«Devonu Iug‘otit turk» (1073—1074- y.) — Mahmud Koshg‘ariyning turkiy tillar haqidagi qomusiy asari. Unda Markaziy Osiyodan Qora dengiz bo'ylarigacha cho'zilgan hududda yashovchi turkiy urug‘lar, qabilalar, elatlar, ularning tillari haqida ma’lumot beriladi. Xalq og‘zaki ijodidan namunalar keltiriladi. Lug‘atning bizgacha bitta qo‘lyozmasi yetib kelgan. Bu qo'lyozma, kotibning ta’kidlashicha, Mahmud Koshg‘ariyning o‘z qo'li bilan yozilgan nusxadan ko‘chirilgan bo‘lib, 1914- yilda Turkiyaning Diyorbakr shahridan topilgan. U Istanbulda saqlanmoqda. «Devonu lug‘otit turk» arab tilidan nemis, usmonli turk va o‘zbek tillariga tarjima qilingan99. «Muqaddimatul adab»(1137- y.)-Mahmud az-ZamaXshariyning Xorazmshoh Alouddavla Abulmuzaffar Otsizga bag‘ishlab yozgan asari. Bu asar besh qismdan iborat bo‘lib, ularda otlar, fe’llar, bog‘lovchilar, ot o‘zgartishlari va fe’l o‘zgartishlari haqida bahs yuritiladi. Arabcha so'zlarning ostida forscha, ba’zilarida turkiy, hatto mo‘g‘ulcha tarjimalari berilgan. Asar 1706-yilda Xo'ja Is’hoq Afandi tomonidan usmonli turk tiliga, keyinchalik fransuz va nemis tillariga ham tarjima qilinib, Parij, Leypsig, Vena, Leyden, Qozon shaharlarida, Norvegiya, Misr va Hindistonda bir necha marta nashr etilgan100. Manbalarda ta’kidlanishicha, «Muqaddimatul adab»ning chig‘atoy tilidagi tarjimasi az-Zamaxshariyning o‘zi tomonidan amalga oshirilgan. «Attuhfatuz zakiyatu fil lug‘atit turkiya»(«Turkiy til haqida noyob tuhfa», XIII asrning oxirida yozilgan). — Muallifi noma’lum. Bizgacha bu asarning bitta nusxasi yetib kelgan, u Turkiyadagi shaxsiy kutubxonalardan birida saqlanadi. Lug‘at arab tilida yozilgan, uni turkshunos Besim Atalay turkcha izohlar bilan nashr ettirgan. Lug‘atda qipchoq o'zbeklari tili tavsiflangan. U 1968- yilda taniqli tilshunos Solih Mutallibov tarjimasida o'zbek tilida nashr ettirilgan.