Himoyaga ruxsat etiladi «Tasviriy san’at» kafedrasi mudiri B. M. Qurbonova


Gorelef soʻzi ham fransuzcha boʻlib, «baland» relyef



Yüklə 0,78 Mb.
səhifə7/13
tarix09.05.2022
ölçüsü0,78 Mb.
#115653
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
O\'ktamova Xayotxon

Gorelef soʻzi ham fransuzcha boʻlib, «baland» relyef ma'nosini bildiradi. Haykaltaroshlikning bu turida tasvirlar yuzadan sezilarli darajada boʻrtib chiqqan boʻlib, uning qalinligi oʻzining haqiqiy xajmining yarmidan oshgan boʻlishi shart. Gorelefga koʻplab tarixiy voqealarga bagʻishlab ishlangan yodgorliklar misol boʻlishi mumkin. Bu yodgorlikdagi ayrim haykallar, masalan, oldinda tasvirlangan obrazlar, yuzaga nisbatan juda boʻrtib chihhan boʻlsa ham lekin ular asosiy kompozitsiya yuzasiga yopishgan holda ishlangan. Bu yodgorliklarda relyefning ikki turini ham uchratish mumkin. Lekin gorelef unda yetakchi oʻrinni egallaydi. Relyefning yana bir turi mavjud boʻlib, bu oʻyib ishlangan relyeflardir. Bunday releflar odatda tekis yuzaga oʻyib ishlanadi. Yuzani oʻyish natijasida hosil boʻladigan yoruh-soya oʻyini hisobiga tasvir koʻzga tashlanadi. Bunday relyeflarning imkoniyati chegaralangan boʻlganidan ular amalga juda kam qoʻllaniladi. Ular Qadimgi Misrda koʻplab ishlatilgan.

Haykaltaroshlik asarlari yaratish uchun turli xildagi materiallardan foydalaniladi. Bu materiallar haykalga turli harakter va mazmun berishda xizmat qiladi. Masalan, tosh-granitda ishlangan haykallar kishida ulu gʻvorlik,­­­ abadiylik baxsh etsa, aksincha marmarda ishlangan haykallar nozik, koʻrkam koʻrinadi. Shuning uchun haykallar oʻzining mazmuni va oʻrnatiladigan joyiga qarab har xil materiallardan ishlanishi mumkin. Haykaltaroshlik materiallari koʻp. Ular quyidagilardan iborat: plastilin, loy, yo gʻoch, metall, marmar, granit, suyak, sement, gips va hakozalardir. Qimmatbaho metallar-oltin, kumush, nikellar ham haykaltaroshlikda qoʻllaniladi.

Haykaltaroshlikda deyarli rang ishlatilmaydi, lekin xalq haykaltaroshligida haykallarni boʻyash hollari uchraydi. Bunga Oʻzbekiston hududidan topilgan qator haykaltaroshlik asarlari misol boʻla oladi. Haykaltaroshlik asarlari ham tasviriy san'atning boshqa turlari kabi oʻzining bajaradigan vazifasi, mazmuniga qarab qator tur va janrlarga boʻlinadi. Haykaltaroshlik turlari deganda biz monumental, dekorativ va dastgoh haykaltaroshligini tushunamiz. Monumental haykaltaroshlikka muhim tarixiy voqealar, atohqli shaxslar xotirasini abadiylashtirish maqsadida oʻrnatilgan yirik oʻlchovdagi, turli xildagi yodgorliklar, haykaltaroshlik ansambllari kiradi. Odatda monumental haykaltaroshlik asarlari oʻzida katta mazmunni anglatib, mustaqil xarakterga ega boʻladi. Lekin shu bilan birga u bevosita muhit bilan bogʻliq boʻlib, me'morchilik binolari hamda tabiat bilan uygʻunlikda boʻlishi mumkin. Bu unga yanada ulugʻvorlik va ta'sirchanlik baxsh etadi. Monumental haykaltaroshlik asarlariga hos boʻlgan xususiyatlardan biri bu asar qahramonlarini koʻtarinki ruhda tasvirlashdir. Monumental haykaltaroshlik asarlari doim ochiq havoda turish uchun moʻljallangan boʻlganligi sababli ular uzoq turadigan qattiq materialdan, masalan, tosh, bronza, granit va betonlardan ishlanadi. Bulardan tashhari monumental haykaltaroshlik asarlari uzoqdan koʻrishga moʻljallanganligi sababli, ularda katta-katta yaxlit shakllardan keng foydalaniladi.

Istirohat bogʻlari, xiyobonlar, koʻchalar, shuningdek, me'morchilik binolarining devorlarini bezash uchun ishlatiladigan haykallarning hamma turlari dekorativ haykaltaroshlik san'atiga kiradi. Haykaltaroshlik san'atining bu turi monumental haykaltaroshlikdan shu bilan farq qiladiki, agar monumental haykaltaroshlik asarlari oʻzida mustaqil mazmunni anglatib me'morchilik va tevarak-atrofga bogʻliq boʻlmagan holda kishiga mustaqil fikrni bera olsa, dekorativ haykaltaroshlik asarlari esa bevosita me'morchilik kompozitsiyasi bilan bo gʻliq boʻladi. Bundan tashqari agar monumental haykaltaroshlik asarlari ishlashda obrazlarni koʻtarinki ruhda ishlansa, dekorativ haykaltaroshlik asarlarida esa obrazlarni bir oz engil yumoristik tarzda talqin etib, boʻrttiriladi. Bunga xalq badiiy ijodiyoti haykalchalarini misol qilish mumkin.

Haykaltaroshlikning bu turida turli hayvon va qushlar shakli keng ishlatiladi. Binolarning devorlariga ishlanadigan turli boʻrtma tasvirlar, amaliy san'at buyumlarining yuzasiga ishlangan tasvirlar ham dekorativ haykaltaroshlikka kiradi. Turli favvoralar, panjaralar, darvozalarga ishlangan badiiy bezaklarga ham dekorativ haykaltaroshlik namunalari sifatida qaraladi. Chinnidan yasalgan haykalchalar, loydan ishlangan oʻyinchoqlar ham shu haykaltaroshlikning koʻrinishi hisoblanadi.

Dastgoh haykaltaroshligiga oʻzida mustahil mazmunni anglatadigan asarlar kiradi. Bunday asarlar koʻrgazmalarga, interyerlarga qoʻyish uchun moʻljallab ishlanadi. Haykaltaroshlikning bu turida voqelik oʻzining butun borligʻi bilan aks etadi. Haykaltaroshlik san'atining bu turida inson psixologiyasidagi nozik oʻzgarishlar, uning ichki ruhiy kechinmalari, kayfiyati hamda xarakterini ochib berish imkoniyatiga ega. Xuddi shu holda u tabiatdagi mavjud hayvon va jonivorlarni ishlashda ham ularning xarakterini koʻrsata oladi.

Dastgoh haykaltaroshligining koʻrinishlaridan biri byustdir. U odam portretini gavdasi bilan aks ettiruvchi dumaloq haykallar gruppasiga kirib, oʻzida bir qator obrazlarni mujassamlashtirgan haykallar kompozitsiyasi tarzida boʻladi. Haykaltaroshlik san'atining yana bir koʻrinishi-terrakota hisoblanadi. (terrakota-italyancha soʻz boʻlib pishrilgan loy ma'nosini bildiradi). Terrakota keng ma'noda loydan yasalib, xumdonda pishrilgan haykaltaroshlik asarlaridir.

Haykaltaroshlik osarlarida insonning faqat tashqi koʻrinishi, tinch turgan holati yoki harakatdagi paytini aks ettirish bilan kifoyalanmay, undagi ichki kechinmalar, his-hayajon va gʻamginlik, kelajakka intilish kabi holatlar ham oʻz ifodasini topadi. Haykaltarosh asarida insonning tevarak-atrofga boʻlgan munosabati, psixologiyasi, qalbidagi his tuy gʻulari ishonarli talqin etiladi. Bunda, albatta, eng avvalo haykaltaroshning oʻta ziyrakligi, tasvirlash qoidalarini puxta egallaganligi, odam gavdasi va mimik oʻzgarishlari borasida plastik anatomiya sohasidagi yuqori bilimlarga ega boʻlishini taqazo etadi. Toʻgʻri topilgan harakat, yuzdagi mimik holat haykalni ta'sirli ifodalash uchun zamin yaratadi.



Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin