Hofiz Sheroziy. Hofiz Sheroziy (1320-1388- Sheroz) fors-tojik adabiyotining yirik vakili. Ismi Muhammad, laqabi Shamsiddin. Hofiz taxallusidir. Qur'oni Karimni to‘liq yodlab, 14 xil qiroat bilan aytishi sababli shu taxallusni olgan. Hofiz yashagan davrda Fors o‘lkasi notinch bo‘lsada, shoir bir umr o‘z ona shahrida yashab o‘tgan. Uning vafotidan 35 yil keyin shogirdi Muhammad Gulandom lirik merosini jamlab, 4650 baytdan iborat devon tuzgan. Hofiz Sheroziy biror tariqatga rasman kirmagan bo‘lsa ham, o‘z g‘azallarida tasavvufiy ma'nolar, qur'oniy hikmatlar va falsafiy xulosalarni shoirona ta'bi va iste'dodi bilan omuxta qilib, majoz tariqida ayni haqiqatni ayta olgan, “lisonul g‘ayb” degan sharafli nomga sazovor bo‘lgan. Navoiy g‘azalnavislikda Hofizni o‘ziga ustoz deb bilgan. Gyote, Pushkinlar undan ta'sirlanib she'rlar bitishgan. Gyotening “G‘abu Sharq” devonida Hofizga murojaatlar ko‘p. Uni o‘ziga ustoz deb bilagn satrlari bor.