I bob. Adabiyotlar sharhi



Yüklə 0,81 Mb.
səhifə14/25
tarix04.06.2022
ölçüsü0,81 Mb.
#116632
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   25
I bob. Adabiyotlar sharhi

Rezit smolalar. Rezol yoki rezitol smolalar 180-2000C da qizdirilsa, ular suyuqlanish va erish qobilyatini yo’qotadi. Bunda smola tarkibidan suv ajralib chiqadi va metilenol gruppalarning miqdori kamayadi. Rezit hosil bo’ladi. Uning tarkibida oddiy efir bog’lari rezitoldagiga nisbatan ko’proq. Rezitning tuzilish formulasini sxematik ravishda quyidagicha ifodalash mumkin:

Rezit qattiq, issiqqa chidamli va mexanik xossalari yaxshi polimerlardir.
Rezit smola ham reaksiya uchun olingan fenol va formaldegidningnisbiy miqdori;katalizatorning tabiati va qotish sharoitiga qarab turlicha bo’ladi.
6 qism fenol va 7 qism formaldegiddan 1 prosent ammiak katalizatorligida hosil qilingan rezit bakelit deb ataladi. Bakelit qo’ng’ir ranngli qattiq smoladir.
Karbolit deb ataluvchi rezit bunday tayyorlanadi; 7 mol fenol va 6 mol formaldegid 0,5 % rux asetat ishtirokida qizdiriladi. So’ngra unga bakelitdagi miqdorga yetguncha yana formaldegid qo’shiladi va sulfokislotalar ta’sirida rezitga aylantiriladi. Karbolit sariq, bakelitdan yengil, ishqor ta’sirida tez o’zgaradi.
Fenolformaldegid smolalar, odatda, rezit holda ishlatiladi. Rezitlardan, asosan, plastmassalar olinib, ulardan sanoatda va turmushda turli buyumlar yasaladi. Rezitlardan mashinalarning turli qismlari, idishlar, elektr asboblari ham yasaladi, chunki rezitlarqattiq va mustahkam bo’lib, elektr tokini deyarli o’tkazmaydi.
Novolak va rezollardan lak hamda yelimlar olinadi. Bunday laklarni poliefir, noliuretan laklar va tabiiy lak-shellak o’rnida ishlatish mumkin.
5-Jadval
Rezit smolaning fizika-kimyoviy, mexanik va elektr xossalari
O’rtacha molekulyar massa ................................birinchi bosqichda 1500
Yonuvchanlik ........................................................yonadi
Faza holati..............................................................amorf
Zichlik, gr/sm3 ......................................................1.25-1.38
Shishalanish temperaturasi,0C …………………...40-50
Parchalanish temperaturasi ,0C…………………...200
Mo’rtlanish temperaturasi, 0 C……………………20
Issiq bardoshlik, Martens usulicha, 0C …………...70-110
Nisbiy issiqlik sig’imi; kJ(kg.K)………………….1,3-2,0
Issiq o’tkazuvchanlik, vt/(m.K)…………………...0,12-0,25
Mustahkamlik, Mn/m2, statik egishda…………….50-100
Nisbiy cho’ziluvchanlik, % ……………………….10-20
Egiluvchanlik moduli, Mn/m2 ……………………500-600
Qattiqlik, Brinnell usulicha, Mm/m2 ……………..4,5-5,0
Nisbiy elektr qarshilik
a) sirtiy,T.om ……………………………..1010-1012
b) hajmiy, T.om.m ……………………..…109-1011
Zarbiy qovushqoqlik, kJ/m2 ……………………...10-20
Dielektrik o’tkazuvchanlik ……………………….. 4,5-5,5
Elektr bardoshlik, kv/mm…………………………..10-15
Suv yutuvchanlik, % ……………………………….1,0-2,0



Yüklə 0,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin