«Kitob ul-idrok li Lison il-atrok» («Turkiy tillarni bilish kitobi», 1312-y.) — Abu Hayyan Andalusiyning turkiy tillarning leksikasi va grammatikasiga oid asari. Unda o‘z davrining turkiy lahja va shevalari haqida ma’lumot berilgan. «Kitobu bulg'atul mushtaqori lug'atit turk val qifchoq»(«Turk va qipchoq tilini bilishni istaganlar uchun qo‘llanma», XlVasr) - Jamoliddin Abu Muhammad Abdulahad Turkiy tomonidan yaratilgan lug'at. Asarning arabcha matni qora, turk so'zlari esa qizil siyohda yozilgan. Lug'atning leksikografik materiali 4 bo'limga ajratilgan: I) xudo va osmon, unga bo‘ysunuvchi jami mavjudotlar haqida; 2) yer, uning usti va ostida bor bo'lgan narsalar haqida; 3) ravishdoshlar; 4) fe’llar. Bu asar turkiy tillar tarixini o‘rganishda katta ahamiyatga ega. Uning qo'lyozmasi Parij milliy kutubxonasida saqlanadi. §. 0‘zbek lug‘atchiligi tarixining chig‘atoy (eski o‘zbek tili) davri
0‘zbek lug‘atchiligi tarixida chig‘atoy tili deb nomlangan eski o'zbek adabiy tili davri (XIV—XIX asrlar) alohida o'rin tutadi. XV—XVI asrlardan boshlab Alisher Navoiy ijödiga qiziqishning ortib borishi qator lug'atlarning yaratilishiga olib keladi. Quyida shulardan ayrimlari haqida qisqacha ma’lumot beriladi: «Badoyeul lug‘at».Bu lug'at XV asrning oxiri va XVI asming boshlarida Sulton Husaynning topshirig'iga binoan hirotlik Tole Hiraviy tomonidan tuzilgan. U «0‘zbekeha-forscha lug‘at» harakterida bo'lib, mingga yaqin so'z va iborani o'z ichiga oladi. Lug'atda ta’kidlanishicha, unda Alisher Navoiy she’riyati tilini izohlash maqsad qilingan. Lug'at qo'lyozmasi Sankt-Peterburgdagi M.Y.Saltikov-Shchedrin nomli kutubxonada saqlanmoqda. U 1961 -yilda prof.A.K.Borovkov tomonidan maxsus sharhlar bilan rus tilida nashr qilingan101.