Diakritik harflar o'z referantiga (kodlashtirilgan til birligiga) ega bo'lmagan, ammo so'z qismlari yoki fonemalarning o'ziga xos jihatlariga (differensial belgilarga) ishora qiladigan harflardir. Masalan, kirill o'zbek yozuvidagi ayirish (b) va yumshatish (b) belgilari shunday harflar sanaladi. Qiyos qiling: cypam va cypmm, maua va mama, ynon (qattiq «n») — anpenb (yumshoq «ji») kabi. Diakritik belgilarbir xil grafik shaklga ega bo'lgan harfiardan birini ikkinchisidan farqlash uchun ishlatiladigan qo'shimcha (yordamchi) vositalar — nuqtalar, chiziqcha, ilmoqcha yoki «belbog‘»lar. Ular harflarning ustiga, o'rtasiga, yoniga qo'yiladi: ä, ä, ä, ö, o, ö , 6, §, k,, f, e, o', g‘. Qiyos qiling: o (o‘zbek tilining quyi keng, kuchsiz lablangan unlisi) - o ‘ (o‘zbek tilining o‘rta keng, lablangan unlisi) — Q (o‘zbek tilining chuqur til orqa, portlovchi undoshi); g (sayoz til orqa, portlovchi undosh) — g‘ (chuqur til orqa, sirg‘aluvchi undosh). Eslatma. Yangi (lotincha) o‘zbek yozuvida tutuq belgisi (’) va o‘, g‘ kabi diakrtik belgili bosma harflarning mavjudligi so‘zlarning yozuvdagi optik-grafik tasvirini bir qadar dag‘allashtirayotganligi ham shubhasizdir. Qiyoq qiling: Fpp (kirill o‘zbek yozuvida) — g‘o‘r (lotin o‘zbek yozuvida), öyFMa (kirill o‘zbek yozuvida) - bo‘g‘ma (lotin o‘zbek yozuvida) kabi. Demak, u yoki bu tilning gfarik tizimi shakllantirilayotganda yozuvning estetik jihatlari bilan bog‘liq ayrim talablar e’tibordan chetda qolmasligi kerak.