Dars maqsadi: A.Qahhorning “Nurli cho‘qqilar” hikoyasi obrazlariga tavsif berish, asar mohiyatini anglash.
Identiv o‘quv maqsadlari
1.1.1.Hikoya obrazlariga tavsif bera oladi.
1.1.2.Hikoya g‘oyasi va mohiyatini anglaydi.
Kerakli jihozlar: A.Qahhorning “Nurli cho‘qqilar” hikoyasi mavzuga oid barcha adabiyotlar, xususan, A. Qahhor hikoyalari.
Ishni bajarish tartibi:
1. Hikoya mavzusi va mohiyati haqida fikr yuritish
2. “Nurli cho‘qqilar” hikoyasi obrazlariga tavsif bering.
3. “Nurli cho‘qqilar” hikoyasidagi Fotima va Zuhra obrazlariga tavsif bering.
4. Hikoya badiiyatiga ahamiyat qarating.
5. Hikoyada ko‘tarilayotgan muammoning dolzarbligiga ahamiyat qarating.
6. Hikoya badiiyatini tahlil qiling..
7. Mashg‘ulotni yakunlash.
Mustaqil ish topshiriqlari: 1-topshiriq. A.Qahhorning “Ming bir jon” hikoyasi tahlili.
1.1. «Ming bir jon» hikoyasidagi bosh obrazga tavsif bering.
1.2. Hikoya mohiyatini izohlang.
2-topshiriq. A.Qahhorning “Xotinlar” hikoyasi tahlili.
1.1. «Xotinlar» hikoyasidagi obrazlarga tavsif
1.2. Hikoya mohiyatini izohlang
Ushbu topshiriqlarni quyidagi javoblardan topasiz:
1. A.Qahhor «Asarlar», 5 jildlik, 1-jild, – T., 1987 y., 285,291-betlar.
2. A.Qahhor «Zamondoshlari xotirasida», – T.,1987 y,361- bet.