Guliston davlat universiteti



Yüklə 411,18 Kb.
səhifə48/65
tarix03.03.2023
ölçüsü411,18 Kb.
#123762
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   65
Педагогик махорат Б.Рахимов (2)

Dars ma’ruza Maktabda dars – ma’ruza yuqori kurslarda qo‘llanilib, fanning asosiy g‘oya va muammolarni ochib berishda foydalaniladi. Maktablarda ma’ruza darslari savol-javoblar, ko‘rgazmali va boshqa metodlar bian qo‘shilgan holda o‘tkaziladi. Masalan: 5-10 minutlik ma’ruzadan so‘ng (ya’ni nazariy bilimlar berilgandan keyin), o‘quvchilarga texnik vositalar yordamida berilgan bilimlar amalda ko‘rsatiladi. Bu tabiiy, texnik, ijtimoiy tizimlarning yoki hodisalarning EHM dagi modeli yoki videoda shu tabiiy, texnik va ijtimoiy hodisalarning kechish jarayoni haqidagi hujjatli filmdan bir parcha ma’ruza ko‘rsatish mumkin. Shuningdek, ma’ruzaning bir qismida nazariy ma’lumotlar berilsa, ikkinchi qismini savol-javoblar, munozara shaklda tashkil etish mumkin.

  • Muammoli – dars. Muammoli dars o‘tish mazmuni suhbat darslaridan unchalik farq qilmaydi. Ammo, maktablarda o‘quvchilarni izlanish jarayoniga yo‘llashda o‘qituvchining faolligi ko‘proq talab etiladi. Muammoli dars quyidagi qismlardan iborat bo‘lishi mumkin:

    a) tabiiy, ijtimoiy, texnik, texnogen, agrobiologik hodisalar, jarayonlar o‘rtasida ziddiyat, qarama-qarshilik mavjudligi aniqlanadi. Ya’ni biron sohada muammoning mavjudligi topiladi.
    b) har xil hodisa, jarayon va boshqalarning yuzaga kelish sabablari, rivojlanishi, kechishi va yakuni haqidagi farazlar ilgari suriladi.
    v) o‘quvchilar (o‘qituvchilar) bilan birgalikda izlanish natijasida ilgari surilgan farazning qanchalik to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligi isbotlanadi.
    g) har xil tizimlar, hodisalar, jarayonlar o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlik qonuniyatlari haqida xulosa chiqariladi va narsa hodisalarning yangi tomonlari ochiladi.

    1. Dalada – dars. Tabiat bilan bog‘liq darslarni (biologiya, agrobiologiya, ekologiya va boshqalar) aynan shu mavzu bilan bog‘liq joyda, dala, bog‘, tog‘, tajriba maydoni va boshqa joylarda o‘tkazilishi mumkin. Masalan: ayrim darslarni ochiq havoda, ayrim tabiiy narsalarni: o‘simliklar, hayvonlar, parrandalarni namoyish qilish orqali jonli tarzda o‘tish mumkin. Qator mualliflar ayrim darslarni o‘rmonda, ochiq havoda o‘tishni tavsiya qiladilar. Dars jarayonida namoyon etish zarur bo‘lgan o‘simliklar, daraxtlar, ekin va boshqa narsalar ko‘rsatib, tushuntiriladi.

    2. Dars – drama. AQShlik olim Moreno 1934 yilda oila, shaxsiy va ish faoliyatida yuz beradigan nozoli vaziyatlardan chiqish, psixoloik vaziyatlar echimini topishda dramatik teatr tajribasidan foydalanish mumkinligini qator tadqiqotlar bilan isbotladi. Bu metod asta-sekinlik bilan oliy va o‘rta ta’lim tizimiga kirib kela boshladi. Adabiyot, oila psixologiyasi, ma’naviyat va boshqa hamma fanlardan (yoki fanlar tarixidan) dars-dramalarni tashkil etish mumkin. Ammo, dars-dramaning asosiy maqsadi, o‘quvchilar orasida hamjihatlik, jipslik, do‘stlik, his-tuyg‘ularini shakllantirish, o‘qituvchi-o‘quvchi orasidagi munosabatbatlarni yaxshilash, o‘quvchi (o‘quvchi)ning shaxsiy hayoti, jamoadagi shaxslararo munosabat va muloqtda ijobiy psixologik muhitni tashkil etishga muljallangandir.


    3. Yüklə 411,18 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   65




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin