Himoyaga ruxsat etiladi «Tasviriy san’at» kafedrasi mudiri B. M. Qurbonova


BOB. ILK DAVLATChILIK ShAKLLANIShI DAVRIDA O’ZBYeKISTON SAN’ATI



Yüklə 92,67 Kb.
səhifə15/16
tarix09.05.2022
ölçüsü92,67 Kb.
#115651
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Abduqodirova Dilnoza

4 BOB. ILK DAVLATChILIK ShAKLLANIShI DAVRIDA O’ZBYeKISTON SAN’ATI

Neolit davri so‘ngi yillariga kelib Yaqin va O’rta Sharqda bo‘lgani kabi Markaziy Osiyo yerlarida qo‘rg‘on tepalar qurilishi zaminida shahar va shahar davlatlari rivojlanib bordi. Bunday qalalar tabiiy yoki sun’iy tepaliklar ustiga, tez oqar suvlar o‘rtasidagi katta maydonlarda qurilib atrofi qalin va pishiq devor bilan aylantirib o‘rab olingan. Qalalar zaminida shaharlar va ular asosida esa dastlabki shahar va shahar davlatlar paydo bo‘ldi. Shunday qal’alar zaminida keyinchalik Xorazm, Baqtriya kabi davlatlar shakllanib borgan.

Markaziy Osiyoning janubiy tomonlarida miloddan av. IV-III minginchi yillarda shakllana boshlagan qal’a devorlari qalin va pishiq ishlangan. Shaharga kirish darvozalariga ham katta e’tibor berilgan. Darboza ikki chekasida pilon-minoralar bo‘lib ular plyastrlar bilan pardozlangan. Qurilishda ko‘pxonali uylar paydo bo‘lgan, devorlari katta-katta xom g‘ishtdan ishlangan, devor va pollariga esa rang berib pardozlana boshlangan, uncha katta bo‘lmagan arka(ravoq)lar yordamida tepa tomonini yopishga harakat qilingan, ayrim uy devorlariga tasvir tushirishga intilish seziladi.

Xorazm,Xorazmdagi Jonbos qala - eramizdan avalgi ІU-111 ming yilliklarda odamlar yashagan manzillardandir. Bu yerdan qadim odamlarning turmush va madaniyatiga oid ko‘p ashyoviy dalillar bu davrda turar joylar tartibga kela boshlaganligidan, sinchdan foydalanish, yog‘och va qamich yordamida tomni yopish odati rivojlana boshlaganligini ko‘rsatadi.

Mil. avv. 1 minginchi yillarga kelib (temir asri) zaminning ko‘pgina yerlarida yangi iktisodiy hayot boshlandi. Jamoa boshliklari o‘rnini harbiylar egalladi, harbiy demokratiyani yuzaga keltirilishi odamlar orasidagi munosabatlarda o‘z ifodasini topdi. Shu davrdan boshlab bu yerlarda shahar davlat, kurg‘on va qal’alar, o‘z harakteri jihatidan davlat harakteridagi yirik jamoalar ko‘paydi. Shu davrga kelib ijtimoi jamoalar o‘rnini dastlabki o‘z harakteri jihatidan qishloq jamoalari va sodda davlat tizimiga xos xususiyatlar paydo bo‘la boshladi.Shunday jamoa va birlashmalar asosida dastlabki davlatlar shakllandi.

Kuchuk tepa (Termiz yaqinida) yodgorligi olimlar fikriga kura mil. avv. X-UІІ asrlarga kadar shakllangan. Bu yerda ko‘p xonali uylar mavjud bo‘lgan uning ichki qismi xonalari yo‘laklar(karidorlar) bilan tutashtirilgan. Devor esa to‘rt metrli asos ustida qurilgan. Mudofaa devorlari paxsa va xom g‘ishtdan ishlangan.

O’zbekistonning janubiy tomonlarida shakllangan Baqtriya davlati shaharlari va odami bilan mashhur bo‘lgan. Uning poytaxti Baktra mustaxkam devor bilan o‘ralgan qo‘rg‘onning (akropolni) tashkil etgan. Baqtriyaning Qizil tepa (Shurchi, Surxandaryo vil.)shaharchasi e.a. UІІ-UІ asrlarda shakllangan edi. Shahar to‘rt burchak shaklida bo‘lib kalin devor, uning atrofi esa zovur bilan o‘rab chiqilgan. Devorlari shinakli, yarim dumalok minoralar esa muhim o‘rin egallab, odamlar yashaydigan boshqa manzillardan ajralib turgan. Shunday shaharlar Baqtriyaning boshqa yerlari uchun harakterli bo‘lgan. Turar joy va yashash qo‘rg‘onlari ko‘p xollarda kvadrat yoki to‘rtburchak shaklida bo‘lib bu kurg‘onlar ichki hovli, ayvonlarga ega yog‘och ustunlar qurilishda keng ishlatilgan. Qizil Tepa yaqinidan Qizilcha kurg‘oni shunday kadimiy yodgorlik namunasi hisoblanadi.

Jarqo‘ton me’morligi, ayniqsa uning ibodatxonasi alohida o‘rin egallaydi. Bu ibodatxona hashamatli bo‘lib uning mehrobida mukaddas olov yonib turgan. Kal’ada kommunikatsiya ishlari yo‘lga kuyilgan. Qal’a ichida 7m. chukurlikdagi kuduq bo‘lgan. Miloddan avvalgi VIII-VI asrgacha bo‘lgan davrda Markaziy Osiyo yerlarida birqator kudratli kuldorlik davlat birlashmalari vujudga keldi. Ular mustaqil tarzda xo‘jalik yuritib o‘z kudratlarini oshirib borganlar. Shunday davlatlardan biri So‘g‘d yoki So‘g‘diyona bo‘lgan. Uning poytaxti Marokand (Samarqandning kadimiy nomi) bo‘lib Zarafshon Kashkadaryo vohalarini o‘z ichiga olgan. Bu vohada kadim paytlarda o‘rtoq va ko‘chmanchi qabilalar yashab kelgan. Shu vohada І-minginchi yillarda dastlabki shahar madaniyati shakllana borgan. So‘g‘diyona kulay urni Buyuk Ipak yo‘li ustidan utganligi ham uning madaniy hayotini jonli bo‘lishni taminlagan Shark va Garb o‘rtasida joylashgan bu davlat miloddan avval UP asrlardayok Old Osiyo va O’rta dengiz xavzasidagi davlatlar bilan, jumladan Yunon-Rim davlatlari bilan yaqin aloqada bo‘lish imkoniyatini bergan. Sug‘d madaniyat nihoyatda yuksak bo‘lganligi so‘g‘d yozuvi mavjudligida ham ifodasini topgan. Bu yozuv So‘g‘diyonadan tashqarida ham malum bo‘lgan. So‘g‘dda talim tarbiyaga alohida etibor berilgan.Ayniqsa zodagon va kiborlarning bolalari talimiga ayniqsa bolalar o‘qishiga katta etibor berilgan. So‘g‘d yozuvi 25 belgidan iborat bo‘lib, chapdan ungga qarab yozilgan. Bu yozuv keyinchalik Markaziy Osiyoda ham keng ishlatilgan. So‘g‘d yozuvi asosida keyinchalik uyg‘ur yozuvi yaratilib, u Markaziy Osiye yerlarini arablar bosib olganidan keyin ham uzoq vaqt ishlatilgan. So‘g‘dda haykaltaroshlik ham keng yoyildi. Bunda ayollar ko‘proq tasvirlangan. So‘g‘dda bu davrda Markaziy Osiyodagi muhim dehqonchilik markazi bo‘libgina qolmay, xunarmandchilik, ayniqsa kulolchilik nihoyatda yuksak bo‘lgan.

Milodaan avvalgi 1 minginchi yillar o‘rtalarida Xorazm Markaziy Osiyodagi yirik davlatlardan biri bo‘lgan. Shu davrga oid yodgorliklardan biri Qo‘yqirilgan qal’aning qoldiqlari bizning eamonamizgacha yetib kelgan. Qal’a kalin devor bilan uralib, atrofi esa suv to‘ldirilgan zovur bilan aylantirilgan. Arxeologik kazish ishlari olib borilganda bu yerdan har xil xumlar, haykallar topilgan. Qal’a xonalarining devorlari esa rasmlar bilan bezatilgan. Bu yerdan ko‘plab astadonlar topilgan, ular ichida odamga o‘xshaganlari ham bo‘lib, uning ichki bo‘shlig‘ida o‘lgan odamning suyaklari saqlangan. Jonbos, Burgut qala ham Xorazm davlatining muhim qo‘rg‘onlaridan bo‘lib, bu yerda ham muqaddas olov saqlanadigan uylar bo‘lgan. Xorazmning Ko‘zali qurg‘on qalin devor bilan o‘ralgan, devor minoralar bilan mustaxkamlangan. Qo‘rg‘on markazida katta inshoat - hukmdor saroyi qarorgohi bo‘lgan. Olimlar fikriga ko‘ra bu qo‘rg‘on qadimgi Xorazm davlatining dastlabki poytaxti bo‘lgan.

Miloddan avvalgi U1 asrdan boshlab Sirdaryo kengliklarida kuchmanchi xalqlarning Qang‘ davlati tarkib topa borgan. U o‘z chegaralarini Xorazmgacha yetkazgan. Mil. av. 11 asr ikkinchi yarmi - miloddan avvalgi 1 asrlarda u o‘zining gullagan davrini boshdan kechirdi.

Farg‘ona vodiysi ham O’rta Osiyoning kadimdan odamlar istikomat qilgan manzillardan hisoblanadi. Miloddan avvalgi 1 minginchi yillar o‘rtasida ayni shu yerlarda dastlabki shahar davlat vujudga kelgan. Parkana (Davan) davlati shunday davlat birlashmalaridan bo‘lib poytaxti Koson(hozirgi Koson) bo‘lgan. O’zbekistonlik olim V. M. Masson shu yerlar iktisodiy madaniy hayoti haqida fikr yuritib bu yerlarda qurg‘oshin, metal rudalari ko‘p bo‘lganligini takidlab bu maxsulotlar Turkmaniston, Buxoro yerlaridagi jamoalar bilan tovar almashtirish asosini yaratganligini etirof etadi.

XULOSA VA TAVSIYALAR

Uyg’onish davri insoniyat taraqqyotidagi muhim insoniyatning shu davrgacha o’z boshidan kechirgan hamma o’zgarishlari ichida eng buyuk o’zgarish bosqichi, bu davr o’z tafakkur kuchi, extiros va harakteri jihatidan, mukammallik va olimlik jihatidan juda ulug’ siymolarni etishtirib berdi. Dunyoviy san’at va madaniyat misli ko’rilmagan darajada rivojlandi. Uyg’onish davri kishilari insonning aql-idrokiga, imkoniyatining cheksizligiga, ma’rifatning kelajakdagi tantanasiga

ishondilar. O’z izlanishlarining markaziga esa shu insonni qo’ydilar. Natijada ular chin ma’noda xalqchil asarlar yarata oldilar, keng xalq ommasining orzu-istak, his-tuyg’ularini ifodalab, ilg’or gumanistik g’oyalarni ko’tarib chiqdilar. Shu boisdan ham bu davr «gumanizm asri» (humanism lotincha insoniy, insonparvar) deb ham ataldi. O’yg’onish davri antik dunyo madaniyatidan ta’sirlandi. Uning

yodgorliklarini qunt bilan o’rgandi(antik dunyo yodgorliklarining Italiyada mo’lligi bunga qo’l keldi).

Lekin bu davr ijodkorlari uning quliga aylanmadilar. Aksincha, undan o’z fikr, tuyg’u tushunchalarini ta’riflashda foydalandilar. Real voqelikka, go’zallikka qiziqish davr taraqqiyotida muhim ahamiyatga ega bo’ldi. Hayot real xodisa deb tan olindi. San’atkorlar voqelikni haqqoniy tasvirlashda yangi qonun-qoidalarni izlay boshladilar. Perspektiva, rangshunoslik, yorug’-soya

nazariyasi, plastik anatomiya borasida katta yutuqlar qo’lga kiritildi. Me’morlik va amaliy-bezak san’ati ijodkorlari qadimgi an’analarni o’zlashtirib, uni yangi mazmun bilan boyitdilar, me’morlikning yangi konstrukstiyalari vujudga keldi, ko’p qavatli uylar, yangi qiyofadagi ijtimoiy binolar qad ko’tardi. Binoning tashqi va ichki tomonlarini bezash, kenglikni tashkil etish, san’at sintezi borasida erishilgan yutuqlar keyingi jahon san’ati taraqqiyotida muhim ahamiyatga ega bo’ldi.


Yüklə 92,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin