Lokal o‘t o‘chirish tizimi - texnologik apparat va jihozlarni xonalarda
va ochiq
havoda joylashgan boshqa obyektlarni himoyalash uchun tavsiya etiladigan o‘t
o‘chirish tizimi;
Moddalarning o‘tga chidamlilik darajasi–moddalarning yonishi (alangalanishi)
oson yoki qiyinlik ko‘rsatkichi;
Jarohatlanganlarga
dastlabki tibbiy yordam
Dastlabki tibbiy yordam – jarohatlangan kishiga
tibbiyot xodimiga qadar
ko‘rsatiladigan yordam(bu asosan jarohatlovchi omil ta’sirini to‘xtatish, tugatish va
bartaraf etish hamda jarohatning ikkilamchi holda yuzaga keltirishi mumkin
bo‘lgan xastalik yoki jarohat oldini olishga qaratilgan tadbir bo‘lib, buni barcha
kishi bilishi shart);
Jarohat turlari – ishchi(inson) tana yoki organizmining meyoriy holatdan
chiqishiga sabab bo‘luvchi omillar turlariga bog‘liq ko‘rsatkich(bular quyidagicha
turlarda bo‘lishi mumkin: qon ketishi – tana yoki tana a’zolarining teri qismi
butunligining buzilishi natijasida
qonning tashqariga chiqishi; suyak sinishi –
suyak butunligining buzilishi; lat yeyish – muskul va paylarning ezilishi natijasida
meyoriy holatdan chiqishi; xasharotlardan jarohatlanish – xasharotlarning chaqishi
va hok.);
Ochiq sinish – suyak sinishi va bu suyaklarning teridan tashqariga chiqib
qolishi(bunday jarohat turi murakkab bo‘lib, suyak sinishiga shina bog‘lov
qo‘yishni va jarohat joyidan ketayotgan qonni to‘xtatishni talab etadi);
Yopiq sinish – suyak sinishi kuzatiladi, biroq shu sinish joyidagi teri butunligi
saqlanadi;
Teri to‘qimalarining kuyishi – issiqlik ta’siri ostida teri to‘qimalari faoliyatining
buzilishi;
Birinchi tibbiy yordam vositalari – birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishda
ishlatiladigan vositalar(bularga yod eritmasi, bint, jgut, shina va hokazolar kiradi);
Jarohatni og‘irlashishga qarshi profilaktika – jarohatlangan joydagi jarohatlovchi
omil ta’sirini tugatish, jarohatni to‘xtatish va unga dastlabki tibbiy yordam
ko‘rsatish chora-tadbirlar tizimi;
Aseptika - jarohatlangan joyga mikrobni kirish yo‘lini to‘sishga qaratilgan tadbir;
Antiseptika – jarohatlangan joyga kirib qolgan mikroblarni kamaytirish yoki
butunlay yo‘q qilishga qaratilgan tadbir;
Kuyish - to‘qimalarning yuqori harorat, kimyoviy moddalar, nurlanish hamda
elektr toki ta’sirida shikastlanishi(Kuyish darajasi to‘rt xil bo‘ladi: yengil (1),
o‘rtacha og‘ir (2), og‘ir (3) va juda og‘ir (4));
Travmatik toksikoz – jarohat darajasidagi zaharlanish;
Sovuq urishi - past harorat ta’sir qilishi natijasida to‘qimalarning shikastlanishi;
Zaharlanish - biror zaharli kimyoviy moddaning me’da-ichak, nafas yo‘llari orqali
organizmga kirgani, teridan so‘rilgani, teri osti, mushaklar orasi yoxud vena qon
tomiriga yuborilganida sodir bo‘ladigan kasallik holati;
Infeksion-yuqumli kasalliklar - kasallik qo‘zg‘atuvchi jonzotlar
(mikroorganizmlar: bakteriyalar, rikketsiyalar, viruslar, zamburug‘lar) ning
organizmiga ta’sir ko‘rsatishi oqibatida
kelib chiqadigan kasallik;
Epidemiya – odamga xos yuqumli kasalliklar avj olib ketishi;
Zoonoz – odamlarga hayvonlardan yuqadigan yuqumli kasallik(Bu hayvonlarning
yuqumli kasalligi);
Epizootiya – zoonoz kasalliklarining tez
avj olib, ko‘payib ketishi;
Epifitotiya - o‘simliklarga xos jonzotlar, mikroorganizmlar tomonidan kelib
chiqadigan kasallikning avj olib ketishi;
Pandemiya - yuqumli kasalliklarning bir
necha davlatlar, jahon miqyosida keng
tarqalib, avj olib ketishi;