Mavzu: Karamdoshlar (Brassicaceae), Gulxayridoshlar (Malvaceae) oilasi.
Savollar:
Karamdoshlar (Brassicaceae) oilasi morfologiyasi, kelib chiqishi va geografik tarqalishi.
Oilaning xalq xojaligidagi ahamiyati, dorivorlik xususiyatlari.
Gulxayridoshlar (Malvaceae) oilasi morfologiyasi, kelib chiqishi va geografik tarqalishi.
Malvaceae oilasining farmatsevtika va xalq xo’jaligidagi ahamiyati, dorivorlik xususiyatlari
Karamdoshlar - Brassicaceae Burnett
Kovulnamolar qabilasi - Capparales. Bu qabila asosan bir yillik, ko'p yillik o'tlar, qisman daraxt va butalardan iborat. Barglari navbatlashib joylashgan, ba’zan qarama- qarshi. Gullari shingil, ro'vak ko'rinishdagi to'pgullarda o'rnashgan, ikki jinsli.
Karamdoshlar - Brassicaceae oilasi. Bu oila qabiladagi eng yirik oila bo'lib, Yer yuzida keng tarqalgan 380 ta turkumga mansub 3200 tadan ziyod turlarni o'z ichiga oladi. Ular Yevrosiyoda keng tarqalgan bir, ikki va ko'p yillik o't, ayrim butacha va past bo'yli butalardan tashkil topgan. O'rta Osiyoda oilaning 107 ta turkumga mansub 431 ta turi, O'zbekistonda 25 ta turkumga oid 193 ta turi o'sadi. .
Barglari oddiy, yonbargchasiz, butun yoki qirqilgan, ketma-ket joylashgan. To'pguli siyrak shingilsimon. Gullari odatda to'g'ri (aktinomorf), ba’zan zigomorf, 2 jinsli va qo'sh gulqo'rg'onli. Gulkosachabarglari 4 ta, tutashmagan, gultojibarglari 4 ta, qarama- qarshi o'rnashgan. Changchisi ko'pincha 6 ta, bulardan 2 tasi qisqa,4 tasi uzun chang iplariga ega. Urug'chisi bitta, 2 ta. Gul formulasi: Ca2+2 Co2+2 A2+.4 G (2). Asosan hasharotlar yordamida, ba’zan o'z- o'zidan changlanadi. Tugunchasi ustki. Mevalari qo'zoq yoki qo'zoqcha, ba’zan yong'oqcha. Urug'i va birinchi yilgi tupi va ildizmevasidan ko'payadi.
Oilaning madaniy o'simliklar sifatida ekiladigan bosh karam (Brassica oleracea), sholg'om (В. campcstris), turp (Raphanus sativus), rediska (R. Sativa radicula), o’sma (Isatis tinctoria) kabilar bor.
Karam (Brassica) turkumi. Bu turkum vakillari bir, ikki va ko'p yillik o't o'simliklardir. Gullari sariq yoki oq. Ildizlari ba’zilarida yo'g'onlashib ildizmcvaga aylanadi. Mevasi qo'zoq, uzun tumshuqchali. Bu turkumning O'rta Osiyoda 5 ta yovvoyi turi, O'zbekistonda 5 ta (madaniylari bilan ) turi tarqalgan. Bulardan eng muhimi bosh karam turidir (Brassica olcraccae var. capitata). Ikki yillik o't. Gullari yirik, qo'zog'i qisqa va yo'g'on. Birinchi yili katta boshcha hosil qiladi. Bu karam ovqat uchun ishlatiladi. Boshcha ichida qisqargan etli poya bo'ladi. Bu boshcha ikkinchi yili ckilsa, undan bo'yi 100-150 sm poya chiqadi. Poyaning yuqori qismida to'pgul (shingil) hosil bo'ladi. Gullari sariq, mevasi ko'p urug'li qo'zoq.
Dostları ilə paylaş: |