Tayanch tushunchalar
0‘z qatlam frazemalari — o‘zbek tilining o‘ziniki boigan frazemalar.
0‘zlashgan qatlam frazemalari — boshqa tillardan kalka usulida yoki o'zicha (o'zgarishsiz) o'zlashtirilgan frazemalar.
Dialektizm-frazema — biror dialekt yoki shevaga mansub frazema.
Istorizm-frazema — o‘tmish voqeligiga asoslangan frazema.
Arxaizm-frazema — hozirgi o'zbek tilida sinonimi bor bo‘lgan eskirgan frazema.
Neologizm-frazema — yangi paydo boigan va yangilik bo‘yog‘ini yo'qotmagan neologizm.
LEKSIKOGRAFIYA HAQIDA MA’LUMOT
Adabiyotlar: 4 [82-89], 11 [90-94], 27 [183-186]..
§. Leksikografiya
Leksikografiya tilshunoslikning lug‘atchilik bilan shug‘ullanuvchi sohasidir.
Lug‘atlar tildagi so'zlarni, iboralar, maqol-matallar va turli nomlarni ma’lum tartibda o‘z ichiga olgan kitoblardir. Bunday lug‘atlar o‘tmishda qo‘lyozma shaklida ham bo‘lgan.
Leksikogräfiyaning vazifa doirasiga quyidagilar kiradi:
lug‘at tuzish prinsiplari va metodikasini ishlab chiqish;
lug‘at tiplari va turlarini aniqlash;
lug‘atshunoslarning ishini tashkil qilish;
lug‘at tuzish uchun asos bo‘ladigan kartoteka fondini yaratish;
.lug‘atchilik tarixini o‘rganish;
lug‘at tuzish bilan shug‘ullanish.
Dostları ilə paylaş: |