I. A. Karimov O`zbekiston Respublikasining "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" dagi yetakchi vazifalaridan biri ta`lim-tarbiya sifatini ko`tarish, ta`lim mazmunini yangilash, yosh avlodni aqliy intellektual taraqqi



Yüklə 1,5 Mb.
səhifə1/17
tarix02.12.2023
ölçüsü1,5 Mb.
#137663
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Qodirberganova Munira



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


Urganch Davlat Universiteti Pedagogika fakulteti Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi (sirtqi) 20/13-guruh talabasi Qodirberganova Muniraning Ona tili o’qitish metodikasi fanidan tayyorlagan
Kurs ishi
Mavzu: Ona tili darslarida ilg‘or pedagogik texnologiyalardan foydalanib darslarni tashkil qilish
Topshirdi : Qodirberganova Munira
Qabul qildi : Sapayeva Boljon
Baholash : ________________
Urganch -2023
MUNDARIJA 


Kirish………………………………………………………………………2
I bob Boshlang`ich sinf ona tili darslarining maqsad-vazifalari va unda ilg`or pedagogik texnoligiyalarni qo`llash metodik asoslari. 
1.1. Boshlang`ich sinf ona tili darslarining maqsad-vazifalari………… 6 
1.2. Boshlang`ich sinf ona tili darslarida ilg`or pedagogik texnoligiyalarni
qo`llashning metodik asoslari…………………………………………..11 
II bob  Boshlang`ich sinf ona tili darslarida ilg`or pedagogik texnologiyalardan foydalanish yo’llari………………………………………..
2.1. Ona tili darslarida interfaol metodlarni qo`llash yo`llari……………18 
2.2. Ona tili darslarida modulli texnologiyadan foydalanish …………31
Xulosa……………………………………………………………………..48
Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………49






Kirish
Farzandlarimizning kelajagi, xalqimizning ertangi kuni, mamlakatimizning 
jahon hamjamiyatidagi obro`–e’tibori avvalambor farzandlarimizning bog’liqdir. Biz unib – o’sib,ulg’ayib ,qanday inson bo’lib hayotga kirib borishga bunday o’tkir haqiqatni hech qachon unutmasligimiz kerak.
I.A.Karimov 
O`zbekiston Respublikasining “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” dagi yetakchi vazifalaridan biri ta`lim-tarbiya sifatini ko`tarish, ta`lim mazmunini yangilash, yosh avlodni aqliy intellektual taraqqiyotini ta`minlashga yo`naltirilgan uzluksiz ta`lim tarbiyaning yangi modelini ilmiy-pedagogik jihatdan ta`minlangan holda muntazam takomillashtib borishdan iboratdir. Oliy majlisning I chaqiriq IX sessiyasida O`zbekiston Respublikasining Prezidenti I.A.Karimov shunday degan edi: “Demokratik jamiyatda bolalar umuman har bir inson erkin fikrlaydigan etib tarbiyalanadi. Agar bolalar erkin fikrlashni o`rganmasa, berilgan samarasi past bo`lishi muqarrar”. (2.9) O`zbekiston Respublikasi Oliy majlisining IX sessiyasi(1997-yil 29-avgust) da qabul qilingan hamda bugungi kunda g`oyalari amaliyotga keng ko`lamda muvaffaqiyatli tadbiq etilayotgan O`zbekiston Respublikasining “Ta`lim to`g`risida”gi Qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” mazmunida “ … o`quv-uslubiy majmualarning hamda ta`lim jarayonini didaktik va axborot ta’minotining yangi avlodini ishlab chiqish va joriy etish” “… ta`lim muassasalarining moddiy texnik bazasi axborot bazasini mustahkamlashni davom ettirish, o`quv tarbiya jarayonini yuqori sifatli o`quv adabiyotlari va ilg`or pedagogik texnologiyalar bilan ta`minlash “hamda“…ta`lim muassasalarining resurs kadrlar va axborot bazalarini yanada mustahkamlash o`quv tarbiya jarayoni yangi o`quv uslubiy majmualar ilg`or pedagogik texnologiyalar bilan to`liq ta`minlash ” kabi dolzarb vazifalar ijobiy hal etish lozimligi alohida ta`kidlab ko`rsatilgan. 


Mazkur vazifalar muvaffaqiyatli hal etilishida yana bir omilning mavjudligi ya`ni uzluksiz ta`lim tizimni xodimlari, pedagog o`qituvchilar tomonidan zamonaviy ta`lim texnologiyalar mohiyatidan xabardorliklari hamda ularni ta`lim jarayonida samarali qo`llay olishda, shuningdek ta`lim jarayonida tashkil etishga nisbatan ijodiy yondashuvning qaror topishi muhim ahamiyat kasb etadi. Bo`lajak o`qituvchi-pedagoglarining xususiy fanlari asoslarini o`qitishga yo`naltirilgan mashg`ulotlar jarayonini noan`anviy shakllarda tashkil etish, ta`lim jarayonini mukammal andoza asosida loyihalashga erishish, mazkur loyihalarda oqilona foydalana bilish ko`nikmalariga ega bo`lishi ta`lim oluvchilar tomonidan nazariy bilimlarni puxta, chuqur o`zlashtirilishi, ularda amaliy ko`nikma va malakalarning hosil bo`lishini kafolati bo`la oladi. 
O`zbekiston Respublikasining “Ta`lim to`g`risida” gi Qonuni hamda Boshlang`ich ta`lim konsepsiyasida ta`kidlanganidek, o`quvchilarni mustaqil fikrlashga o`rgatuvchi, ijodiy tafakkurni rivojlantiruvchi usullarni qo`llab, ularga fan asoslaridan chuqur bilim berish hozirgi zamon boshlang`ich talimining asosiy vazifalaridan hisoblanadi. Mazkur vazifani amalga oshirish uchun esa yangi pedagogik texnologiyalarni ta`lim jarayoniga olib kirish lozim. Yangi pedagogik texnologiyalar boshlang`ich sinf o`quvchisining rivojlanishi va kamol topishida muhim ahamiyat kasb etadi. 
Ma’lumki, ona tili ta’limi bolalarning tafakkur qilish faoliyatlarini kengaytirish, erkin fikrlay olish, o‘zgalar fikrini anglash, o‘z fikrlarini og‘zaki va yozma ravishda ravon bayon qila olish, jamiyat a’zolari bilan erkin muloqotda bo‘la olish ko‘nikma va malakalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Bu o‘rinda ona tili ta’limiga o‘quv fani emas, balki, butun ta’lim tizimini uyushtiruvchi ta’lim jarayoni sifatida qaraladi. (10.9.) Boshlang‘ich sinflarda ona tilidan beriladigan bilimlar mazmunini o‘zbek tilining tovush tuzilishi va yozma nutqda tovushlarni ifodalash usullari haqidagi, so‘zlarning o‘zgarishi va gapda so‘zlarning bog‘lanishi haqidagi, so‘zlarning morfemik tarkibi va so‘z yasalishi, so‘zlarning leksik – semantik guruhi haqidagi, o‘zbek tilining to‘g‘ri yozuv qoidalari va tinish belgilarining ishlatilishi haqidagi bilimlar tashkil etadi. Boshlang`ich sinf ona tili darslarini tashkil qilish va o`tkazish masalasi onatili o`qitish metodikasiga doir T.Ashrapova va M.Odilovalarning, K.Qosimovaning hamda K.Qosimova, S.Matchonov ba b. larning darslik va o`quv qo`llanmalarida, ommaviy matbuot nashrlarida o`z aksini topgan. Shuningdek, ona tili o`qitish metodikasining u yoki bu masalasini o`rganishda yangi pedagogik texnologiyalarni qo`llash masalasiga bag`ishlangan ishlar ham mavjud. Xususan, Q.Abdullayevaning “Yangi pedagogik texnologiyalar”, J.Tolipovaning “Modulli dars”, R.Ubayxo’jayevaning “Ilg’or pedagogik texnologiyalarni qo’llash”, M.Xoliqovaning “Ta’lim texnologiyalaridan foydalanish”, T.G’afforovaning “Erkin, ijodiy fikrlashga o’rgatish” nomli maqolalarida ona tili darslarida yangi pedagogic texnologiyalarni qo`llash masalasi o`rganilgan. Shunday bo`lsa ham boshlan`gich sinf o`na tili darslarida yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish yo`llari yaxlit holda o` z tadqiqini topmagan masalalardan hisoblanadi. Bu esa mazkur masalaga bag`ishlangan ushbi bitiruv malakavi ish mavzusining dolzarbligini ko`rsatadi.



Yüklə 1,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin