Tayanch-harakat apparatining shikastlanishi keng tarqalgan holdir.
Ular odatdagi
ko‘karishdan tortib, og‘ir azob beruvchi sinish va chiqishgacha bo‘lgan noxush holatlarni o‘z
ichiga oladi.
Skelet turli shakl va katta-kichiklikdagi 106 ta suyakdan iborat bo‘lib, tana shakllanadigan
qovurg‘ani tashkil qiladi. Skelet hayotiy muhim ichki organlar va yumshoq to`qimalarni ehtiyot
qiladi.
Suyak sinishi - qattiq zarb tegishi, yiqilish, o‘q tegishi va hokazolar natijasida biror
suyak
butunligining buzilishidir. Bu yerda shikastlangan suyakning ma'lum nuqtasida og‘riq paydo
bo‘lib, atrofdagi yumshoq tuqimalarga qon qo‘yuladi va shishadi, shikastlangan qo‘l yoki oyoq
shakli va harakatlari o‘zgaradi, ba'zan singan suyak bo‘laklari qisirlaydi.
Qovurg‘a sinishining tavsifli belgisi esa chuqur nafas olganda va yo‘talganda og‘riq
seziladi
Suyak sinishi yopiq va ochiq bo‘ladi. Singan suyakni o‘rniga qo‘yishga urinish, ya'ni
suyak yopiq singanda o‘zgargan oyoq yoki qo‘l shaklini to‘g‘rilashga,
ochiq singanda chiqib
turgan suyakni o‘rniga solib qo‘yishga harakat qilish mutlaqo yaramaydi. Shikastlangan odamni
iloji boricha tezroq davolash muassasasiga yetkazib berish zarur. Qanday ko‘rinishdagi suyak
sinmasin, birinchi galda uni qimirlamaydigan qilib bog‘lab qo‘yish kerak, chunki uning ozgina
surilishi ham qattiq og‘riqqa sabab bo‘lishi, singan suyak bo‘lagi
terini teshib chiqishi, qon
tomirlarini shikastlab, qon ketishiga olib kelishi mumkin.
Suyak singan joyga har qanaqa qattiq narsa (yog‘och, metall, plastmassa) dan darrov
taxtakach qo‘yish lozim. Taxtakach singan qo‘l
yoki oyoqqa bir necha joydan, yaxshisi bint
bilan, bint bo‘lmasa kamar, gazlama va boshqalar bilan bog‘lab qo‘yiladi. Taxtakach singan
joyning yuqori va pastidagi ikkita bo‘g‘in ustidan oshib turadigan uzunlikda bo‘lishi lozim.
Taxtakach qilishga hech narsa bo‘lmasa, shikastlangan oyoqni sog‘ oyoqqa bog‘lab qo‘yish
lozim. Yelka suyagi singanda shikastlangan qo‘lni uzatilgan holicha gavdaga bog‘lab qo‘ysa
bo‘ladi . Suyak ochiq singan joyda jarohat ham bo‘lsa, uning atrofidagi teriga
yod nastoykasi
surtib, jarohatga toza paxta-doka bog‘lamidan qo‘yib bog‘lash lozim. Buning uchun kiyimni
yechish kerak bo‘lsa, uni avval sog‘ qo‘l
yoki oyoqdan, keyin esa shikastlanganidan yechib
olinadi. Shikastlangan odamni suvdan, vayronalar ostidan olib chiqishda umurtqa pog‘onasining
shikastlanishidan ehtiyot bo‘lish kerak. Umurtqa pog‘onasi shikastlangan bo‘lsa,
shikastlanuvchini qo‘zg‘atmaslik va boshini egmaslik kerak. Doimo nafas olish yo‘llarining
o‘tkazuvchanligini tekshirib turish va reanimatsiya tadbirlarini o‘tkazishga tayyor turish kerak .
Shikastlanuvchida sinish alomatlarini (a'zolarning
deformatsiyasi, ular harakatchanligining
keskin chegaralanishi, deformatsiyalangan joyda kasallikning namoyon bo‘lishi, suyak
siniqlarining yaraga kirib qolishi) aniqlangan bo‘lsa:
- og‘riqni qoldirish;
- qo‘l ostidagi materiallardan taxtakachlash tadbirlarini amalga oshirish lozim.
Birinchi tibbiy yordam ko`rsatish me`yorlarini bajarish
Dostları ilə paylaş: