Tugmachagul (Malva) turkumi. Bu turkum vakillari bir va ko'p yillik o't o'simliklardan iborat. Ostki gulkosachalari 2-3-5 ta, erkin, qalami yoki cho'ziq nashtarsimon bargchalardan iborat. Mevasi ko'p urug'li (mevachali) to 'p - mevadan iborat. O'rta Osiyoda 12 turi, O'zbekistonda 6 ta turi o'sadi. Tugmachagul Malva neglectabir yillik, bo'yi 10-40 sm li o't. Poyasi yer bag'irlab, ba’zan yerdan biroz ko'tarilib o'sadi, shoxlangan. Barglari uzun bandli, 5-7 bo'lakli. Gullari pushti, barg qo'ltig'ida joylashgan. Aprel-sentabr oylarida gullab, urug’ beradi. Sug'oriladigan va bahorikor yerlarda tarqalgan. Begona o’t.
Hibiscus-Boritaroq turkumi, 250 dan ortiq turni o’z ichiga oladi, ularning ko’pchiligi tropic o’lkalarda tarqalgan.Uning daraxtsimon 3 turi manzarali o’simlik sifatida keng ko’lamda ekib kelinmoqda.Ular oddiy bargli gullari yirik xar-xil rangli o’simliklardir.
Hibiscus syriacus- Suriya bo’ritarog’i, bo’yi to 5-6 mga yetadigan buta o’simlik bo’lib, bargini uzunligi 5-10 sm, gulqo’rg’oni ko’p, qat-qat bo’lib joylashgan yoki tojibarg 5 ta yirik, oq pushti, sariq binafsharang, kosachabarglardan 2-3 marta uzun. Iyun, Sentabr oylarida gullab mevalaydi. Tabiiy holda u Xitoy va G’arbiy Osiyoda tarqalgan. Uning gullari rang barang chiroyli bo’gani uchun ko’p joylarda manzarali o’simlik sifatida ekib o’stiriladi.
Nazorat savollari:
1. Karamdoshlar (Brassicaceae) oilasining o'ziga xos morfologik tuzilishi nimada.
2. Gulxayridoshlar (Malvaceae) oilasi vakillaring meva qanday tuzilgan?
3. Oilanlarning madaniy o'simliklar sifatida ekiladigan turlari va ularga ta'rif bering?
4. Oilalari vakillari amaliy ahamiyati haqida qanday ma’lumotlarga egasiz?