Himoyaga ruxsat etiladi «Tasviriy san’at» kafedrasi mudiri B. M. Qurbonova


BOB. ILK DAVLATChILIK ShAKLLANIShI DAVRIDA O’ZBYeKISTON SAN’ATI



Yüklə 92,67 Kb.
səhifə11/16
tarix09.05.2022
ölçüsü92,67 Kb.
#115651
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Abduqodirova Dilnoza

4 BOB. ILK DAVLATChILIK ShAKLLANIShI DAVRIDA O’ZBYeKISTON SAN’ATI

Neolit davri so‘ngi yillariga kelib Yaqin va O’rta Sharqda bo‘lgani kabi Markaziy Osiyo yerlarida qo‘rg‘on tepalar qurilishi zaminida shahar va shahar davlatlari rivojlanib bordi. Bunday qalalar tabiiy yoki sun’iy tepaliklar ustiga, tez oqar suvlar o‘rtasidagi katta maydonlarda qurilib atrofi qalin va pishiq devor bilan aylantirib o‘rab olingan. Qalalar zaminida shaharlar va ular asosida esa dastlabki shahar va shahar davlatlar paydo bo‘ldi. Shunday qal’alar zaminida keyinchalik Xorazm, Baqtriya kabi davlatlar shakllanib borgan.

Markaziy Osiyoning janubiy tomonlarida miloddan av. IV-III minginchi yillarda shakllana boshlagan qal’a devorlari qalin va pishiq ishlangan. Shaharga kirish darvozalariga ham katta e’tibor berilgan. Darboza ikki chekasida pilon-minoralar bo‘lib ular plyastrlar bilan pardozlangan. Qurilishda ko‘pxonali uylar paydo bo‘lgan, devorlari katta-katta xom g‘ishtdan ishlangan, devor va pollariga esa rang berib pardozlana boshlangan, uncha katta bo‘lmagan arka(ravoq)lar yordamida tepa tomonini yopishga harakat qilingan, ayrim uy devorlariga tasvir tushirishga intilish seziladi.

Xorazm,Xorazmdagi Jonbos qala - eramizdan avalgi ІU-111 ming yilliklarda odamlar yashagan manzillardandir. Bu yerdan qadim odamlarning turmush va madaniyatiga oid ko‘p ashyoviy dalillar bu davrda turar joylar tartibga kela boshlaganligidan, sinchdan foydalanish, yog‘och va qamich yordamida tomni yopish odati rivojlana boshlaganligini ko‘rsatadi.

Mil. avv. 1 minginchi yillarga kelib (temir asri) zaminning ko‘pgina yerlarida yangi iktisodiy hayot boshlandi. Jamoa boshliklari o‘rnini harbiylar egalladi, harbiy demokratiyani yuzaga keltirilishi odamlar orasidagi munosabatlarda o‘z ifodasini topdi. Shu davrdan boshlab bu yerlarda shahar davlat, kurg‘on va qal’alar, o‘z harakteri jihatidan davlat harakteridagi yirik jamoalar ko‘paydi. Shu davrga kelib ijtimoi jamoalar o‘rnini dastlabki o‘z harakteri jihatidan qishloq jamoalari va sodda davlat tizimiga xos xususiyatlar paydo bo‘la boshladi.Shunday jamoa va birlashmalar asosida dastlabki davlatlar shakllandi.

Kuchuk tepa (Termiz yaqinida) yodgorligi olimlar fikriga kura mil. avv. X-UІІ asrlarga kadar shakllangan. Bu yerda ko‘p xonali uylar mavjud bo‘lgan uning ichki qismi xonalari yo‘laklar(karidorlar) bilan tutashtirilgan. Devor esa to‘rt metrli asos ustida qurilgan. Mudofaa devorlari paxsa va xom g‘ishtdan ishlangan.

O’zbekistonning janubiy tomonlarida shakllangan Baqtriya davlati shaharlari va odami bilan mashhur bo‘lgan. Uning poytaxti Baktra mustaxkam devor bilan o‘ralgan qo‘rg‘onning (akropolni) tashkil etgan. Baqtriyaning Qizil tepa (Shurchi, Surxandaryo vil.)shaharchasi e.a. UІІ-UІ asrlarda shakllangan edi. Shahar to‘rt burchak shaklida bo‘lib kalin devor, uning atrofi esa zovur bilan o‘rab chiqilgan. Devorlari shinakli, yarim dumalok minoralar esa muhim o‘rin egallab, odamlar yashaydigan boshqa manzillardan ajralib turgan. Shunday shaharlar Baqtriyaning boshqa yerlari uchun harakterli bo‘lgan. Turar joy va yashash qo‘rg‘onlari ko‘p xollarda kvadrat yoki to‘rtburchak shaklida bo‘lib bu kurg‘onlar ichki hovli, ayvonlarga ega yog‘och ustunlar qurilishda keng ishlatilgan. Qizil Tepa yaqinidan Qizilcha kurg‘oni shunday kadimiy yodgorlik namunasi hisoblanadi.

Jarqo‘ton me’morligi, ayniqsa uning ibodatxonasi alohida o‘rin egallaydi. Bu ibodatxona hashamatli bo‘lib uning mehrobida mukaddas olov yonib turgan. Kal’ada kommunikatsiya ishlari yo‘lga kuyilgan. Qal’a ichida 7m. chukurlikdagi kuduq bo‘lgan. Miloddan avvalgi VIII-VI asrgacha bo‘lgan davrda Markaziy Osiyo yerlarida birqator kudratli kuldorlik davlat birlashmalari vujudga keldi. Ular mustaqil tarzda xo‘jalik yuritib o‘z kudratlarini oshirib borganlar. Shunday davlatlardan biri So‘g‘d yoki So‘g‘diyona bo‘lgan. Uning poytaxti Marokand (Samarqandning kadimiy nomi) bo‘lib Zarafshon Kashkadaryo vohalarini o‘z ichiga olgan. Bu vohada kadim paytlarda o‘rtoq va ko‘chmanchi qabilalar yashab kelgan. Shu vohada І-minginchi yillarda dastlabki shahar madaniyati shakllana borgan. So‘g‘diyona kulay urni Buyuk Ipak yo‘li ustidan utganligi ham uning madaniy hayotini jonli bo‘lishni taminlagan Shark va Garb o‘rtasida joylashgan bu davlat miloddan avval UP asrlardayok Old Osiyo va O’rta dengiz xavzasidagi davlatlar bilan, jumladan Yunon-Rim davlatlari bilan yaqin aloqada bo‘lish imkoniyatini bergan. Sug‘d madaniyat nihoyatda yuksak bo‘lganligi so‘g‘d yozuvi mavjudligida ham ifodasini topgan. Bu yozuv So‘g‘diyonadan tashqarida ham malum bo‘lgan. So‘g‘dda talim tarbiyaga alohida etibor berilgan.Ayniqsa zodagon va kiborlarning bolalari talimiga ayniqsa bolalar o‘qishiga katta etibor berilgan. So‘g‘d yozuvi 25 belgidan iborat bo‘lib, chapdan ungga qarab yozilgan. Bu yozuv keyinchalik Markaziy Osiyoda ham keng ishlatilgan. So‘g‘d yozuvi asosida keyinchalik uyg‘ur yozuvi yaratilib, u Markaziy Osiye yerlarini arablar bosib olganidan keyin ham uzoq vaqt ishlatilgan. So‘g‘dda haykaltaroshlik ham keng yoyildi. Bunda ayollar ko‘proq tasvirlangan. So‘g‘dda bu davrda Markaziy Osiyodagi muhim dehqonchilik markazi bo‘libgina qolmay, xunarmandchilik, ayniqsa kulolchilik nihoyatda yuksak bo‘lgan.

Milodaan avvalgi 1 minginchi yillar o‘rtalarida Xorazm Markaziy Osiyodagi yirik davlatlardan biri bo‘lgan. Shu davrga oid yodgorliklardan biri Qo‘yqirilgan qal’aning qoldiqlari bizning eamonamizgacha yetib kelgan. Qal’a kalin devor bilan uralib, atrofi esa suv to‘ldirilgan zovur bilan aylantirilgan. Arxeologik kazish ishlari olib borilganda bu yerdan har xil xumlar, haykallar topilgan. Qal’a xonalarining devorlari esa rasmlar bilan bezatilgan. Bu yerdan ko‘plab astadonlar topilgan, ular ichida odamga o‘xshaganlari ham bo‘lib, uning ichki bo‘shlig‘ida o‘lgan odamning suyaklari saqlangan. Jonbos, Burgut qala ham Xorazm davlatining muhim qo‘rg‘onlaridan bo‘lib, bu yerda ham muqaddas olov saqlanadigan uylar bo‘lgan. Xorazmning Ko‘zali qurg‘on qalin devor bilan o‘ralgan, devor minoralar bilan mustaxkamlangan. Qo‘rg‘on markazida katta inshoat - hukmdor saroyi qarorgohi bo‘lgan. Olimlar fikriga ko‘ra bu qo‘rg‘on qadimgi Xorazm davlatining dastlabki poytaxti bo‘lgan.

Miloddan avvalgi U1 asrdan boshlab Sirdaryo kengliklarida kuchmanchi xalqlarning Qang‘ davlati tarkib topa borgan. U o‘z chegaralarini Xorazmgacha yetkazgan. Mil. av. 11 asr ikkinchi yarmi - miloddan avvalgi 1 asrlarda u o‘zining gullagan davrini boshdan kechirdi.

Farg‘ona vodiysi ham O’rta Osiyoning kadimdan odamlar istikomat qilgan manzillardan hisoblanadi. Miloddan avvalgi 1 minginchi yillar o‘rtasida ayni shu yerlarda dastlabki shahar davlat vujudga kelgan. Parkana (Davan) davlati shunday davlat birlashmalaridan bo‘lib poytaxti Koson(hozirgi Koson) bo‘lgan. O’zbekistonlik olim V. M. Masson shu yerlar iktisodiy madaniy hayoti haqida fikr yuritib bu yerlarda qurg‘oshin, metal rudalari ko‘p bo‘lganligini takidlab bu maxsulotlar Turkmaniston, Buxoro yerlaridagi jamoalar bilan tovar almashtirish asosini yaratganligini etirof etadi.




BIRINChI BO’LIM

QADIMGI DUNYo SAN’ATI


I BOB. IBTIDOIY JAMOA DAVRI SAN’ATI


Markaziy Osiyo mintaqasidagi tabiiy sharoitning qulayligi, ekologik muhit bu yerlarda insoniyatning ilk manzillarining paydo bo‘lishi va ibtidoiy jamoa tuzumining shakillanishiga imkon berdi. Shu zaminning ajralmas qismi bo‘lgan O’zbekiston hududida juda qadim zamonlardanoq odamzod istiqomat qilib kelgan. Qadimshunoslar fikriga ko‘ra bu zaminda million yildan beri odam yashab kelmoqda. Turon zaminining Jayhun va Sayhun daryolari oralig‘idagi havzada kishilik jamiyatining ilk shakllanishi, uning ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy rivoji o‘ziga xos evolyutsion taraqqiyotda bo‘lib shu yerda ibtidoiy to‘da, qadimiy tosh asrining ibtidoiy jamoa xo‘jaligi va nihoyat ibtidoiy san’at rivoji mavjud bo‘ldi.

O’zbekiston hududida qadimiy ibtidoiy madaniyat tosh asrining ilk bosqichida mil. avval 700 - 600 ming yillikdan 100 minginchi yillargacha bo‘lgan davr borib taqaladi va bu madaniyat oddiy mehnat qurollari – toshdan ishlangan chopqichlar sifatida paydo bo‘lgan. Shunday qurollar Sug‘ vohasining Selengur g‘oridan, Oxangaron daryosi yaqinida Kulbo‘loq manzili, Boysun tog‘lari va Zaravshon oazisida Omonqo‘ton, Zirabo‘loq, Qo‘tirbo‘loqdan topilgan. Bu topilgan mehnat qurollarining ilk namunalari asosan ikki tomoniga ishlov berilgan chopqichlar bo‘lib uning bir tomoni uchli va o‘tkir bo‘lishiga e’tibor berilgan. Tosh asrining yirik manzili Seleng‘ur g‘oridagi ashyolar shundan dalolat beradi. Tosh asrining yuqori bosqichiga kelib hozirgi zamon odam qiyofasi shakllandi, odamlar tabiiy g‘orlarni o‘zlashtira boshladilar, hayvonlar terisidan kiyimlar tayyorladilar.Ular endilikda toshdan tashqari suyak, yog‘ochdan o‘zlari uchun kerakli buyumlarni yarata boshladilar, bigizlar paydo bo‘ldi. Bu davrga kelib olovni ixtiro etilishi odamlar jamoasini yaxlitlashishiga olib keldi. Odamlar yashaydigan joylarda esa mehnat qurollari yasaydigan ustaxonalar paydo bo‘la boshladi. rassomlik, haykaltaroshlik, me’morchilikning dastlabki ko‘rinishlari shakllana boshladi. Ibtidoiy odamlar o‘z mehnat va ov qurollarga, kundalik turmushda ishlatadigan buyumlarga turli belgi va chiziqlar chizib ularni go‘zalligini orttira boshladilar, o‘zlari uchun bezak-taqinchoqlar yaratishga harakat qilganlar Obisher (Farg‘ona), Machoy g‘ori (Boysun)dan topilgan suyak bigizlar, turli taqinchoq-marjonlar, shuningdek ayol haykallari shu davr kishilari «nafosati» dalilidir.

Asta-sekin odamlar katta bo‘lmagan jamoalarga birlasha boshladilar. Ularning tez bir joydan ikkinchi joyga ko‘chib o‘tish, yangi yerlarni o‘zlashtirish imkoniyatini berdi. Bu imkoniyat bir joyda paydo bo‘lgan g‘oyalarni yangi yerlarga yetib borishiga asos yaratdi. Inson tafakkuri va u bilan bog‘liq ijodiy faoliyatni rivojlantirdi. Baliq tutish to‘ri, ovchilik uchun kamon, o‘tkir nayzali kamon o‘qi ixtiro etildi, hayvonlar qo‘lga o‘rgatila boshlandi. Ko‘chib yurish uchun zarur sol qayiqlar yaratildi. Mezolit asriga kelib (mil.av.12-7 minginchi yillar) ko‘p joylarda yirik hayvonlar qirilib ketdi. Mayda hayvonlar oviga esa yakka ovchilikka olib keldi. Bu o‘z navbatida shaxsiy mulk masalasiga borib taqaldi. Endi ov qilingan mayda hayvon go‘shtini katta jamoada taqsimlash u yoqda tursin kichik jamoa uchun ham kamlik qila boshladi. Mollarni qo‘lga o‘rgatish kengaydi. Shu davrning mashhur yodgoroliklari Farg‘onada Obishir, Toshkentla Bo‘zsuv, Surxandaryoda Machoy g‘orlaridan topilgan.

Tosh asrining dastlabki rasmlari qoya tosh yuzalari, g‘or devor va shiplariga, suyak yuzalariga ishlangan. Ularda turli hayvon va qushlar tasvirini aks ettirilgan. O’zbekiston hududida shunday tasvirlar Toshkent, Surxondaryo, Farg‘ona, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida saqlanib qolgan. Tasvirlar chaqa qilish (ya’ni qattiq tosh bilan urib yuzada chuqurchalar hosil qilish), qattiq qurol bilan yuzani tirnash yoki chizish yo‘li yoki tabiiy bo‘yoqlar (rangli tuproqlar)ni mol yog‘i bilan aralashtirish asosida yuzalarga rasmlar ishlangan. Obiraxmat, Xo‘jakent (Toshkent), Suratsoy, Soymoli tosh (Farg‘ona), Zarautsoy (Surxandaryo), Taqa tosh (Jizzax) rasmlar mashhur.

Bu tasvirlarning ko‘pchiligida hayvonlarning alohida turgan holati, hayvonlar to‘dasi, asta, ov manzaralarini aks ettiruvchi rasmlar uchraydi, Shunday dastlabki rasmlardan qoyaga chaqalab va chizib ishlagan xayvonlar rasmi tasviri e’tiborli. Ularda ibtidoiy rassom hayvonga xos xususiyatlarni qoya tosh yuzasiga chaqalash uslubida bajargan.

Yaralangan hayvon tasviriga etibor bering. Unda ibtidoiy rassom yaralangan hayvon tasviri orqali o‘zini tushuncha va kechinmalarini tasvirlashga o‘ta boshlaganini ko‘rish mumkin. Inson tafakkuridagi bu o‘zgarishlar keyingi davr kishilarida yangi pag‘onaga ko‘tarila boshlaganini ko‘ramiz. Shu o‘rinda Zarautsoy rasmlari alohida o‘rinni egallaydi.

Zarautsoy-Kamar g‘oridagi ov manzarasi rasmi mashhur. Zarautsoy rasmlarining boshlanish paleolit davrining so‘ngi bosqichiga to‘g‘ri keladi. Dastlabki rasmlar alohida yoki bir necha hayvon tasviri ishlangan. Ibtidoiy rassom bu ishlarda o‘zini ko‘zatuvchan va ko‘rgan narsasini imkoniyati bo‘yicha to‘liq aks ettirishga intilgani holda juda oddiy va sodda shakllardan foydalanadi. Rassom hayvonlardan buqani xususiyatlarini yaxshi xis etgan, ularning qudrati kuchi va harakatdagi vaqtini ishonarli va haqqoniy tasvirlagan. Zarautsoy rasmlaridan «Ov qilish» kompozitsiyasi birmuncha murakkab, mazmuni esa davr kishilari hayoti, yashash tarzi va fikr yuritish qobiliyatini namoish etadi.



Odamlar kuchli hayvonlarni ov qilishda o‘zlari uchun nafaqat kamon balki, himoyalanish, hayvon psixologiyasini bilgan holda uning oldiga niqobda yashirinib borishi mumkinligini ko‘rsatadi. Odamlar somondan pichan g‘aramini eslatuvchi niqob yasab olganliklari ularni hayvon oldiga yaqin borish imkoniyatini bergan. Ovchilarning ko‘rinib turgan oyoqlari esa ularning harakatini ko‘rsatsa, itlarning oldinga tashlangan oyoqlari shu harakatni yanada ko‘chaytiradi. Kompozitsiyada tasvirlangan buqa (navos) xotirjam, baquvvat, lekin ziyrak o‘z yemishi bilan band. Bir qarashda sodda, oddiy bo‘lgan ana shu ibtidoiy san’at davr mohiyati, inson tafakkuri rivojini bilishda nihoyatda katta ahamiyatli ekanliligi bilan qimmatlidir.


Yüklə 92,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin