Hamdamov Ulug‘bek Abduvahobovich jahon adabiyoti



Yüklə 0,76 Mb.
səhifə154/160
tarix27.04.2022
ölçüsü0,76 Mb.
#115563
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   160
Hamdamov Ulug‘bek Abduvahobovich jahon adabiyoti

Ernest Xeminguey (1899-1961 yillar) Yirik Amerika yozuvchisi Ernest Xeminguey Ouk-Park shahrida vrach oilasida tug‘iladi. Xeminguey ijodining boshlanishi birinchi jahon urushidan keyingi yillar to‘g‘ri keladi. «Bizning zamonda» 1925 yil kitobiga kirgan hikoyalarida yozuvchi birinchidan asarning lirik qahramoni Nik Adamsning yoshligi, o‘smirlik yillari, sevgi va oilasi haqida hikoya qilsa, ikkinchidan tinch hayot haqidagi xayollarga, qonli urush qarama-qarshi quyadi. Individualistik xarakterda bo‘lsa ham, asarda qahramonning razil urushga qarshi noroziligi bayon etiladi.

Yozuvchining «Alvido kurol» 1929 yil romani ijodining muhim bosqichini tashkil etadi. Asar birinchi jahon urushi yillarida Avstriya-Italiya frontida ruy bergan voqyealar hikoya qilinadi.

Xeminguey 30-yillarning o‘rtalarigacha bo‘lgan asarlarida, u tashqi dunyoga munosabatida ziddiyatli va individualistik ijodkorligicha qoladi. O‘sha yillar ocherk shaklida yozgan «Tushdan keyingi o‘lim» 1932 yil kitobida o‘lim mavzusi yanada ochiq ko‘rinadi. Asarda buqalar urushi va unga bog‘liq qoidalar batafsil beriladi. Buqalarga o‘ldiruvchi matadorlar yoki matadorlarga o‘ldiruvchi buqalar, otlarning yorilib ketgan qorinlaridan otilib chiqqan qonlar, fojia ustiga fojia va ayniqsa jarohatlangan odamning o‘limi oldidan kechirgan azoblari umidsizlik ruhida tasvirlanadi.

Afrikaning yashil tepaliklarida» 1935 yil «Toza va yorug‘ joyda» 1936 yil asarlari ham mana shu ruhda yozilgan.

Sotsial masalalarga bag‘ishlab yozgan asari «Hayot yoki mamot» 1937 yil romanidir Xemingueyning so‘nggi «Chol va dengiz» 1952 yil qissasi uchun Nobel mukofotini olgan. Asar qahramoni chol Sant'yago baliq oviga chiqqaniga ancha kunlar bo‘lsa ham, lekin ishi yurishmaydi. Uningcha yelkaniga ko‘p yamoq tushgan qayiqqa qanday qilib ham baliq ilinsin, Sant'yago keksa bo‘lsa ham lekin o‘zi tetik. Shuning uchun yozuvchi bu odam «taslim bo‘lmaydi» deb o‘qtiradi. Chol to‘riga katta baliq tushganda cheksiz sevinadi. Baliq deb chaqirdi u sekingini o‘lsam o‘lamanki sendan ajralmayman. Chol butun kuch g‘ayratini ishga solib, baliq bilan olishadi va uni yengadi. Uning «Odamzodni yanchib tashlash mumkin, lekin uni bo‘ysundirish mumkin emas» degan so‘zlari inson qudratiga yozuvchining cheksiz ishonchini ko‘rsatadi.


Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin