Guliston davlat universiteti karshibayeva lolaxon klichevna, egamqulov husniddin erkaboyevich


I BOB. GEOKRIMINOGEN VAZIYAT: TUSHUNCHASI, MAZMUNI, MOHIYATI VA UNING SOTSIAL GEOGRAFIK JIHATLARI



Yüklə 3,86 Mb.
səhifə2/36
tarix11.11.2023
ölçüsü3,86 Mb.
#132173
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
portal.guldu.uz-Geokriminogen vaziyatga ta’sir etuvchi omillarning geografik jihatlari

I BOB. GEOKRIMINOGEN VAZIYAT: TUSHUNCHASI, MAZMUNI, MOHIYATI VA UNING SOTSIAL GEOGRAFIK JIHATLARI

1.1. Geokriminogen vaziyat tushunchasi, mazmuni va mohiyati
«Geokriminogen vaziyat» tushunchasini professor A. Soliyev kiritgan bo‘lib, u respublikada o‘rganilmagan yangi yo‘nalishdir. Geokriminogen vaziyat sotsial geografiyaning muhim bir qismi sifatida turli mamlakat yoki mintaqalarda sodir etilayotgan jinoyatlarga ta’sir etuvchi shart–sharoit va omillar, kriminogen vaziyatning hududiy xususiyatlarini o‘rganadi. Hududiy omillar joyning geografik o‘rni, ijtimoiy - iqtisodiy tizimi va ixtisoslashuvi, milliy, sotsial, demografik va ekologik holatlaridan kelib chiqadi.2
Geokriminogen vaziyat jinoyatchilikning hududiy hususiyat­larini o‘rganish bilan birga, ayni paytda uning hududlarda yilning turli mavsum va vaqtlarida sodir etilishini, jinoyat sodir etgan shaxslarning sotsial–demografik tarkibi hamda alohida turdagi jinoyatlarning sharoit va sabablarini ham tadqiq etadi.
Geokriminogen vaziyatning shakllanishi va rivojlanishi jamiyat taraqqiyotining xududiy tomonlariga aloqador bo‘lgan o‘zgarishlar bilan belgilanadi. Jinoyatchilik geografiyasining muammolari murakkab bo‘lganligi sababli ular turli fan soha mutaxassislarining ilmiy hamkorligini talab etadi. Jumladan, jinoyatchilik geografiyasining vujudga kelishida kriminologiya fanining ro‘li katta. Shuningdek, u aholi geografiyasi, sotsiologiya, psixologiya, demografiya fanlari bilan ham uzviy bog‘liq holda rivojlanadi.
Geokriminogen vaziyatni ijtimoiy-iqtisodiy, demogeografik, sotsial va ekologik hamda boshqa turdagi omillar belgilab beradi.
Shunday qilib, hududda jinoyatchilik holati va unga ta’sir etuvchi omillar atroflicha tahlil qilinmasdan turib, sohada profilaktik chora-tadbirlar belgilash maqsadga muvofiq emas. Geografiyada “geokrimenogen vaziyat” tushunchasini birinchi bo‘lib kiritgan Professor A. Soliyev geokriminogen vaziyat tushunchasiga batafsil izoh berdi. “Geokrimenogen vaziyat ijtimoiy geografiyaning muhim qismi sifatida turli mamlakatlar yoki mintaqalarda jinoyatchilikka ta’sir etuvchi shart-sharoit va omillarni, kriminogen vaziyatning mintaqaviy xususiyatlarini o‘rganadi”. Geokriminogen vaziyatga ta’sir etuvchi omillarni bo‘linishi 1-jadvalda keltirilgan.
1.1-jadval

Yüklə 3,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin