II BOB ………………………………..........................................
Muxammad (a.s.) va sahobiylar davrida tafsir. Dastlabki tafsir maktablari. Tafsir Qur’oni karimni bevosita o’rganadigan ilm bo’lgani bois unga islom olimlari alohida e’tibor qaratganlar va qadrini yuqori sanaganlar. Tafsir borasida asrlar osha juda ko’plab tadqiqotlar va adabiyotlar yaratildi, dinni o’rganmoqchi bo’lgan har qanday izlanuvchi unga ahamiyat qaratgan. Natijada oyatlarni sharhlashda turli yondashuv va qarashlardan iborat kitoblar yaratildi. Masalan, islom olamida mashhur bo’lgan Imom Tabariy, Abu Mansur Moturidiy, Abu Lays Samarqandiy, Ibn Atiya Andalusii, Ibn Kasir, Abul Barakot Nasafiy kabi bir qator olimlar Qur’onga to’liq tafsir kitoblari yozgan bo’lsalar, Deh,laviy, Xolid Abdurahmon Akk, Siddiq Hasanxon singari tadqiqotchilar tafsir ilmi asoslari va usullari haqida asarlar yaratganlar. Shuningdek, G’arb olimlaridan K.Brokkelman, F.Myuller, Ch.Ryo, Ch.A.Stori yoki A.T.Tagirjanov, F.I.Abdullayeva va boshqa olimlar o’z asarlarida Qur’onga doir tadqiqotlarga alohida to’xtalib o’tganlar.
Tafsir so’zi arab tilidagi “fasara” so’zidan olingan bo’lib, fasara bayon qilish, yoritish, ochish, sharhlash, tafsir esa, yopiq narsani ochish, mushkul lafz maqsadini yoritish kabi ma’nolarni beradi. Shundan kelib chiqib, mufassir so’zi Qur’on oyatlarini sharhlovchi mazmunini ifoda etadi. Tafsir ilmi hakida Imom az-Zarkashiy (vaf. 1393 h.y.): «Tafsir shunday ilmki, u bilan Muhammad (a.s.)ga nozil bo’lgan Alloh kitobi tushuniladi, ma’nolari bayon etiladi va undan hukm va hikmatlar olinadi». Shubha yuqki, inson ushbu narsalarni o’z bilimi, toqati, fahmi doirasida idrok qiladi.
“Tafsir” so’zi Qur’oni karimda ko’prok uchragani bois undan Qur’on ma’nolari izohi tushuniladigan bo’lib qolingan. Ushbu so’zga olimlar tomonidan ko’plab ta’riflar berilgan. Jumladan, Ibn Juzay (vaf. 741/1341) aytadi: «Tafsir so’zining ma’nosi — Qur’onni sharhlash, ma’nolarini bayon etish, chiroyli yoritish yoki unga ishora qilish kabilar».
Abu Hayyon al-Andalusiy (vaf. 745/1344) o’z tafsirining muqaddima qismida: «U Qur’on lafzlarini qanday talaffuz qilish, uning mazmuni, jumla va so’z hukmlari, tarkib h olatidagi ma’nolari o’rganiladigan ilmdir» deb tafsir ilmini sharhlaydi.
Tafsir ilmi kelib chiqishi va rivojlanishi jarayonida bir necha qismlarga bo’linib ketgan. Biz bu qismlardan ba’zilarini zikr qilib o’tamiz:
Birinchi qism — «Tafsir bil ma’sur». Bu kismdagi tafsirda mufassir Qur’on oyatlarini rivoyat qilgan sahih hadislar va sahobiylarning qavllari bilan tafsir qiladi. Bu uslubda yozilgan tafsirlarning mashhurlari quyidagilar: Imom Muxammad ibn Jarir Tobariyning «Jomi’ul bayon fiy tafsiril Qur’on», imom Abu Muhammad Husayn ibn Mas’ud ibn Muh ammad Bag’aviyning «Ma’olimut-tanzil», imom Imoduddin Ismoil ibn Kasirning «Tafsirul Qur’onul azim», imom Jaloliddin Suyutiyning «Addurul mansur fiy tafsir bil ma’sur» kitoblari.
Ikkinchi qism - «Attafsir bir-ray». Bu qismda mufassir o’z fikri va ijtihodi ila tafsir qiladi va u ikkiga, joiz va g’ayri joizga bo’linadi. Joiz bo’lgan ray bilan tafsir qilishda mufassir ishonchli masdarlarga suyangan holda jaholat va zalolatdan uzoqda bo’lib tafsir qiladi. Joiz bo’lmagan qismda esa mufassir jaholat, bid’at va zalolat bilan tafsir qiladi, shuning uchun ham, barcha allomalar bu navdagi tafsirni man qilganlar. Joiz bo’lgan ray bilan qilingan tafsirlardan mashhurlarini eslab o’taylik: imom Abu Abdulloh Muhammad ibn Umar ibn Husayn Faxriddin Roziyning «Mafotihul g’ayb», imom Nasriddin Abdulloh, ibn Umar ibn Muhammad ibn Ali Bayzaviyning «Anvarut-tanzil va asrorut-ta’viyl», imom Abul Barakot Abdulloh ibn Ahmad ibn Mahmud Nasafiyning «Madorukut-tanzil va haqoiqut- ta’viyl» kitoblari.
Uchinchi qism — «Tafsiri ishoriy». Bu kismda mufassir oyatning zohiriy ma’nosiga qaramay, uning maxfiy ishoralari taqozosi bilan tafsir qil ad i. Bu faqat suluk va tasavvuf arboblarining uslubidir. Bu kismga doir tafsirlarning mashhurlari quyidagilar: imom Nizomiddin Hasan ibn Muhammad Husayn Xurosoniy Naysoburiyning «Raroibul Qur’on va ragoibul Furqon», imom Sheroziyning «Aroisul bayon fi haqoiqul Qur’on» kitoblari.
Tafsir kitoblari juda ham ko’p bo’lib, har zamon, makon, xalk, millat, elat, mazhab va yo’nalishning xos tafsirlarni uchratishimiz mumkin. Butun dunyoning, ayniqsa, musulmon olamining Qur’oni karimga bo’lgan cheksiz qiziqishi ulamolarni doimo uni o’rganishga, uning tafsirini yozishga chorlab kelgan. Qadimdayoy tafsirlar va mufassirlar hakida alohida katta-katta kitoblar bitilgani fikrimizning dalilidir.
Barcha ilmlarning ahamiyati o’sha ilm doirasida o’rganiladigan mavzularning muhimligidan kelib chiqadi. Tafsir ilmining o’rganiladigan mavzusi esa, bevosita Qur’oni karim sanaladi. O’z davrida sahobiylar ham arab tilini puxta bilganliklari, fasohat va balog’at bobida kuchli bo’lganliklari bilan birga Qur’on oyatlarini tushunmay qolgan juda ko’p joylarida savol bilan murojaat qilar edilar. Ba’zan esa, oyatlardan ko’zlangan maqsadni ham boshqacha tarzda tushunib qolardilar.
2.1 Sufiylikning kelib chiqishi. Islomning ilk davridagi sufiylar Tasavvuf islom olamidagi xalqlarning ijtimoiy- falsafiy, madaniy-ma’naviy hayotida keng tarqalgan, eng murakkab hamda o’zaro ziddiyatlarga to’la g’oyaviy oqimlardan biri sanalib, paydo bo’lishining birinchi asrlarida (1X-X) bid’at ta’limotlar qatoriga qo’yilgan, uning targ’ibotchi va tashviqotchilari beayov quvgin etilgan, ba’zilari shafqatsiz qatl etilgan.
Olimlarning fikricha, tasavvuf, arabcha “suf” so’zidan kelib chiqqan bo’lib, “jun” ma’nosini anglatadi. Sufiylar — aksar qo’y yoki tuya junidan to’qilgan chakmon yoki po’stin kiyib yuruvchi darveshlardir Ilk davr sufiylarining, aniqrog’i, zohid va obidlarining o’ziga xos xususiyatlaridan — Qur’oni karim oyatlari ustida chuqur fikr yuritish, Qur’on va Payg’ambar (a.s.) sunnatlariga qat’iy amal qlish, kechalarini nafl ibodatlar bilan bedor o’tkazish, kunduzlari ro’za tutish, hayot lazzatlaridan voz kechish, gunohdan saqlanish, hokim va harbiylardan o’zini uzoq tutish, halol va harom orasini juda uzoq tutish (vara’), o’zini Alloh ixtiyoriga topshirish (tavakkul) va hokazolarni ta’kidlash mumkin. Jumladan, faqr, rizo, sabr xususiyatlari ularga xos edi. Sufiylik ta’limotlari mu’taziliylardagi mavxum ilohiyotga oid fikrlar, obro’li shaxslarga kur-ko’rona taqlid qilish, muqaddas matnlarga so’zma-so’z itoat etishdan farqli o’laroq, insonga asosiy ob’ekt sifatida qaraydi: insonning amallarini boshqaradigan ruhoniyatining mayda qirralarini ham chuqur tahlil qilish, shaxsiy kechinmalarga e’tibor bilan qarash va diniy haqiqatlarni chuqur his qilish ularga xos xususiyatlardan edi. Shuning uchun ham ziyrak psixolog, «ilm al-qulub val-xavotir» - «qalblar va fikrlar ilmi»ga asos solgan al-Hasan al-Basriy bekorga sufiylikning asoschilaridan hisoblanmaydi. Al-Hasan al-Basr, ad- Doroniylarning (X asrlar) va’z va ma’ruzalarida ashoblari, basralik zohidlar - Raboh ibn Amr, Rabi’iy al- Adaviy Allohga bo’lgan sof muhabbat, unga yaqinlashishga bo’lgan intilish haqidagi fikrlar paydo bo’ldi. Usha davrdan boshlab ular sufiylikka aniq mistik xarakter bag’ishlab, sufiylik mafkurasining o’ziga xos xususiyatiga aylandi. IX asr davomida tasavvuf nazariyoti va amaliyotini ishlab chiqish uchun qizg’in hrakatlar davom etdi. Basra bilan bir qatorda Bag’dod va Xuroson sufiylik maktablari eng nufuzli maktablar sifatida yuzaga keldi. Ularning namoyandalari avvalgidek sufiyning ichki dunyosiga asosiy e’tiborni qaratar edilar. Ularning «ahvol», «maqomot»lariga batafsil tavsiflar berdilar. Boshqa mistik ta’limotlar kabi unga sufiy bosib o’tganida «dunyo gunohkorligidan» poklanib, ilohiyotga yaqinlashishiga sabab bo’ladigan yo’l (tariq) sifatida qaradilar. «Niyatlar» haqidagi ta’limot yanada chuqurlashtirildi. Bunda o’z-o’zini nazorat (muroqaba. muhosaba) qilishga erishish uchun uning «ixlos» va «sadoqat> bilan bo’lishiga asosiy urg’uni berdilar. Bag’dodlik ilohiyotchi al-Muhosibiy tomonidan shakllantirilgan bunday ta’limotning Xurosonda ko’plab tarafdorlari topildi va ularni «malomatiylar» deb atadilar.
Tasavvuf — manbalarning keltirishicha, ba’zi musulmonlar kalom va mantiq ilmlaridagi turli ko’rinishdagn tortishuvlardan, quruq baxslardan o’z qalblarini saqlab. Alloh taoloning muhabbati yo’lida zuhd va taqvoni o’zlariga kasb qilib oldilar. Bu kabi kishilarga «sufiy» deb nom berildi. Islom dinida birinchi sufiy nomini olganlardan Abu X,oshim Shomiy, tasavvuf usuliga birinchi marta sharh. bergan kishi Imom Molikning shogirdi bo’lmish Zunnunm Misriy, minbardan turib birinchi marotaba tasavvufga chaqirgan kishi Shibliy, tasavvuf usulini kengaytirib tartibga solgan kishi Junayd Bag’dodiy (vaf. 398/1007-08 y.) edi. Ayollardan birinchi sufiy bo’lgan kishi Robia Adaviyyadir. Umuman olganda, tasavvufning rivojlanish yo’li islom tarixining ajralmas bir bo’ lagidir.
Tasavvuf ta’limotining mohiyatini tushunib yetmoq uchun, eng avvalo, uning nazariyasini amaliyotidan farq qilish zarur. Tasavvufning g’oyaviy-nazariy jihatlarini o’ziga qabul qilib olgan, lekin tariqat amaliyotini utamagan odamlarnni mutasavvuf deb hisoblaganlar. Ana shu ma’noda Alisher Navoiy va o’rta asrlar musulmon dunyosining aksar shoirlari mutasavvuf edilar. Chunki ular sufiy-amaliyotchi bo’lmaganlar. lekin g’oyalar va qarashlarning ma’lum nazariy tizimi sifatida tasavvufning falsafasi va axloqiy tamoyillarini o’zlariga qabul qilganlar.
Tasavvuf garchi VIII asr o’rtalari va IX asr boshlarida yuzaga kelgan bo’lsa-da, uning nazariyasi va amaliyoti X-X asrlar davomida tasavvuf adabiyotlarida ishlab chiqilib o’zining oliy bosqichiga ko’tarilgan va naqshbandiya taraqqiyotida mukammal nihoya topgan. Ularda inson va uning Xudoga munosabati qanday bo’lishi kerakligi, Xudo va inson birligi, insonning Alloh, bilan qo’shilishi hakidagi ta’limot aks etgan. Ruhiy-ma’naviy kamolotga erishish yo’llari ko’rsatib berildi.
Bu yo’llar to’rt bosqichdan iborat:
Shariat;
Tariqat;
Ma’rifat;
Xaqiqat.
Abduraxmon Jomiy (1414-1492) o’zining “Nafox,at al-uns min hazarot al-quds” (Muqaddas huzurlardan esgan do’stlik shabbodalari) asarida olti yuzga yaqin tasavvuf namoyandalari haqida ma’lumot beradi. Ammo uning ro’yxatidan juda ko’p Markaziy Osiyolik tasavvuf vakillari tushib qolgan. Uni to’ldirish maqsadida 1496 yili Alisher Navoiy o’zining “Nasoyim al-muhabbat min shamoyil al-futuvvat” (Ulug’lik xushbo’yliklarini taratuvchi sevgi shabbodalari) asarini yozadi. Navoiy unga turkiy xalqlardan chiqqan shayxlar Axmad Yassaviy, Hakim Ota va boshqalarni kiritgan.
2.2 Ya’qub Charxiy o’z ustozi Xoja Bahouddin Naqshbandning topshirig’i bo’lgan “Mendan nimaiki senga yetgan bo’lsa, boshqalarga yetkaz”, degan ko’rsatmalariga binoan, bor ilmini hozir bo’lganlarga xitob (so’zlash) orqali, g’oyibdagilarga ta’lif orqali yetkazishga qattq jiddu jahd qiladi.
Mavlono Ya’qub Charxiy Naqshbandiya ta’limoti va turli diniy ilmga oid ko’plab asarlar yozishga erishgan. Quyida ularning ba’zilari keltirilgan:
“Tafsiri Charxiy” (“Charxiyning Qur’on tafsiri”).
“Ar-Risolat ul-abdoliya” (“Abdollar haqida risola”).
“Risola dar siyrati Mustafaviya va tariqai mustaqimiya” (“Mustafoning siyratlari va haq yo’llar xaqida risola”).
“Risolai unsiya” (“Do’stlik haqida risola”).
“Risola dar aqoid” (“Aqoid ilmi haqida risola”).
“Risola dar ilmi faroyiz” (“Faroizlar haqida risola”).
“Risola fil-hisob val-faroyiz” (“Hisob va meros taqsimi haqida risola”) va boshqalar.
Yaqub Charxiyni aksariyat kishilar faqatgina Qur’oni karimga tafsir yozgan olim deb biladilar. Uning bu tafsiri tasavvufiy tafsirlar (ishoriy) qatoriga kirib, uning maqbarasi peshtoqiga “tafsirchi olim” deb yozib quyilishining boisi ham shunda. Yuqorida keltirilgan asarlariga murojaat qilinganda ham ko’rinib turibdiki, Charxiy Naqshbandiya silsilasini bayon qilish maqsadida alohida risola ham bitgan. Bundan tashqari u “Risolai unsiya” (“Do’stlik haqida risola”)da Xoja Bahouddin bilan uchrashgani, undan ta’lim olgani va tariqat yo’lida buyurgan topshiriqlarini batafsil yoritib, o’z ustozlarining nomi va sharafini yoyishga xizmat qildi. Shuningdek, uning el orasida faroiz bilan bog’lik risola bitgani ham mashhur. Charxiy xijriy 851, milodiy 1447-yili olamdan o’tgan. U Movarounnahr va Xurosonda tasavvufning yirik yo’nalishlaridan hisoblangan Naqshbandiya ta’limotining keng yoyilishi va madaniy yuksalish yo’lida o’z hissasini qo’shdi.
“Tafsiri Charxiy”dagi aqidaviy ixtiloflarga yechimlar. Ya’qub Charxiyning (vaf. 1447y.) forsiyda bitilgan Qur’oni karimning “Fotiha” surasi, 29-30 juzlari sharhini o’z ichiga olgan “Tafsiri Charxiy” asarida turli aqidaviy masalalar o’rin olgan. Asardagi aqidaviy ixtiloflarga doir masalalar Qur’oni karim oyatlariga tayangan holda sharhlangan. U o’z tafsirini aqidaviy ixtiloflarga oid masalalarni sharhlashda muallif Abu Mansur al-Moturidiy, Abul-Mu’in an-Nasafiy asarlarida kelgan mulohazalarga tayangan holda boyitgan. E’tiborli jihati shundaki, tafsirda o’zi yashagan davrining botil firqalari ham tilga olinib, ularning e’tiqodlariga raddiya sifatida “Ahli sunnat va jamoat” mazhabining qarashlari ilgari surilgan.
Porsoning “Risolai qudsiya” asari Bahouddin Naqshband asarini sharhiga bag’ishlangan. Bahouddin Naqshband o’zi aytgan so’zlarini Muhammad Porso yig’ib, kitobga kiritgan. Bu haqida Muhammad Porso shunday deydi: “Bu kalimalar u kishining muborak lafzlaridan bir qismi bo’lib, kamina bu qudsiy kalimalardan ba’zilarini ushbu kitobga kiritdim”. Bundan tashqari asarda keltirilgan so’zlarni sharhlab ham bergan. Mazkur asarda Xoja Bahouddin Naqshbandning ko’rsatgan karomatlari, qilgan xizmatlari va uning kundalik ahloqini ochib bergan.
O’sha davrda shariat, tariqat va firqalar paydo bo’lgan baxs va munozaralar ga “Fasl ul-xitob”ga murojaat qilganlar. Porsoning fikrini asosli xujjat sifatida qabul qilganlar. Ushbu asardan joy olgan mavzular o’z davrining dolzarb masalalariga qaratilgan edi. Besh yuzga yaqin masalani o’z ichiga olgan bu asarda zamonaviy dolzarb muammolarning yechimiga bag’ishlangan. Unda muallif ko’plab manbalarga tayangan holda kerakli savollarga javob bergan.
Porsoning “Fasl un-xitob bi-vusuli-l-axbob” (“Do’stlar visoliga yetishda oq ila qorani ajratuvchi kitob”) nomli asari shariat va tariqat masalalariga bag’ishlangan. Hajmi katta bo’lgan bu kitob islom ulamolari orasida muhim qo’llanma sifatida doimo muomalada bo’lgan. Bu asar ko’plab marta chop etilgan.
Dostları ilə paylaş: |