I bob : To’qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularga qo’yiladigan sifat va xavfsizlik talablari


I.2 To`qimachilik sanoatining rivojlanishi



Yüklə 304,27 Kb.
səhifə3/11
tarix14.12.2023
ölçüsü304,27 Kb.
#140723
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
To’qimachilik mahsulotlarini sertifikatlashtirish va sinovlar o’tkazish

I.2 To`qimachilik sanoatining rivojlanishi
To'qimachilik materialshunosligi fanining rivojlanishi to 'qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish sanoatini takomillashtirish bilan bog'liq bo'lgan. Sifatli mahsulot ishlab chiqarish uchun tolalarning tuzilishi, xususiyatlarini o'rganish ehtiyoji vujudga kelgan. XVI asr boshlarida Leonardo da Vinchi kemalarda ishlatiladigan arqonlarning namligini, yo'g'onligini va ishqalanishga chidamliligini o'rgangan. XVII asrning ikkinchi yarmida ingliz olimi R. Guk deformatsiyaning kuchlanish bilan proporsionalligi to'g'risidagi mashhur qonunni yaratgan. XVI11 asr boshlarida qator davlatlar tomonidan to'qimachihk '.aiioali xom ashyolari xususiyatlariga nisbatan maxsus talablar. Bu, shu davrda xom ashyo xususiyatlari tashqi ko'rinishi aniqlansa ham, ularning sifatini yaxshilashga va samarali Invdalanishga yordam bergan. XVII asr o‘rtalarida qator davlatlarda og‘irlik usuli orqali iplaniing ingichkaligi aniqlangan.
Natija «Metrik nomer» degan ihora va ko‘rsatkich vujudga kelgan. 1750 yilda Tyurin (Italiya) shahrida tabiiy ipakning nainligini aniqlash uchun dunyo bo'yicha birinchi «KondiiMon» laboratoriyasi tashkil etilgan. Keyinchalik bunday kilioratoriyalar boshqa davlatlarda ham tashkil etila boshlagan. XVIII asrda ingliz olimlari paxta tolasini navlarga ajratish iisulini tavsiya etishgan. XIX asrning birinchi yarmida esa Rossiya va boshqa davlatlarning o‘quv yurtlari mutaxassislariga to’qimachilik materiallarining xususiyatlari to ‘g‘risidagi ma’lumotlar berila boshlagan.
Xuddi shu davrda to‘qimachilik tolalarining tuzilishi, xususiyatlari va ayrim turlarini ishlatish bo'yicha rus olimlari P.I. Richkov, A.F. Ozerskiy va A.T. Bololovlar shug‘ullanishgan. A.F. Ozerskiy birinchi boiib «Paxta tolasini yigirish» kitobini yozgan. Umuman XVIII asrning ikkinchi yarmida to‘qimachilk materiallarining tuzilishi, ayrim xususiyatlari asboblar yordamida o’rganilgan. Shu davrdan e'tiboran to'qim achilik materialsluinosligi fanining tiklanish davri boshlangan. XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab Rossiya oliyo‘quv yurtlarida to'qimachilik materiallarining sifatini aniqlash uchun sinash laboratoriyalari tashkil etilgan. Moskva universitetining professori M.Ya. Kittari va Moskva oliy texnika o‘quv yurtining professori S.A. Fyodorovlar shu laboratoriyalarga rahbarlik qililishgan. XIX asrda nemis olimi Bom jun tolasining, ingliz olimi. Neyl paxta tolasining xususiyatlarini tahlil qilishadi. XIX asrning 80-yillarida nemis olimi E. Myuller har xil turdagi iplarning mustahkamligini, namligini, tolalarning uzunligini aniqlash bo'yicha asboblarni takomillashtirgan va hisoblash tenglamalarini yaratgan. Bu tenglamalardan bugungi kunda ham foydalanilmoqda. Oxirgi yillarda xalqaro savdo birjalarida paxta sifatini baholash bo'yicha AQSHda ishlab chiqarilgan o’lchov tizimi ishlatilmoqda. Bu tizim «Moushn kontrol» va «Spinlab» firmalari tomonidan yaratilgan.
O'zbekistonda «Sifat» boshqarmasi bir qancha -tizimi bilan ta'minlangan. Ekspoitga jo'natiladigan paxta tolasi shu xalqaro tizim bilan baholanmoqda. To'qimachilik iplarining yo'g'onligi bo'yicha notekisligini va mustahkamligini aniqlash uchun Shvyessariyaning Uster shahridagi «Selveger» firmasi tomonidan yaratilgan asboblar majmuasi dunyoning ko'p davlatlarida ishlatilmoqda. Shu firmaning rahbarlaridan biri G. Loxer tomonidan texnologiya mashinalarining ishlab turgan holatida mahsulotlarning sifatini aniqlash asboblari yaratilmoqda.
To'qimachilik materialshunosligi fanining asoschilari Moskva to'qimachilik institut professorlari G.N. Kukinva A.N Solovyevlar 3 jilddan iborat «To'qimachilik materialshunosligi» darsligini yuqori darajada mazmunli qilib, oxirgi — uchinchi nashrini 1985—1992 yillarda chop etdilar. Bu darslik oliy o'quv yurtlarining talabalaridan tashqari ilmiy xodimlar va muhandis texnik xodimlar uchun ham foydali qo'llanma hisoblanadi. 1927 yili Moskvada to'qimachilik ilmiy-tadqiqot instituti (MTITI) ochildi. Bu institutda to'qim achilik materiallarining sifatini aniqlash bo 'y ich a yirik olim lar N .S. Fyodorov, N.Ya. Kanarskiy, A.A. Sinitsin, V.V. Linde, V. YE. Zotikov, V.S. Fyodorov, A.N. Solovev va boshqalar ishladilar. 1934 yili to'qimachilik ilmiy-tadqiqot instituti ayrim tarmoq ilmiy-tekshirish institutlariga bo'lindi. Paxtaning xususiyatlari bo’yicha poya po'stlog'idan olinuvchi tolalar bo'yicha, jun tolalari bo’yicha kimyoviy tolalar bo'yicha maxsus Markaziy va Butunittifoq ilmiy-tadqiqot institutlari tashkil etildi. Shu davrda Toshkentda paxta sanoati bo'yicha Markaziy ilm iy tadqiqot institutlari, tabiiy ipak(chilik) bo'yicha O'zbekiston ilmiy-tadqiqot instituti ochildi.
Yashil rivojlanishning asosiy yo'nalishi sifatida to'qimachilik va tikuvchilik sanoati har doim Xitoynin 39 iqlim yangiliklari va barqaror rivojlanishida birinchi o'rinda turadi. Shartnoma tuzuvchi tomon sifatida Xitoy to'qimachilik federatsiyasi BMTning moda sanoati uchun iqlim harakatlari to'g'risidagi nizomini imzoladi, moda sanoatining global iqlimini boshqarish jarayonida ishtirok etdi va uglerodni boshqarish bo'yicha 2020 yilgi harakatini 2030 yilgi iqlim yangiliklari harakatiga o'tkazdi.
Sohadagi raqamlarga murojaat qiladigan boʻlsak, 2021-yil yakuni boʻyicha toʻqimachilik korxonalari tomonidan jami 1,0 mln, 5 ming tonna  paxta tolasi qayta ishlandi, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishhajmi 31,9 trln.soʻmni (oʻsish surʼati – 140,7 foiz), shundan 19,8 trln soʻmlik xalq isteʼmol mollari (133 foiz) tashkil etdi. Jumladan, mahsulotlar kesimida ip kalava – 747,0 ming tonna (118,6 foiz), ip gazlama – 510,0 mln kv.metr (125,6 foiz), trikotaj mato – 175,0 ming tonna (146,3 foiz), paypoq mahsulotlari – 293,1 mln juft (114,0 foiz), trikotaj mahsulotlari – 175,0 mln. dona (115,9 foiz) va tikuvchilik mahsulotlari –571,0 mlrd.soʻm (143,4 foiz) miqdorida ishlab chiqarildi. Mahalliylashtirish dasturi doirasida 36 ta loyiha boʻyicha umumiy qiymati 566,8 mlrd.soʻmlik tayyor mahsulotlar va butlovchi buyumlar ishlab chiqarildi.
Investitsiya dasturi doirasida 21 ta loyiha boʻyicha 232,9 mln. dollar miqdorida investitsiyalar, shundan toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar hajmi 150,6 mln.dollar (rejaga nisbatan 100 foizoʻzlashtirildi.
2021 yil yakuniga koʻra, 1 250 korxona tomonidan dunyoning 70 ga yaqin davlatlariga jami 3 035,3 mln.dollarga (2020-yilga nisbatan 162,4%). 2021-yil yakuni boʻyicha ip kalavaning jami eksportdagi ulushi 55,4%ni tashkil etdi, qoʻshimcha va yuqori qoʻshilgan qiymatli tayyor mahsulotlarning ulushlari 44,6% tashkil etib 2020-yilga nisbatan oʻsish surʼati 141 foiz.
Mahsulotlar eksportida Rossiya – 32,0% (950,0 mln.doll.), Xitoy – 22,0% (630,0 mln.doll.), Qirgʻiziston – 13,0% (385,0 mln.doll.), Turkiya – 16,0 (460,0 mln.doll.) asosiy hamkor davlatlarni tashkil etdi.
Hududlarni rivojlantirish dasturlariga muvofiq, 2021 yilda umumiy qiymati 733,2 mln. dollarga (shundan 447,3 mln.doll. xorijiy investitsiya va kredit) teng 85 ta yirik toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoati loyihalari amalga oshirildi hamda 22 000 dan ortiq yangi ish oʻrinlari tashkil qilindi.

Yüklə 304,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin