Guliston davlat universiteti


Darsda “tayanch belgilardan foydalanish”ning qulay tomoni shundaki



Yüklə 411,18 Kb.
səhifə46/65
tarix03.03.2023
ölçüsü411,18 Kb.
#123762
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   65
Педагогик махорат Б.Рахимов (2)

Darsda “tayanch belgilardan foydalanish”ning qulay tomoni shundaki, a) o‘quvchilarga uyga vazifa qilib berilgan vazifani matn shaklida yozish ehtiyoji qolmaydi; b) o‘quvchi matnni bir necha marta o‘qib uning asl mazmunini va mohiyatini tushungandan so‘ng shu matndagi eng asosiy tushuncha va tayanch so‘zlarni topib daftariga turli chizmalar shaklida yozadi (istasa, alohida qog‘ozlarda chizma, rasm, jadval shaklida yozishi mumkin); v) o‘quvchilar matnni bir necha marta o‘qib chiqishlari, matndagi muhim tushuncha va so‘zlarni topishga o‘rganish bilan matnning mazmunini chuqur o‘rganadilar. Tayanch belgilari tarzida yozish esa bilimlarning o‘quvchilar tasavvurda ham shakllanishiga, xotirasida mustahkamlanishiga sabab bo‘ladi.

  • Bilimlarni katta bo‘lak va qismlarga bo‘lib o‘qitishning afzallik tomonlari: a) har qanday eng asosiy bo‘lgan bir necha katta qismlar bo‘laklardan iborat bo‘lib, shu qismlar, aynan shu fanning asosiy mazmunini tashkil etadi. Agar o‘qituvchi o‘quvchilarga shu fanning muhim qismlari va uning mazmuni haqida qisqa va aniq ma’lumotni etarli darajada bera olsa, o‘quvchida fan haqida bir butun tushuncha paydo bo‘ladi. Ishonch, yaxlit bilimlarni to‘liq qabul qilishga va bu yaxlit bilimlarni esda saqlash va esga tushirish imkon yaratadi. Masalan: «Odam anatomiyasi» yurak va qon aylanishi, ovqat hazm qilish, nafas olish va boshqa bir nechta qismlardan iborat bulib, shu tizimlarni yaxlit va o‘zaro bog‘liqligini inson organizmining faoliyatini ta’minlaydi.

    Agar bordiyu, shu qismlarni qisqa va tushunarli holda o‘quvchi o‘zlashtirmasdan, mayda bo‘laklarga bo‘lib berilsa, qanchalik ko‘p bilimlar berilmasin, berilgan bilimlar tarqoq va o‘zaro bog‘lanmaganligicha qoladi.

    1. O‘qituvchilarni dars o‘tish va tahlil qilishga o‘rgatish

    O‘quvchilarni qiziqishlarini hisobga olgan holda dars o‘tish uchun mavzular taqsimlab beriladi.
    Sinfda “bu o‘quvchilar” dars o‘tgandan so‘ng tengdoshlarining bilimlarini so‘rab baholaydilar. Kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, bir-birlarini baholashda o‘quvchilar o‘qituvchilarga nisbatan odilroq bo‘lishar ekan. O‘qituvchi sifatida dars o‘tish o‘quvchilarda o‘ziga ishonch va mustaqillik beradi. Ularning nutq faoliyati yaxshilanadi.
    Keyingi yillarda dars jarayoniga, yuqori sinflarda nazariy bilimlarni ma’ruza shaklida berish haqida tanqidiy fikrlar bildirilmoqda, hatto maktab va oliy maktablarda ham berilayotgan bilim, tajribalarning faqat 10%ini ma’ruza tarzida berib, qolgan qismi amaliy, seminar va mustaqil ta’lim sifatida berish tavsiya etilmoqda. Ayniqsa, mustaqil ta’lim berishning, ya’ni o‘quvchilarning mustaqil o‘qishlari va izlanishlari, bilimlarni o‘zlashtirishni yengillashtiradi, o‘quvchilarning bilish faoliyatlarini rifojlantiradi.

    Yüklə 411,18 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   65




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin