H jamolxonov



Yüklə 5,34 Mb.
səhifə158/170
tarix09.12.2023
ölçüsü5,34 Mb.
#138578
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   170
H jamolxonov

Ko‘p tilli iug‘at!ar — bir necha til materiallariga asoslangan lug‘atlar.
Izohli lug‘atlar — so‘z ma’nolari izohlangan, sharhlangan lug‘atlar.
Izohsiz lug‘atlar - so’z yoki termin ma’nolari izohlanmagan lug‘atlar.
Terminologik lug‘atlar — u yoki bu sohaga oid terminlar haqida ma’lumot beruvchi lug‘atlar.
LUG‘AT MAQOLALARINING JOYLASHTIRILISH TARTIBI VA MAQOLA SXEMALARI Adabiyotlar: 11 [95—99].

  1. §. Lug‘atlarda maqola nomlarini joylashtirish tartibi

Lug‘atlarda so’zlar (maqola nomlari)ni joylashtirish tartibi quyidagi uch prinsipga tayanadi:

  1. tashqi tartib;

  2. ichki tartib;

  3. ma’no tartibi (semantik prinsip).

  1. Tashqi tartib so’zning (yoki maqola nomining) birinchi harfiga — shu harfning alifbodagi o’rniga qarab belgilanadi:

Arpa
Banoras
Gavda
Vazir
2.Ichki tartib so’zning (yoki maqola nomining) birinchi harfidan keyingi (ikkinchi, uchinchi va h.k.) harflariga — shu harflarning alifbodagi o’rniga qarab belgilanadi. Bu tartibga birinchi harfi bir xil bo’lgan so’zlarni joylashtirishda amal qilinadi:
Arpa
Arra
Asal
Astar
Banoras
Baraban

  1. Ma’no tartibi omonim yoki polisemantik so‘zlarni (yoxud omonim birikmalarni) joylashtirishda ishlatiladi. Bu tartibga ko‘proq qomusiy (ensiklopedik) lug‘atlarda va shunga yaqin turgan lug‘at-spravochniklarda duch kelinadi. Chunonchi:

  1. Ohangaron — daryo ...

Ohangaron ■— shahar ...
Chirchiq — daryo ...
Chirchiq — shahar ...
I zo h : Ohangaron va Chirchiq so‘zlari dastlab daryo nomi boMgan, keyinchalik shu daryolar yoqasida yuzaga kelgan shaharlami atay boshlagan. Bu hoi daryo nomini oldin, shahar nomini esa keyin qo‘yishga asos bo‘lgan;

  1. ba’zan bir nom bilan atalgan bir necha obyekt yoki predmet o‘rtasida yuqoridagi singari bogianish bo‘lmaydi yoki bunday bog'lanish aniqlan- magan bo‘ladi. Bunday paytda ularning xo‘jalikda, ilmda, urnuman jamiyat­da tutgan o‘rni, mavqeyi hisobga olinadi:

Andijon — shahar...
Andijon — Andijon viloyatidagi posyolka
Izoh: shahar viloyatning ma’muriy, ilmiy va madaniy markazi boiganligidan birinchi o‘rinda berilgan:

  1. shahar nomi bilan kishi nomi bir bo‘lganda, kishi nomi oldin beriladi:

Beruniy — xorazmlik buyuk olim. (Q.: Abu Rayhon Beruniy).
Bernniy — Qoraqalpog‘istondagi shahar...;

  1. ixtirochining nomi o‘zi ixtiro qilgan kashfiyot nomidan oldin yoziladi:

Veber Ernst Genrix (1795—1878) — nemis anatomi va fiziologi ...
Veber Vilgelm Eduard (1804^1891) — nemis fizigi ...
Veber - ... o‘lchov birligi. V.E.Veber nomi bilan atalgan;

  1. shahar yoki boshqa biror geografik obyekt nomi bilan shaxs nomi o‘rtasida bog‘lanish bo‘lmagan taqdirda ham, shaxs nomi oldin yoziladi:

Volta Alessandro (1745—1827) — italyan fizigi...
Volta — G'arbiy Afrikadagi daryo...;

  1. o'simlik nomi bilan hayvon nomi bir xil bo‘lganda, hayvon nomi oldin qo'yiladi:

Kanna — hayvon ...
Kanna — o‘simlik ...;

  1. juft so‘zlar bir so‘zdek alifbo tartibiga solinadi:

Shonalash
Shonli
Shon-sharaf
Shon-shavkat
Shon-shuhrat;

  1. izohli va qomusiy lug‘atlarda omonimik xarakterdagi so‘zlar yoki so‘z birikmalari alohida-alohida maqola nomi sifatida beriladi. Ammo ko‘p ma’noli so'zlarning (yoki shunga yaqin bo'lgan ba’zi lug'aviy birliklarning) barcha ma’nolari bir maqola ichida izohlanadi:

Burun (1) — a) odamning burni (to'g'ri ma’noda);

  1. choynakning burni (ko'chma ma’noda).

Burun (2) — a) payt ravishi («ilgari», «awal»);

  1. ko'makchi so'z;

j) maqol va matallarni tematik guruhlarga birlashtirib, so'ng har bir guruhga oid maqollarning o'zini alifbo tartibida joylashtirish prinsipi ham bor. Masalan:
Mehnat va mehnatsevarlik haqida
Bahorgi beg'amlik — kuzgi pushaymonlik.
Barvaqt qilingan harakat,
Hosilga berar barakat.
Bekor turguncha, bekor ishla!
Belni peshlagan bilar,
Yerni ishlagan bilar.
Yatan va vatanparvarlik haqida
Bulbul chamanni sevar,
Odam — Vatanni.
Boi Vatanga paxtakor,
Vatan sendan minnatdor.

  1. §. Lug‘at maqolalari sxemalari

Lug‘at maqolalari sxemalari (tuzilishi va so‘z ma’nolarining izohlanish usullari) ham ma’lum prinsiplarga tayanadi. Chunonchi, lingvistik lyg'atlarda dastlab so‘zning o'zi, shundan so‘ng uning bosh Va yasama, dialektal va arxaik ma’nolari (agar shunday ma’nolari bor boisa) yoritiladi. Har bir ma’no izohidan so‘ng shunga oid misollar (ko‘pincha badiiy adabiyotdan) keltiriladi.Ensiklopedik lug‘at maqolalari esa boshqacharoq bo'ladi: ular davlat, respublika, millat, shaxs, o'simlik, hayvon, biror tarixiy voqea va hokazolarning har biri uchun maxsus tuzilgan sxema asosida yoziladi. Chunonchi, davlatlar haqidagi maqola sxemasi quyidagicha bo'ladi:

  1. Umumiy ma’lumot.

  2. Davlat tuzumi.

  3. Tabiati.

  4. Aholisi.

  5. Tarixiy ocherk.

  6. Respublikaning yetakchi partiyasi.

  7. Uyushmalar.

  8. Xalq xo'jaligi.

  9. Meditsina.

  10. Maorif va madaniyat.

  11. Matbuot, radio, televideniye.

  12. Fan va ilmiy tashkilotlar.

  13. Adabiyot.

  14. Arxitektura va tasviriy san’at.

  15. Musiqa.

  16. Teatr.

  17. Kino.

  18. Sirk va estrada.

  19. 'Badiiy havaskorlik.

  20. BibSiografiya.

  21. Kartava illustratsiyalar.

Millat yoki xalq haqidagi maqola sxemasi:

  1. Nomi.

  2. Defmitsiya (yashaydigan joyi, qaysi etnikguruhga mansubligi, ona

tili).

  1. Shu millat vakillarining soni.

  2. Antropologik tipi (zarur bo‘lganda).

  3. Hukmron din (yoki o‘tmishda qaysi din hukmron boiganligi).

  4. Qisqacha tarixiy ma’lumot (etnogenez, xalq yoki millatning shakllanish davri, ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli va h.k.).

  5. Moddiy va ma’naviy boyliklari.

  6. Bibliografiya.

  7. Illustratsiya.

0‘simlik turi haqidagi maqola sxemasi:

  1. Defmitsiya (qaysi oila va turkumga mansubligi).

  2. Morfologik va biologik xarakteristikasi.

  3. Areali (tarqalish joylari).

  4. Amaliy ahamiyati, qoilanishi (foydasi va zarari).

  5. Shu o'simlikka ziyon keltiruvchi kasalliklar, zararkunandalar, ularga qarshi kurash choralari.

  6. Bibliografiya.

  7. Illustratsiya.

Til haqidagi maqola sxemasi:

  1. Defmitsiya (qaysi xalqning tili, qaysi til gruppasi yoki oilasiga mansubligi).

  2. ' Qanday dialektlarga ega.

  3. Tarqalishi.

  4. Shu tilda gapiruvchilar soni.

  5. Lug‘at boyligi, fonetik va grammatik qurilishi haqida qisqacha ma’lumot.

  6. Yozuvi.

  7. Adabiy tilning shakllanish tarixi haqida qisqacha ma’lumot.

` 8. Bibliografiya.
Biografik maqola sxemasi:

  1. Familiyasi, ismi, taxallusi.

  2. Tug‘ilgan va vafot etgan vaqti, joyi.

  3. Defmitsiya: qaysi davlat fuqarosi, millati, ijtimoiy kelib chiqishi, asosiy ish faoliyati, ilmiy darajasi, unvoni (yillari bilan) va h.k.

  4. Qaysi partiyaga mansubligi (qachondan).

  5. Ilmga, fan yoki texnikaga qo‘shgan hissasi, asosiy ixtirolari yoki kashfiyotlari, mehnat yutuqlari.

  6. Davlat idoralarida, oliy o‘quv yurtlarida, rahbarlik lavozimlaridagi mehnati va ijtimoiy-siyosiy faoliyati.

  7. Davlat organlariga, deputatlikka saylanishi.

  8. Orden va medallar, Davlat mukofotlari bilan taqdirlanganligi (qachon va nima munosabat bilan).

  9. Bibliografiya.


Yüklə 5,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   170




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin