Guliston davlat universiteti karshibayeva lolaxon klichevna, egamqulov husniddin erkaboyevich


-rasm. Sirdaryo viloyatida 2018-2020-yillarda jinoyatlar sodir etishning dinamikasi



Yüklə 3,86 Mb.
səhifə24/36
tarix11.11.2023
ölçüsü3,86 Mb.
#132173
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   36
portal.guldu.uz-Geokriminogen vaziyatga ta’sir etuvchi omillarning geografik jihatlari

2
.1-rasm. Sirdaryo viloyatida 2018-2020-yillarda jinoyatlar sodir etishning dinamikasi

Shuni ta’kidlash lozimki, Sirdaryo viloyatida demografik vaziyat kichik bo‘lsada, geokriminogen omillar quyidagilardan iborat. Aholisi zichligi ancha yuqori bo‘lib, an’anaviy cho‘l zonasiga xos emas. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, Sirdaryo viloyati aholi asosan migratsiya ta’sirida bo‘lgan mamlakatdagi yagona hudud hisoblanadi. O‘tgan asrning dastlabki yillarida, Rossiya fuqarolari bu yerga ko‘chib kelgan. Sirdaryo viloyati aholisi ancha “dinamik” - ko‘chib yuruvchi. Kelish jadalligi, ayniqsa Gulistonda (sutkasiga 12-16); Shirin shahrida bu ko‘rsatkich ancha katta. Ijobiy o‘zgarishlarning asosiy sababi shahar infratuzilmasining yuqori darajasi va qulay ob’ektlarning mavjudligidir. Viloyat aholisining etnik kelib chiqishi ham qisman ana shu demografik omillarga bog‘liqdir (2.2-rasm). Hududda o‘zbeklardan tashqari qozoqlar, tojiklar, ruslar, tatarlar va boshqa millat vakillari ham istiqomat qiladi. .





2.2-rasm. Geokriminogen vaziyatni vujudga kelishida quyidagi ijtimoiy-iqtisodiy omillar sabab bo‘ladi

Sirdaryo viloyatida ham bu omillar ta’sirida turli xil jinoyatchilik sodir bo‘lmoqda. Bu ko‘rsatkichda milliy tarkibda ham yaqqol seziladi. Milliy tarkibi turlicha bo‘lgan Guliston shahar, Yangiyer shahar va Xovos tumanida 2017-2018-yillar oralig‘ida giyoxvandlik bilan bog‘liq bo‘lgan jinoyatlar soni ortib borgan. Guliston shaharda 19-20 taga Yangiyerda 11-14 taga Xovos tumanida bu ko‘rsatkich 11-11taga yetganligini ko‘rish mumkin.



Sirdaryo viloyati geokriminogen holatining statistik tahlili
Geokriminogen vaziyat jinoyatchilikning hududiy xususiyatlarini o‘rganish bilan birga, ayni paytda uning hududlarda yilning turli mavsum va vaqtlarida sodir etilishini, jinoyat sodir etgan shaxslarning sotsial demografik tarkibi hamda alohida turdagi jinoyatlarning sharoit va sabablarini ham tadqiq etadi.
Bugungi kunga kelib jinoyatchilikga qarshi kurashish borasida davlatimiz prezidenti Shavkat Mirziyoev tomonidan ham alohida etibor qaratilmoqda. Jumladan: «Agar hamma birdek jon kuydirib, oilalar muammolaridan to‘liq xabardor bo‘lib, ularni hal etishga ko‘maklashgan, jinoyatchilikning barvaqt oldini olganda edi, bugun natijalar umuman boshqacha bo‘lardi. Afsuski, jinoyatchilikka qarshi kurashishda haligacha eskicha ishlash tizimidan voz kecha olmayapmiz. Huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bu faoliyatga ko‘rsatkichlarni oldingi davr bilan taqqoslash orqali baho berib kelmoqda. Aslida bitta bo‘lsa ham jinoyat bo‘lgani hammamizni tashvishga solishi kerak», deya takidlaydi.
Jinoyatchilikning statistik tahlili uning real holatini aniqlashdan iborat. Bu masala murakkab, ko‘p qirralidir. Bir tomondan, mukammal ishlab chiqilgan qayd etish va hisobot mavjud; ikkinchi tomondan, hech bir mamlakatda, qayd etilgan jinoyatchilik ahvoli haqidagi raqamli ma’lumotlar haqiqiy kriminologik vaziyatni aks ettirmaydi. Qayd etilgan jinoyatchilik darajasi o‘rtacha sodir etilayotgan jinoyatlarning choragi yoki yarmini tashkil etadi.
Jinoyatning sodir etilishida aholining milliy tarkibi, urf odatlari ham muhim manbalardan xisoblanadi. Sirdaryo viloyatining demografik holati o‘ziga xos bo‘lib, aholi soni bo‘yicha respublikamizda eng oxirgi o‘rinlardan birini egallasada uning tarkibi turlichaligi bilan ajralib turadi. Shu bilan birga geokriminogen holatga ta’sir etuvchi omillar ham turlicha shakillangan.
Sirdaryo viloyati aholisi ancha “serqatnov” ya’ni migratsian harakatchan. Kelish intensivligi, ayniqsa, Guliston shahrida yuqori (12-16 promille); Shirin shahrida bu ko‘rsatkich ancha katta. Buning asosiy sabab shaharlarning infratuzilmasi yuqori darajada shakllanganligi, qulay sharoitning mavjudligidir. Viloyat aholisining ko‘p millatliligi bilan ham ajralib turadi. Ushbu hududda o‘zbeklardan tashqari, qozoq, tojik, rus, tatar va boshqa millat vakillari yashaydi.
Sirdaryo viloyatining kriminogen holatini quyidagi jadvalda ko‘rish mumkin (2.2-jadval).
2.2-Jadval

Yüklə 3,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin