I-bob bozor muvozanati



Yüklə 61,09 Kb.
səhifə1/6
tarix20.11.2023
ölçüsü61,09 Kb.
#133386
  1   2   3   4   5   6
Bozor munosabati va uning turlari


MAVZU: BOZOR MUNOSABATI VA UNING TURLARI.
M U N D A R I J A

KIRISH

2


I-BOB BOZOR MUVOZANATI

6

1.1 Bozor muvozanatining turlari haqida

6

    1. Bozor muvozanati yuzaga kelmagan vaziyatlar

14

II-BOB BOZOR MUVOZANATI TURLARI

19

2.1 Talab va takliflar o’zgarishini bozor muvozanatiga tasiri

19

2.2 Bozor muvozanatiga ta`sir ko`rsatuvchi omillar tahlili

25

XULOSA

31

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI

33



KIRISH
Mavzuning dolzarbligi: Biz va bizni o’rab turgan jamiyat, atrof muhit o’zaro muvozanatda va harakatda.Albatta hamma sohada munosabat va harakatlarda tabiat qonunlarida muvozanat bo’lgani kabi makroiqtisodiy qonuniyatlarda ham muvozanat mavjud. Rivojlanayotgan iqtisodiyot, rivojlanayotgan jamiyat va bozor iqtisodiyoti-bu hozirgi kecha kunduzimizda mamlakatimizda yuz berayotgan hodisalar. Pandemiya oqibatida biroz suslashgan iqtisodiyotimiz asta sekin yana oldingi holatini tiklamoqda. Bozorlar muvozanati o’z holiga-asliga qaytmoqda. Talab va taklif raqobat kabi bozorni muvozanatga keltiruvchi omillar yana sog’lom ishlashda davom etmoqda. Davlarning bozorga qisman aralashishi oqibatida bozor muvozanati ta’minlanmoqda.
Bozor muvozanati tovarlarga, xizmatlarga va resurslarga talab va taklif o'rtasidagi miqdoriy muvofiqlikda namoyon bo'ladi va resurslarni yetkazib beruvchilar va tovarlar va xizmatlarning iste'molchilari sifatida uy xo'jaliklarining, korxonalar esa resurslarni iste'molchilari va tovarlari va xizmatlarini ishlab chiqaruvchilarning manfaatlariga ta'sir qiladi. Boshqacha qilib aytganda, bu jamiyatdagi umumiy iqtisodiy manfaatlarni maqbul ravishda amalga oshirishdir. Bu yerda biz sog'lom "iqtisodiy qon aylanishi" bilan taqqoslashimiz mumkin, unda iqtisodiyotning "kasalliklari" - inflyatsiya, ishsizlik va hokazo tufayli parchalanish hodisalari bo'lmaydi. Bunday muvozanat g'oyasi butun jamiyat tomonidan talab qilinadi, chunki bu keraksiz sarflangan resurslar va realizatsiya qilinmagan mahsulotlarsiz ehtiyojlarni to'liq qondirishini anglatadi1.
Mana shu maqsadga erishish yo’lida bizning davlatimizda ham bir qator islohotlar amalga oshirilmoqda, strategiyalar amalga taqdim qilinmoqda. Bu haqda prezidentimiz SHavkat Mirziyoyev oliy majlisga murojatnomasida “Makroiqtisodiy barqarorlik iqtisodiy islohotlarning mustahkam asosidir”1 deb takidlab o’tdilararke buning asosida bozor muvozanatini taminlash yotadi desak mubolag’a bo’lmaydi.
Mavzuga kirishdan avval bozor, talab, taklif terminlarini kengroq tushuntirib o’tamiz. "Bozor" tushunchasi ko'p qirrali bo'lib, jamiyat va moddiy ishlab chiqarish rivojlanishi bilan u bir necha bor o'zgargan. Dastlab bozor makon, ya'ni bozor savdosi uchun joy, bozor maydoni sifatida qaraldi. Bu bozor ibtidoiy jamiyatning parchalanish davrida ham, jamoalar o'rtasidagi almashinuv ozmi-ko'pmi muntazam bo'lib, ma'lum bir joyda va ma'lum bir vaqtda sodir bo'lganda paydo bo'lganligi bilan izohlanadi. Ammo Bozor – eng avvalo iste’molchi bilan ishlab chiqaruvchi, xaridor bilan sotuvchi o’rtasidagi ayriboshlash, oldi-sotdi munosabati sufatida maydonga chiqadi2.
Xaridorning bozordagi xarakati talab, sotuvchiniki esa taklif shaklida namoyon bo’ladi. Bozor iqtisodiyotida “talab” va “taklif” fundamental, asosiy tushunchadir. Talab – bu pul mablag’lari bilan ta’minlangan extiyojning bozorda namoyon bo’lishidir. Boshqacha aytganda talab to’lov qobiliyatiga ega bo’lgan ehtiyojdir. Talab so’zini yanada kengroq ma’lumot bersak, talab – xaridor, iste’molchining bozorda muayyan to’lovlarini, ne’atlarni sotib olish istagi; bozorga chiqqan va pul imkoniyatlari bilan ta’minlangan ehtiyoj. Ehtiyoj pul va narx vositasida talabga aylanadi. Rasman olganda, talab iste’mol kattaligi miqdoridir. Misol tariqasida shuni keltirish mumkinki, agar sizni kompyuter olgingiz keldi, ammo mablag’ingiz yo’q, bu vaziyatda ehtiyojimgiz talab emas, balki xohish sifatida namoyon bo’ladi. Pulingiz bo’lgandagina bu istak talabga aylanadi. Taklif bozor iqtisodiyotining muhim kategoriyasi bo’lib, talab chambarchas bog’liq. Taklif talab bilan qarama-qarshi sotuvchi o’z taklifi bilan turadi. Taklif – bu bozorda mavjud yoki bozorga olib kelinishi mumkin bo’lgan tovarlar va xizmatlar yig’indisidir. Taklif ishlab chiqarish bilan aniqlansada, aynan uning o’zi emas. Tovarlar taklifi yaratilgan mahsulotlar miqdoriga teng bo’lmasligi mumkin, ya’ni tavorlarni taklif qilish va ne’matlar ishlab chiqarish hajimlari bir xil bo’lmasligi mumkin.
Maqsad: Yuqorida bir necha marotaba “Bozor iqtisodiyoti" degan so’zni bir necha bor ishlatdik. Shu o’rinda aytib o’tish joizki, bozor iqtisodiyoti o‘zining obyektiv qonunlari hamda o‘zini-o‘zi tartiblash dastaklari, vositalari orqali amal qilinadi. Ammo bozor iqtisodiyotining ijobiy jihatlari bilan bir qatorda salbiy jihatlari ham mavjud. Ularning eng asosiysi iqtisodiyotdagi obyektiv qonunlar va munosabatlar, regulyatorlar asosida shakllanadigan bozor muvozanati hamda mutanosibliklaning buzilishi oqibatida vujudga keladigan nomutanosibliklaning kuchayishi, avval aytib o’tilganidek, iqtisodiy tanglik va inqirozlardir.
Inqirozlar natijasida iqtisodiy pasayish, ishsizlik, inflatsiyaning kuchayishi, xalq turmush darajasining yomonlashuvi sodir bo‘ladi. Shu boisdan ham davlatning iqtisodiyotga aralashuvi va uni ustuvor ravishda iqtisodiy dastak va vositalar yordamida tartiblashi zarur bo‘ladi.Bu esa zamonaviy bozor iqtisodiyotining o‘zini - o‘zi tartiblashning bozor mexanizmi bilan uni davlat tomonidan tartibga solish mexanizmini uyg‘unlashtirishni taqozo etadi. O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, shu jumladan, institutsional islohotlar natijasida iqtisodiyotni davlat tomonidan tartiblash mexanizmi shaklantirilib, rivojlanish tendensiyalariga ega bo‘lib borilmoqda. O‘zbekistonda shakllantirilgan iqtisodiyotni davlat tomonidan tartiblash mexanizmi hozirgi jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida uning salbiy ta’sirini yumshatish imkonini berdi.
Muvozanat modellari iqtisodiy agentlar o'rtasidagi munosabatlarni o'rganish uchun ishlatiladi. Ushbu modellar iqtisodiy sub'ektlarning o'zaro ta'sir modellarining yanada umumiy sinfining alohida hodisasidir. Iqtisodiy tizimning muvozanat va muvozanatsiz holatlari muvozanat modellari yordamida o'rganiladi.
Ma’lumki, yurtimizda olib borilayotgan modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash bo`yicha olib borilayotgan chora- tadbirlar samaradorligi o`z natijasini bermoqda. Xozirgi kunga kelib, O`zbekiston Respublikasida yalpi ichki mahsulot xajmi sezilarli darajada oshib bormoqda, o`z navbatida, davlat byudjetining daromad qismi ham oshmoqda. Bu kabi iqtisodiy o`zgarishlar mamlakatda makroiqtisodiy barqarorlikka erishish, pul-valyuta va to`lov nizomini mustahkamlanib borishiga asos bo`lmoqda.
Muxtasar qilib aytganda , ushbu kurs ishida muvozanat va bozor muvozanatini mazmun mohiyati va o’ziga xos xususiyatlari, muvozanat barqarorligi shartlari, defitsit va profitsit va bozor narxiga ta'siri, bozor muvozanati turlari va bozor muvozanatiga ta’sir qiluvchi omillar, iqtisodiyotning davlat tomonidan tartibga solishni kabi tushunchalar bayoni taklif etiladi.


Yüklə 61,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin