Hayot faoliyati xavfsizligi



Yüklə 498,49 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/6
tarix24.12.2022
ölçüsü498,49 Kb.
#121769
1   2   3   4   5   6
6-Amaliyot HFX

Arteriyadan qon oqishi: arteriya qon tomiri jarohatlanganda yuzaga kelib, u jarohatdan 
favvora (fontan) ga o'xshab oqib chiqadigan qizil, qip-qizil qon rangidan bilinadi. 
Jarohatga bog'lov qo'yishdan oldin qon oqishini to'xtatish uchun shoshilinch choralarni 
ko'rish kerak. Qon arteriya bo'ylab yurakdan oqib kelganda arterial qon oqishini arterial qon 
tomirini jarohat tepasidagi joyidan bosib to'xtatish mumkin. Arteriyani barmoqlar bilan bosish 
mumkin. Arteriya suyakka yaqin va uning ustidan o'tgan bo'lsa, bunday qilish oson bo'ladi. (1-
rasm) 


Masalan: 
-jarohat bilakda bo'lsa, arteriyani bilak suyagiga ichki tomonidan bosish mumkin. 
Barmoqlar arteriyaning suyak ustida yotganini sezadi, zarur bo'lgan taqdirda u xuddi shu yerda 
bosiladi (1-rasm). 
- boldirdan arterial qon oqishida tizza osti arteriyasini bosish kerak. Buni ikkala qo'l bilan 
qilinadi. Bosh barmoqni tizza bo'g'inining oldingi yuzasiga qo'yib, qolgan barmoqlar bilan 
arteriyani tizza osti chuqurchasidan qidirib topiladi va suyakka bosiladi; 
- son arteriyasini sonning yuqori qismida, shu zahoti quv burmasi ostidan topishga 
o'rganish oson. Uni musht bilan bosib turib, son jarohatlanganda qon oqishini to'xtatish mumkin 
(1 - rasm); 
- boshdagi jarohatdan qon ketishida qonni chakka arteriyasini jarohatlangan tomondan 
bosib to'xtatishga yoki kamaytirishga harakat qilish mumkin. Bu arteriya quloq chig'anog'idan 1-
1,5 sm oldindan o'tadi, shu yerda uni pulsatsiyasini topish oson bo'ladi. 
- yuzdan qon oqishini jag' arteriyasini bosish bilan to'xtatiladi, bu arteriya bo'yindan yuz 
to'qimalariga borib, jag' chekkasidan uning burchagi va iyak o'rtasidan aylanib o'tadi; 
- bo'yindagi jarohatdan qon oqishida uyqu arteriyasini jarohatlangan tomondan jarohatning 
tagidan bosiladi. Bu arteriyaning pulsatsiyasini traxeya yon tomonidan (kekirdak) topish oson (1- 
rasm); 
- jarohat yelkadan ancha balandda, yelka bo'g'imi va qo'ltiq osti sohasida bo'lganida qon 
oqishini o'mrov usti arteriyasini o'mrov ustidagi chuqurchadan bosib to'xtatish mumkin. 
Arteriyani 1- qovurg'agacha bosiladi. 
Eslatma: Bu yerda odam o'zida yoki boshqa odamda oldindan qilib ko'rish va arteriyani 
uning pulsatsiyasiga qarab tez topishga o'rganish kerak. 
Oyoq-qo'llar jarohatlanganida arterial qon oqishini burov (zakrutka) yoki jgut qo'yish bilan 
to'xtatiladi, ular songa yoki boldirga, yelkaga yoki bilakka (2-rasm) jarohatlangan joy yuqorisiga 
iloji boricha yaqin qo'yiladi. Jgut yoki burov qon to'xtamaguncha siqiladi, uning to'g'ri 
qo'yilganini oyoq-qo'lda puls bo'lmasligiga qarab aniqlanadi. 
Jgut yoki burov terini qisib jarohatlamasligi uchun uning tagidan yumshoq narsa qo'yish 
kerak (bog'lam qo'yilgan vaqtni nazorat qilib borish uchun qog'ozga jgutni qachon qo'yilganini 
(sana, soat, daqiqa) yozib unga bog'lab qo'yiladi. 
Jgut yoki burov qo'yilgan yaradorni jarohat bog'laganidan keyin qon oqishini butunlay 
to'xtatish uchun tibbiy muassasaga jo'natiladi. Bu yerda bog'lov 1-1,5 soatdan ortiq siqib turish 
mumkin emasligini yodda tutish kerak. Shu muddat ichida yarador bo'lgan odamga tibbiy 
yordami ko'rsatilmasa, burov yoki jgutni bir necha daqiqaga bo'shatish lozim. So'ngra bog'lovni 
yuqoriroqdan yoki pastroqdan qaytadan bog'lash lozim. 
Oyoq - qo'llar jarohatlanganida oyoq-qo'lni iloji boricha bukib shu holda bog'lab qo'yish 
bilan qon oqishini vaqtincha to'xtatib turish mumkin (4 - rasm). 



Yüklə 498,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin