Xaykaltaroshlik san’ati turlari va uning oʻziga xos xususiyatalari
Tasviriy san'atning turlaridan biri boʻlgan haykaltaroshlik asarlari borliqdagi hajmga ega boʻlgan barcha shakllar asosida tasvirlanadi. Mayda haykalchalardan tortib, park va hiyobonlarga oʻrnatiladigan turli mahobatli haykallar, yodgorliklar, binolarning devorlariga ishlanadigan relyeflar, tanga, nishon, medal kabilarning yuzasidagi boʻrtma tasvirlar haykaltaroshlik san'atining turli koʻrinishlaridir.
Haykaltaroshlik asarlari oʻzining ishlatilish joyi, bajaradigan vazifasi va tayyorlanish usuliga qarab turlicha nomlanadi. Ular odatda dumaloh va qabarih koʻrinishda boʻladi.
Dumaloq haykallarni hamma tomondan aylanib koʻrish mumkin boʻlsa, qabarih haykallarni yuzaga boʻrttirib ishlanganligi sababli faqat bir tomondan koʻriladi. Qabarih haykallarni relyef deb ataladi. Relyef fransuzcha soʻz boʻlib «yuza» degan ma'noni anglatadi. Relyefli haykallarda asosiy obrazlar bilan bir qatorda kenglik, tabiat manzaralarining koʻrinishi ham aks etadi. Shuning uchun bunday relyeflarni ba'zan perspektiv relyef deb ham yuritiladi.
Relyef oʻz navbatida ikki turga boʻlinadi. Ular barelyef va gorelefdir. Barelyef ham fransuzcha soʻzdan olingan boʻlib, «past» relyef degan ma'noni anglatadi.
Barelyefda haykal tekis yuzaga nisbatan bir oz qabargan boʻlib, uning qalinligi oʻzining haqiqiy hajmining yarimidan oshmaydi. Tanga, nishon, orden va medal yuzalaridagi boʻrtma tasvirlar bunga misol boʻla oladi. Barelyeflar ayniqsa amaliy san'at buyumlarini, me'morchilik binolarini bezashda juda qoʻl keladi. Qadimgi yunonistonda hayotda ishlatiladigan turli xil buyumlar: koʻza, guldon, qurol-aslahalarning yuzalarini barelyeflar bilan bezaganlar, binolarning devorlariga turli hayotiy voqealarni aks ettiruvchi boʻrtma tasvirlar ishlaganlar.
Dostları ilə paylaş: |