Natalya Krofts.
Adabiyotlar ro‘yxati:
“Jahon adabiyoti” jurnali, 2014 yil № 1.
“Zvezda Vostoka” jurnali, 2014 yil, №2. Mir bez granits. Avstraliya yozuvchisi Natalya Krofts bilan suhbat. Suhbatdosh U. Hamdam.
3-Mavzu: XIX va XX asr jahon adabiyoti
ReJA:
1. XX asrdagi fransuz adabiyoti.
2. XIX asrning oxiri XX asr boshlaridagi nemis adabiyoti
3. XIX asrning oxiri XX asr o‘rtalarigacha bo‘lgan ingliz adabiyoti.
4. XX asr Amerika adabiyoti.
5. Modernizm. Kafka, Kamyu, Joys, Ekzyuperi ijodi haqida.
Mavzu bo‘yicha tayanch so‘zlar.
Dekadentlik adabiyoti. Parij Kommunasi adabiyoti. Nasr.Naturalizm. Hikoyanavislik.Roman. Drama.Nemis adabiyotida roman, satira, realistik san'at. Ingliz adabiyotida dramaturgiya, ijobiy ideal, ijobiy qahramon. AQSh adabiyotida yumor, satira, roman, hikoya. Modern adabiyot.
Kirish
XIX asrning oxirlari va XX asrning boshlarida kapitalizm o‘zining so‘nggi va yuqori bosqichi imperializm davriga o‘tdi. Yirik monopoliyalar paydo bo‘ldi. Finans oligarxiyasi hukmronligi boshlandi. Imperialistik davlatlar (Angliya, Fransiya, Germaniya va AQSh) o‘rtasidagi ziddiyatlar ortdi. Ular yer kurrasining turli tomonlarida mustamlakalar bosib olish siyosatini kuchaytirdilar. Kapitalistik davlatlar o‘rtasidagi bu qarama-qarshiliklar oqibatida, jahon imperialistik urushi kelib chiqdi.
XIX asrning oxiri XX asrning boshlarida yashagan realistlar ijodida sotsial tengsizlik, zulm, dahshatni fosh etish bosh masala bo‘lib qoladi. Ma'lumki, har bir yozuvchining o‘ziga xos tasvirlash usuli bor. Masalan: Mann ijodida hajv-grotesk kuchli bo‘lsa, Gi de Mopassanda chuqur psixologik tasvir, Bernard Shou va Anatol Fransda esa kinoya piching bo‘rtib turadi.
Tanqidiy realistlar turli janrlarga, jumladan Mopassan, Rollan sotsial-psixologik roman, Ibsen Shou sotsial-psixologik drama, Uells ilmiy fantastik roman, London Frans, Uells sotsial-utopik roman, Frans, Rollan, Tven tarixiy roman, tarixiy drama, Drayzer, London sotsial roman janrlariga murojaat etadilar.
Ma'ruza matni
Hayotdagi birdan-bir baxt – bu doimo olg‘a intilish.
Agar siz haqiqatni yashirib, tuproqqa ko‘msangiz, u beshak unib chiqadi va keyin shunday kuchga aylanadiki, bir kun borib, yerni yorib chiqqach o‘z yo‘lida uchragan jami narsalarni surub tashlaydi.
Olg‘a, bir zum ham tinim bilmaydigan hayot bilan birga faqat olg‘a qarab yurish kerak. Emil Zol 1840 yilning 2 aprelida Parijda tug‘iladi. XIX asrning 60-yillari o‘rtalarida Zolya o‘zining dastlabki hikoyalari: «Ninon ertaklari» ilk romanlari: «Klodning tavbasi», «Marsel sirlari» va boshqalarni yaratadi. Bular romantiklarga taqlidan yozilgan asarlar edi. Yosh yozuvchida sekin-asta realistlar Balzak, Floberga va naturalistlarga qiziqishi orta bordi.
«Tereza Raken» (1867 yil ) romanining muqaddimasida Zolya o‘zining «Ilmiy» romanlarida xarakterlarga emas, balki temperamentlarni o‘rganish haqida so‘z yuritadi. Lekin mazkur romanlarida faqat «Mijoz»gina emas, shu bilan birga, oz bo‘lsada ijtimoiy hayot aks etgan. «Tereza Raken». «Madlen Fera» (1868) romanlari Zolyaning naturalistik ta'limotini aks ettirgan asarlaridir.
Naturalizm adabiyoti nazariyasi Zolyaning «Eksperemental roman» 1880 yil, «Romanist naturalistlar», «Naturalizm teatiri» 1881 yil maqolalarida to‘la bayon qilingan.
«Naturalizm XIX asr 60-yillarida yevropa va AQSh adabiyoti va san'atida yuzaga kelgan va realizmga qarama-qarshi o‘laroq voqyeylikni faqat tashqi tomonidan aniq aks ettirishga ahamiyat bergan oqim»
Shoir va yozuvchi Emil Zolya bir nechta hikoyalar to‘plami, adabiy-tanqidiy kitoblar,publitsistik xarakterdagi maqolalar, dramtik asarlar yaratgan bo‘lsada, romanlari bilan mashhurdir. Bu asarlarning ko‘pi «Rugon Makkarlar» nomi bilan ataladigan turkumga kiradi. Mazkur turkumi Balzakning «Inson komediyasi» kabi ko‘p (to‘plamli) tomli epopeyadir. Bu epopeyasi ustida qariyb 25 yil ishlaydi va 20 ta roman yozadi. Bu asrlar turkumida muallif «Ikkinchi imperiya davridagi bir oilaning tabiiy va ijtimoiy tarixi»ni bermoqchi bo‘ladi. Lekin haqiqatdan ham u hayotning turli tomonlarini qamrab olgan voqyealarni aks ettiradi. Zolya bu asarini 1871-1893 yillarda yozadi.
Zolya hayotining so‘ngi yillarida yangi seriyadagi romanlari «Uch shahar» 1894-1902 yillar, trilogiyasi va «To‘rt injil» 1899-1902 yillar turkumdagi asrlarni yaratadi.
Zolya epopeya asarida Fransiya o‘tmishida eng og‘ir zamon bo‘lgan XIX asrning 50-60 yillariga murojaat etadi. Mamlakat hayotida ro‘y bergan bu jiddiy voqyealar Zolya ijodida ham ijtimoiy siljishlar tamon o‘zgarish yasaydi.
Yozuvchi «Hamal» 1885 yil romanida fransuz proletariatining ilg‘or otryadlaridan biri Mansudagi ko‘mir konida ishlovchi shaxtiyorlarning benihoyat og‘ir ahvoli va kurashlarini aks ettiradi. Ishchilarning qashshoqlik bilan kun kechirishiga asosiy sabab, kapitalistik ekspulatatsiya ekanini u birinchi marta to‘g‘ri ko‘rsatadi.
Romanda sanoat ishchilari sulolasidan bo‘lgan Mae oilasi markaziy o‘rinda turadi.
XIX asrning 90-yillarida imperalistik reaksiya kuchaygan vaqtda Zolya antiklerikal ruhda «Uch shahar» romanlari seriyasidan (ya'ni Lurd, Rim, Parij) yaratadi. Xristian dini, Rim papasining yovuz ishlarini fosh etgan bu uch asar katolik cherkovi man etgan kitoblar ro‘yxatiga kiritilgan.
Dostları ilə paylaş: |