Nutq so'zlovchining til birliklari vositasida fikrni shakllantirishi (ichki nutq) va ifodalashi (tashqi nutq) jarayonidir. U adabiy nutq va so'zlashuv nutqi ko'rinishlarida namoyon bo'ladi: Adabiy nutqadabiy til me’yorlariga bo'ysundirilgan, demak, ishlov berilgan bo'ladi. So'zlashuv nutqi nutqning ma’lum me’yorlarga kiritilmagan, ishlov berilmagan ko'rinishidir. U ko'proq erkin muloqot paytida ishlatiladi. §. Nutq ko'rinishlariga xoslangan leksik qatlamlar
Nutqning yuqoridagi ikki kö'rinishiga munosabat jihatidan lug'at boyligidagi so'zlar ikki xil qatlamga birlashadi: Umumnutq qatlam so'zlari.Bunday so'zlar adabiy nutqda ham, so'zlashuv nutqida ham bir xil darajada ishlatiladi. Lug'at boyligidagi so'zlar- ning ko'pchiligi shu qatlamga mansubdir: zamonaviy qatlam so'zlari, ishlatilishi chegaralanmagan leksikaning aksariyati, shuningdek sinonimik qatordagi dominantalar, uslubiy bo'yog'i bo'.lmagan betaraf ma’noli so'zlar umumnutq qatlam birliklari sanaladi.
Nutqning ma’lum kö'rinishiga xoslangan so'zlar.Bunday so'zlar nutqning faqat bir kö'rinishiga (mas., adabiy nutqqa) xoslangan bo'lib, boshqa ko'rinishida (mas., so'zlashuv nutqida) ishlatilmaydi yoki, aksincha, so'zlashuv nutqida qo'llanib, adabiy nutqda ishlatilmaydi. Adabiy nutqning o'ziham ikki xildir: rasmiy nutq va badiiy nutq:
— rasmiy nutqda fikrning ifodalanishi isbotlarga, faktlar ta’kidlanishiga tayanadi, shuning uchun unda tasviriy vositalar, uslubiy bo'yoqdor so'zlar ishlatilmaydi: to'g'ri ma’nodagi so'zlaming va soha terminlarining qo'llanishi ko'proq adabiy nutqning shu kö'rinishiga xosdir; — badiiy nutqda ko'chma ma’noli so'zlar, ijobiy baho semalari boigan leksemalar (tabassum, mardonavor, chehra kabilar) faol qatnashadi.