Zamonaviy adabiyot. Zamonaviy Afrika adabiyoti mustamlaka davrida, kontinentga yevropa tillari va lotin alifbosi kirib kelishi bilan shakllana boshladi. Mas., JAR da lotin alifbosi 19 asrdan beri mahalliy tillarda yaratilgan matnlarni yozishda ishlatila boshlandi. Yozuvning keng tarqalishini ta'minlagan asosiy kuch nasroniylik bo‘ldi. Missionerlar Injil va boshqa muqaddas matnlarni Afrika mahalliy tillariga tarjima qila boshlandi. Lekin ko‘pgina mamlakatlarda o‘z milliy adabiyotining paydo bo‘lishi XX asrning ikkinchi yarmiga to‘g‘ri keladi. Hatto Reyunon orolida mahalliy tilda ilk asarlar 1990 yillarda yozildi.