Albatta bunda pedagog talabchan, mehribon, sabrli, bosiq va o'z kasbiga nisbatan e'tiqodli bo'lishi lozim. O'quvchini butun qalbi bilan sevadigan pedagog ko'proq tabassum qiladi, kamroq qovoq soladi. O'quvchilarga bilim berish bilan birgalikda ayni vaqtda, ularga o'z harakterini o'tkaza oladi, odamiylik namunasi bulib ko'rinadi.
O'qituvchining musiqiy - pedagogik mahoratini shakllantirishda pedagogik- psixologik nazariyalarning ahamiyati katta, chunki, ma'naviyatimizning shakllanishida o'z-o'ziga ega bo'lgan ulug' insonlar faoliyati to'g'risida, ularga quyilayotgan talablar haqida zamonaviy pedagogik texnologiyalar to'g'risida nazariyalar pedagogik mahoratni shakllantirishning asosiy manbai bo'lib xizmat qiladi. Pedagogik tajribalarni takomillashtirishda ilmiy pedagogik ma'lumotlardan foydalanish muhim ahamiyatga ega.
Musiqa o’qituvchisi yuksak madaniyatli, o’z kasbiga cheksiz sadoqatli, ilg’or pedagogik tafakkur egasi bo’lmog’i lozim. U o’zi uzluksiz kasbiy va mad aniy rivojlanish qobiliyatiga ega bo’lishi shart. U pedagogika, ruxshunoslik, musiqa o’qitish metodikasi, estetika nazariyasi fanlaridan xususan musiqa o’qitishni chuqur bilishi va malakalar egasi bo’lmog’i darkor. Ayniqsa, unda musiqa o’qituvchisi ixtisosi zarur me’yorida cholg’uchilik, honandalik va musiqa nazariyotchiligi sifatlari mujassam bo’lmog’i lozim.1
Musiqa o’qituvchisi pedagog muloqot ustasi bo’lishi har qanday vaziyatda ham pedagogik ta’sir usullaridan unumli foydalanish qobiliyatiga ega bo’lmog’i lozim. Izlanuvchan, ijodkor o’qituvchilar tajribasi va kashf etgan yangi usullari musiqa ta’lim-tarbiyalar doimiy ravishda rivojlanishlar asosiy tayanchi va ilxom manbaidir. Musiqa o’qituvchisi san’at ziyolisi sifatida maktabda musiqiy ma’rifiy ishlarning sardoridir.
Hozirgi musiqa o’qituvchisi ilmiy tafakkur egasi, ilg’or tajribalar shaydosi izlanuvchan va ijodkor bo’lib, musiqa o’qitishlar yangi shakl va usullarini kashf etishga intilmog’i lozim. U musiqa ta’lim tarbiyasi mazmunini boshqa fanlar mazmuni va kundalik hayot bilan bog’lab, boyitib olib borishi darkor.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi «Ta’lim to‘g‘risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonunining qoidalariga muvofiq holda tayyorlangan bo‘lib, milliy tajribaning taxlili va ta’lim tizimidagi jaxon miqyosidagi yutuqlar asosida tayyorlangan, hamda yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil ravishda modjalni to‘g‘ri ola bilish mahoratiga ega bo‘lgan, istiqbol vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir kadrlarning yangi avlodini shakllantirishga yo‘naltirilgandir.
_______________ 1.O. Fayziyeva. O‘quvchilarda musiqiy nafosat tarbiyasini shaqllantirishi yodlari. Toshkent 1992