Hamdamov Ulug‘bek Abduvahobovich jahon adabiyoti



Yüklə 0,76 Mb.
səhifə57/160
tarix27.04.2022
ölçüsü0,76 Mb.
#115563
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   160
Hamdamov Ulug‘bek Abduvahobovich jahon adabiyoti

Abdurahmon Jomiy. Mavlono Nuriddin Abdurahmon Jomiy (1414-1492) fors-tojik adabiyotining yirik vakili, mutafakkir, orif. Navoiyning ustozi. Xurosonda shayxulislom Nizomiddin Ahmad oilasida tug‘ilgan. Jomiyning ajdodlari arablarning Shaybon qabilasidan bo‘lib, 8-asrda Xurosonga ko‘chib kelishgan. U Samarqanddagi Ulug‘bek madrasasida Qozizoda Rumiy qo‘lida ta'lim oladi. Jomiy umri davomida 7 marta safarga chiqqan, haj ziyoratiga ham borgan.

Movarounnahrga qilgan safarlarida Xoja Ahror Valiy ziyoratiga kelib, uning qo‘lidan tabarruk xirqa kiyadi. Xoja Ahror bilan suhbatlarining samarasi o‘laroq, “Tuhfat ul-ahror” masnaviysini unga bag‘ishlaydi.

Jomiy asarlarini ilmiy hamda badiiy asarlarga ajratish mumkin. Ilmiy asarlari astronomiya, mantiq, tasavvuf nazariyasi, aruz ilmi, musiqa va tafsirga bag‘ishlangan.

Badiiy ijodda Jomiy ham nazm, ham nasrda qalam tebratib, fors mumtoz adabiyotining besh asrlik davrini o‘zida mujasamlashtirgan va yakun yasagan adib sifatida namoyon bo‘ladi. Shuning uchun, “Xotimat ut-shuaro” (“So‘nggi mumtoz shoir”) faxriy laqabi bilan ulug‘lanadi.

Jomiy ham “Xamsa” payravida dostonlar bitdi. yetti dostondan tarkib topgan “Xaft avrang” (“yetti taxt”) tarkibiga kirgan “Silsilat ut-zahab”, “Salomon va Absol”, “Tuhfat ul-ahror”, “Sabhat ul -abror”, “Yusuf va Zulayho”, “Layli va Majnun”, “Xiradnomai Iskandar” dostonlarining avvalgi ikki dostoni olib tashlansa, qolgan beshtasi “Xamsa” bo‘ladi.

“Xamsa” bilan birga, uch dostondan iborat lirik asarlar kulliyoti, insho san'atining yuksak namunasi bo‘lgan “Munshaot”, qirq hadis tarjimasiga bag‘ishlangan “Arba'in” va “Bahoriston” asarlari shoirga jahoniy shuhrat keltirdi. “Xaft avrang”ning Navoiy Jomiyning “Arba'in” va “Nafahot ul-uns” (“Do‘stlik tarovati”) asarlarini turkiy tilga tarjima qilgan.

Navoiy Jomiy vafotidan so‘ng, uning xotirasiga bag‘ishlab “Xamsatul mutaxayyirin” asarini yozadi. Ushbu asarda keltirilishicha, Jomiy asarlarining ilk o‘quvchisi va munaqqidi Navoiy bo‘lgan.

Sulton Husayn Boyqaro, Jomiy va Navoiy Hirot adabiy muhiti markazida turganlar va ular siymosida adabiyot va xalq, ma'naviyat va davlat uyg‘unlashgan edi.




Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin