Hamdamov Ulug‘bek Abduvahobovich jahon adabiyoti



Yüklə 0,76 Mb.
səhifə53/160
tarix27.04.2022
ölçüsü0,76 Mb.
#115563
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   160
Hamdamov Ulug‘bek Abduvahobovich jahon adabiyoti

Jaloliddin Rumiy. Jaloliddin Rumiy (1207-Balx, 1273-Ko‘nyo) buyuk fors-tojik shoiri va mutafakkiri. Tasavvufdagi mashhur Mavlaviya tariqatining asoschisi. O‘z davrining dongdor ulamosi, yirik kubraviya shayxi bo‘lgan otasi Bahovuddin Valad Muhammad Xorazmshoh bilan kelishmay, uning tasarrufidagi Balx shahrini haj safari bahonasida tark etadi. Safar chog‘i Nishopurda avliyo shoir F.Attor bilan uchrashib, uning duosini oladi. Attor unga o‘zining “Asrornoma” asarini tuhfa etadi.

Otasi va uning shogirdlari tarbiyasini olgan, Halab va Damashq madrasalarida o‘qigan Rumiy o‘z davrining yetuk olimi va mudarissi bo‘lib yetishadi. Uning shoir sifatida dong taratishi, majzub darvesh Shamsiddin Tabriziy nomi bilan bog‘liq. Tabriziyning Rumiy hayotidagi o‘rni shu qadarki, u o‘z g‘azallarini Shams taxallusi bilan yozadi, 42 ming bayt she'rdan iborat “Devoni Kabir”ning ikkinchi nomi “Devoni Shams Tabriziy”dir.

Rumiy ijodi o‘zidan keyingi Sharq va G‘arb so‘z san'atiga katta ta'sir ko‘rsatgan. Hofiz Sheroziy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Bedil kabi buyuk so‘z ustalari uni o‘zlariga ustoz bilishgan. Gyote Abulqosim Firdavsiy, Shayx Sa'diy, Hofiz bilan birga, Rumiy ijodini ham “Xizr chashmasi” deb atagan. Rumiyning “Forsiy Qur'on” nomi bilan mashhur 25685 bayt (51370 misra)dan iborat “Masnaviyi ma'naviy”ni inmon ma'naviy hayotining qomusi sifatida nafaqat Sharq, balki G‘arbda ham ixlos bilan o‘rganishgan. “Dekameron” asaridagi ko‘plab syujet va motivlarni Sharq og‘zaki va yozma adabiyotidan olgan Jovanni Bokachcho “Masnaviy”dagi qator hikoyatlar asosida ham novellalar yaratgan.

Abdurahmon Jomiy Rumiy vasfida: “Kitobi boru, lekin payg‘ambar emas”, deydi.

Rumiy ijodi nafaqat yuksak badiiyati, balki mantiq kuchi, falsafiy fikrlarga boyligi bilan ham katta qiymatga ega. Uning “mavhum mantiqiy kategoriyalarda emas, balki otashin timsollar vositasida” talqin etilgan tabiat va jamiyat hodisalarining doimiy o‘sish, o‘zgarishda ekani, eskining yo‘qolib, yangining paydo bo‘lishi, dunyoning ziddiyatlar birligidagi ziddiyatlar jangidan iboratligi to‘g‘risidagi qarashlari buyuk nemis faylasufi Gegelning e'tiroficha, unga dialektik metod yaratishda yordam bergan. Yoki ulug‘ mutafakkir Husn va Ishq tortishuvi misolida birinchi bo‘lib olamning asosida o‘zaro tortishish kuchlari yotishi haqidagi fikrni o‘rtaga tashlaydiki, mazkur qonun bundan bir necha asr keyin ingliz olimi Nyuton tomonidan kashf qilindi.

Rumiyning suhbatlarini o‘z ichiga olgan “Fihi mo fih”, “Majolisi sab'a” va maktublari jamlangan “Maktubot” asarlari ham bizgacha yetib kelgan.




Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin