarini qisqartirishiga olib keladi buning oqibatida qishloq xo‘jaligi yaroqli yerlar ishdan chiqadi, sanoatda xomashyo insonlarda oziq ovqat t anqisligi keltirib chiqaradi.