Akkad adabiyoti nomi qadimgi Bobil va Assiriya adabiyotiga nisbatan qo‘llanilgan. Insoniyat tamaddunining ilk manbalaridan bo‘lgan Shumer madaniyatiga ildizlari bilan bog‘langan Akkad adabiyoti m.a. III mingyillikda o‘zining ilk yozuvlariga ega bo‘lgan12. Shumer tili davrlar o‘tishi bilan akkad tiliga va adabiyotiga o‘z mavqyeini berib qo‘ygan. Bizgacha yetib kelgan Akkad adabiyoti namunalari podshoh Ashshurbanipal davri (m.a. 669-636 yillar)da poytaxt Nineviyada joriy qilingan kutubxonada saqlangan asarlardir. Unda 700 jilddan ortiqroq kitoblar to‘plangan bo‘lib, ularning 200 ga yaqini ilmiy asarlardir. 300 dan ortig‘i ilohiy yozuvlar, turli fol kitoblari va bashoratlardir. Qolgan qismi adabiy asarlar bo‘lib, ular maxsus sarlavhalar bilan belgilanmagan. Asarning birinchi satri uning sarlavhasi vazifasini o‘tagan. Yuzga yaqin matnlarning mualliflari ma'lum emas. “Bilgamish” dostonining akkad variantlari eng yuksak badiiyat namunalari sifatida qaraladi. Akkad adabiyoti keyingi yuz yilliqda izchil o‘rganilayotganiga qaramay, uning tarixi xronologik tarzda to‘la yaragilgan emas. Bu sohada AQSh olimi L.Oppenxeymning «Qadimgi Mesopotamiya» tadqiqoti e'tiborlidir.
Akkad adabiyotining janrlar tarkibi bugungi janriy tamoyillarga muvofiq kelmasa ham epik asarlar yetakchi janrlar sifatida qadrlangan. Mas., dunyoning yaratilishi haqidagi “Enuma elish” dostoni yangi yil marosimlari folklori tarkibida saqlangan. Iloh Erra haqidagi doston vaboga qarshi yaratilgan. Adabiy yodgorliklarni ularning qahramonlari, asarda tilga olingan ma'budlar va podshohlar tarixi bilan bog‘liq guruhlashtirilgan. Barcha Akkad miflaridagi ilohlar timsollari Shumer mifologiyasidagi ilohlar proobrazlari vositasida yaratilgan. Mas.,
12 Afanaseva V. Predislovie k sb. “Ya otkroyu tebe sokrovennoe slovo”. — M.: Xudojestvennaya literatura, 1981. - S. 5.
quyosh ma'budi Shamash Shumerlardagi Utgudan, Ishtar - Inannadan, Addu — Ishkurdan, Sin — Nannadan va hokazo. Akkad adabiyotidagi mifologik va epik personajlar ham shumer qahramonlaridir. Mas., Bilgamish - shumer, Atraxasis (lug‘aviy ma'nosi: donishmanddan yaralgan) shumer donishmand podshohi Ziu-sudrani eslatadi.
Akkad tilida yoziilgan matnlarnint uslubiy jihatiga e'tibor qaratganda ular, ko‘pincha, birinchi shaxs nomidan hikoya qilinganini kuzatish mumkin. She'riy asarlarning birinchi misrasidagi ma'no ikkinchi misrada kuchaytirilgan holda sifatlash yoki o‘xshatish yordamida beriladi. Shu kabi matn davom etarkan, parallelizmdan samarali foydalanilganini ko‘ramiz. Xuddi shumer adabiyotidagi kabi mualliflarning ismlari oshkor yozilmagan. Akrostix (islom sharqi poetikasidagi muvashshahkabi) tarzida misralarning birinchi harflaridan muallifning ismi chiqarilganini kuzatamiz.
Akkad adabiyoti namunalarini XX asr boshlarida V.Bryusov, N.Gumilev, V.K.Shileyko kabi shoirlar rus tiliga tarjima qilganlar13. (Ya otkroyu tebe sokrovennoe slovo. Literatura Vavilonii i Assirii / Predislovie V.Afanasevoy. - M.: Xudojestvennaya literagura, 1981. - S. 5-30).
Mesopotamiya hududida yashagan qadimgi somiriylar- shumerlarning kelib chiqishi haqida ilmda o‘nlab versiyalar uchraydi. Ularni turkiy qavmlar sifatida talqin qiluvchilar shumer tilidagi so‘zlarning turkiyga yaqinligini asos qilib oladilar. Lekin kimligidan qati nazar dunyo tamaddunining o‘choqlaridan biri sifatida tan olingan ekan, bu hududda ilk adabiy-estetik tafakkur kurtaklari ham shakllanganini kuzatamiz. Ularning aksariyati badiiy asarlar tarkibida uchrasa ham qadimgi ziyoli kishining adabiyot haqidagi qarashlari, uning vositasida ezgulik kuylangani, axloqiy- huquqiy qarashlar shakllangani fikrimizning dalilidir. Keyinroq ro‘yxatga olingan yangi bobil va assiriy manbalarida ta'limiy va falsafiy risolalar ham uchraydi. Ta'limiy asarlar, asosan, dialog tarzida shakllantirilgan. Unda har bir tomon imkon qadar o‘zining hakdigini asoslashga uringan, shuning uchun ular ilmda munozara deb yuritilgan. Mas., Qish va Yoz, Oltin va Mis, Ot va Ho‘kiz munozaralari shular jumlasidandir. Bu munozaralar ramziy ma'no kasb etsa, “Xoja va qul” munozarasida qulning donoligi va o‘z xojasini har doim sadoqat bilan to‘g‘ri yo‘lga boshlashi ulug‘lanadi.
M.a. 1200 sanaga mansub bosh so‘zlari bilan atalgan “Luddul bel nemeki...” (“Donolikni madh etmoq istayman...”) asari she'riy shaklda yozilgan bo‘lib, 450 misradan iborat. Injildagi Yova syujetiga asos bo‘lgan bu asarda o‘z taqdiridan noligan amaldor holati bayon qilingan. S.N.Kramer dalolatiga ko‘ra, bu asarning ibtidosi shumer manbalarida uchraydi.
Dunyoga “Bilgamish” kabi yetuk adabiyot namunalarini yaratgan xalq unga munosib tarzdagi talqin va sharhlarga, tanqid va tahlillarga ega bo‘lishi kerak. Ehtimol, adabiy-estetik mavzularda maxsus risola va maqolalar ham bitilgandir.
Dostları ilə paylaş: |