Hamdamov Ulug‘bek Abduvahobovich jahon adabiyoti



Yüklə 0,76 Mb.
səhifə152/160
tarix27.04.2022
ölçüsü0,76 Mb.
#115563
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   160
Hamdamov Ulug‘bek Abduvahobovich jahon adabiyoti

Teodor Drayzer 1871-1945 yillarda yashagan.

Teodor Drayzer ijodi XX asrning birinchi yarmi Amerika adabiyotida tanqidiy realizmning cho‘qqisidir. Drayzer AQSh hayotidagi fojiaviylikni ko‘rsata olgan yirik san'atkor.

Teador Drayzer Indiana shtatidagi kichik bir joyda kambag‘al oilasida tug‘ildi.

Teador Drayzerning ijodi 1900 yildan boshlandi. Birinchi romani «Baxti qaro Kerri» chiqqach, burjua matbuotlari uning keng tarqalishiga yo‘l qo‘ymaydi. 1911 yildagina uning ikkinchi romani «Jenni Gerxardt» yuzaga keladi. Undan so‘ng ketma-ket «Moliyachi», «Titan», «Daho» romanlarini yozadi. Birinchi jahon urushidan so‘ng 20-yillar o‘rtasida ikki tomli «Amerika fojeasi» chiqqach adib yirik tanqidiy realist sifatida butun dunyoga taniladi.

«Baxti qaro Kerre» romanining qiymati kapitalistik jamiyatdagi xalk ommasining og‘ir turmushi, ayniqsa korxonalarda ishlovchi ayollarning qattiq ekuspulatatsiya qilinishlari, mushkul ahvolga tushib qolgan Kerrining yuz tuban ketishi evaziga ko‘tarilishi, burjua Gerstvud oilasidagi munofiqlik, boy kvartal Brodeygdagi dabdabali hayot, tramvay ishchilarining ish tashlashlari tasviri, izchillik natijasida ko‘chaga chiqarib tashlangan son-sanoqsiz kambag‘allarning och tentirab yurishlarining haqqoniy aks ettirilishida ochiq ko‘rinadi.

Jenni Gerxardt (1911 yil) romanida ham kambag‘al oiladan chiqqan qizning burjua jamiyatidagi fojiasi ko‘rsatilgan. Asarning g‘oyaviy yunalishi oddiy qizning xulqiy pokizaligi, uning buzilgan burjua axloqiga qarshi qo‘yilishida namoyon buladi.

Romanning asosiy syujet yo‘li, ishchi qizi Jennining fojiasi, u bilan millionerning o‘g‘li Lester Keyn o‘rtasidagi sevgi tarixida ochiq ko‘rinadi. Kambag‘al Jenni boy yigit Keyn bilan turmush qurolmaydi.Usha jamiyat urf-odatlari, sotsial adolatsizliklar bu yoshlarning tabiiy sezgilariga to‘sqinlik qiladi. Drayzer oddiy qizning odobliligi, vafodorligi, qalbining musaffoligini ko‘rsatish orqali xalq kuch-qudratiga ishonchini ifodalaydi.

Jenni o‘zining eng yaqin kishilari ota-onasi, qizi Vesta nihoyat sevgani Lasterdan ajraladi. Lekin bunday og‘ir yo‘qotishlar uni umidsizlikka tushirmaydi. U yetim bolalarni asrab oladi va bundan so‘nggi hayotining ular tarbiyasiga bag‘ishlanadi.

Yozuvchining «Istak trilogiyasi»ni tashkil etgan romanlari: «Moliyachi» 1912 yil, «Titan» 1914 yil, «Matonatli» 1947 yil kapitalistik monopoliyalarning kelib va ularning hukumronligi mamlakat iqtisodiy va ma'naviy hayotiga qanday ta'sir etgani real ko‘rsatilgan.


Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin