To’qimachilik mahsulotlarini sertifikatlashtirish va sinovlar o’tkazish
I.3 TO'QIMACHILIK SANOATINING XOM ASHYOLARI VA MAHSULOTLARI To'qimachilik sanoati yengil sanoatning tabiiy va suniy ishlaridan turli xildagi ip, gazlama noto'qima matolar va to'qimachilik buyumlari ishlab chiqaradigan mahsulotlardir. Kundalik turmushda ishlatiluvchi mahsulot Ishlab chiqarish va aholi ehtiyojini qondirishda muhim ahamiyatga ega to’qimachilik sanoatining asosiy xom ashyosi - paxta, poya po'stlog'idan olinuvchi (zig'ir, kanop, jun va hokazo) tolalar jun tolalari va ipakdir. Bundan tashqari, toqimachiik sanoatida turli xildagi sun'iy va sintetik tola, iplar ko'p ishlatiladi. O'zbekiston Respublikasida olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar tufayli respublika yengil sanoati ixtisoslashgan, alohida va mustaqil faoliyat yurituvchi uyushmalardan tashkil topgan. «O'zbekyengilsanoat», O’zbekipagi» va « O’zbekcharmpoyabzali» uyushmalari shular jumlasidandir. Biroq respublika to'qimachilik tarmog'i deganda paxta, kimyoviy va ipak iplaridan olinuvchi tikuvchilik iplari, gazlama, trikotaj va noto'qima matolar ishlab chiqaruvchi korxonalar majmui tushuniladi. 1991 yilgacha O'zbekiston Respublikasida faqatgina 4 dona yirik paxta to'qimachilik kombinatlari Buxoro, Toshkent, Andijon, Farg'ona va ularning shaxobchalari mavjud bo'lgan. 1996—2002 yillar davomida respublika yengil sanoatida olib borilgan iqtisodiy islohotlar tufayli bir qancha yirik qo'shma korxonalar ishga tushirildi. «Asnam-tekstil», «Pop-fen», «Kosonsoy-Tekmen» (Namangan viloyati), «Kabul-To'epa-Tekstil», «Kabul-O'zbekKo», «Supertekstil» (Toshkent viloyati va shahri), «Kashteks» (Qashqadaryo viloyati), «Gurlan» (Xorazm viloyati), «Ankonteks» (Andüon viloyati), Chinoz to'qimachi LTD, Qorako'lteks, KabulFarg'ona, «Oq saroy to'qimachi LTD» shular jumlasidandir. Bu Respublikamizdagi siyosiy-ijtimoiy barqarorlik, yurtimiz rahbariyatining aholi tinchligini, xotirjamligini saqlash va erkin mehnat qilish uchun barcha sharoitlarni, shu jumladan tadbirkorlik, tashabbuskorlik va kichik hamda o'rta biznesni rivojlantirish sharoitlarini yaratib berishi mahsulidir. Iq'tisodiy islohotlarni chuqurlashtirish va bozor munosabatlariga o'tish ishlarining asosiy mezoni — ishlab chiqarish hajmini va quvvatlarini oshirishgina emas, balki, avvalo, ishlab chiqarilgan mahsulotga bo'lgan talab va taklifning mavjudligi sanoatning yildan-yilga jahon bozoridan o'z o'rnini topib borish imkoniyatlarini xarakterlovchi ko'rsatkichlardir. Respublika to'qimachilik sanoatining ko'rsatkichlari keltirilgan Respublika to'qimachilik tarmog'i yiliga 210 ming tonna yigirilgan ip, 550 min pogon metr xom gazlama, 630 min kv. metr tayyor gazlama ishlab chiqarish quvvatiga ega. U hozirgi kunda yiliga 130 ming tonnadan ziyod paxta tolasini qayta ishlab, undan jahon bozorida raqobatlasha oladigan mahsulotlar ishlab chiqarmoqda va xorijiy mamlakatlarga sotmoqda. Respublika Prezidenti l.A. Karimovning ma'nizalarida alohida qayd etilganidek, to'qimachilik tarmog'ining kelgusida qilinadigan balki sanoat inqilobi deb nom olgan fabrika tizimining yaratilishi va oila va jamiyat hayotidagi chuqur o'zgarishlar bilan ham bog'liq.
Atama to'qimachilik sanoati (lotincha texere,to'qish uchun) dastlab tolalardan gazlamalar to'qishda qo'llanilgan bo'lsa, hozir u to'qish, to'qish, kigizlash va boshqalar kabi keng ko'lamli boshqa jarayonlarni o'z ichiga oladi. Shuningdek, u tabiiy yoki sintetik tolalardan ip tayyorlash, shuningdek, matolarni pardozlash va bo'yashni o'z ichiga oladi.