Hisoboti ilmiy rahbari I. S. Hasanov Amaliyot rahbari Buxoro 202
Qishloq xo’jaligi ekinlarini sug’orishda muvaqqat sugʻorish tarmoqlarining ahamiyati va unga qo’yiladigan asosiy talablar Qishloq xo'jaligi ekinlarini yer yuzasidan sugʻorishda muvaqqat tarmoqlardan foydalaniladi. Muvaqqat tarmoqlar sugʻorish mavsumi boshida (yoki har bir sugʻorish arafasida) olinib, sugʻorish mavsumi tugallanishi bilan (sugʻorishdan soʻng) tekislab yuboriladi. Muvaqqat tarmoqlar sirasiga muvaqqat ariqlar, oʻqariqlar, beshamaklar, pol (yoʻlak)lar va sugʻorish egatlari kiradi. Sugʻorish jarayonida suv uchastka taqsimlagichidan muvaqqat ariqqa, undan oʻqariqqa, oʻqariqdan beshamak va egatlarga beriladi. Obdon tekislangan va yaxshi tayyorlangan dalalarda qishloq xo'jaligi ekinlari ekilgandan keyin muvaqqat sugʻorish tarmoqlari olishga kirishiladi.
Sugʻorish egatlari ekinlar qator oralariga ishlov berish bilan bir vaqtda olib ketiladi. Egatlar chuqurligi qator oralarining kengligiga bogʻliq holda belgilanadi: qator oraligʻi 60 sm boʻlganda 12 sm. dan 18 sm. gacha, 90 sm boʻlganda 15 sm. dan 32 sm. gacha qilib olinadi.
Gʻoʻzani birinchi sugʻorishda egatlar 10-12 sm chuqurlikda, qator oraligʻi 90 sm boʻlgan yerlarda egatlar chuqurroq olinadi. Egat olishda asosiy e'tibor oʻsimliklarni tuproq bilan ko'milib qolmasligiga qaratiladi.
Sizot suvlari yer yuzasiga yaqin joylashgan yerlarda birinchi suv gʻoʻzani shonalash fazasida beriladi va bu paytda gʻoʻzaning bo'yi ancha baland boʻlishi bois sugʻorish egatlari 12-14 sm, navbatdagi sugʻorishlarda esa 16-18 sm chuqurlikda olinadi. Keng qatorlab ekilgan yerlarda 20-32 sm gacha yetkazilishi mumkin. Mexanik tarkibi yengil tuproqlarning suv o‘tkazuvchanligi yuqori boʻlishi tufayli egatlar sayoz, ogʻir tuproqlarda esa chuqurroq qilib olinadi. Nishobligi kichik yerlarda egatlarning suv sarfi oshirilishini e'tiborga olgan holda egatlar chuqurroq olinadi: egatning umumiy chuqurligi unga beriladigan suv chuqurligidan 7-10 sm katta boʻlishi lozim. Katta qiyalikka ega yerlarda tuproq eroziyasini kamaytirish maqsadida sugʻorish egatlari katta nishoblik yoʻnalishiga ko'ndalang holda zinapoya shaklida olinadi. Egatlar MT3-80X yoki T28X3 traktorlariga oʻrnatilgan KPX-3,6 kultivator-oziqlantirgich yordamida olinadi.
Sugʻorish egatlari olib boʻlingandan soʻng o‘qariq va muvaqqat ariqlar olishga kirishiladi. Muvaqqat tarmoqlarni qazish uchun ariqqazgich-tekislagichlardan foydalaniladi: ular ariqni 20–40 1/sek. dan 100-200 1/sek. gacha suv o‘tkaza olishini hisobga olgan holda tanlanadi. Qishloq xoʻjaligi mashinalarining muvaqqat tarmoqlar orqali oʻta olishlari uchun ariqning chuqurligi 30 sm dan ortiq boʻlmasligi va devorlari yotiq, ya'ni qiyaligi 1:4 atrofida boʻlishi lozim.
Muvaqqat ariqlar KOP-500A, KZU-0,5, KPU-2000A, KIIH va boshqa ariqqazgich-tekislagichlar yordamida olinsa, oʻqariqlar K5H-0,35, KZU-0,3, KZU-0,5, MK-12 kabi qurollar yordamida olinadi (5-rasm).
K3Y-0,3 ariqqazgich-tekislagich yordamida olingan ariqning chuqurligi 25 sm, tubining eni 30 sm, tepa qismining kengligi 120-130 sm va tuproq uyumining balandligi 20-25 sm ni va ariqning suv o'tkazish qobiliyati 40-60 1/sek. ni tashkil etadi. Ish unumdorligi soatiga 0,8-1,0 km.