1.3. Demografik koeffitsientlar va ehtimolliklar O‘rtacha (o‘rtacha yillik) aholi toifasi demografik jarayonlar intensivligini tavsiflaydigan nisbiy ko‘rsatkichlarni hisoblash uchun zarur. Ularning orasida muhim o‘rin koeffitsientlar va ehtimolliklargategishli.
Demografik jarayonlar intensivligini tavsiflaydigan nisbiy ko‘rsatkichlarning boshqa bir muhim sinfi ehtimolliklar hisoblanadi.
Koeffitsientlar va ehtimolliklar bu – aholining turli tavsiflari nisbatini, uning tarkibini, demografik jarayonlarni, aholining takror barpo bo‘lishini ifodalaydigan nisbiy ko‘rsatkichlardir. Demografik koeffitsient va ehtimolliklardan foydalanish zarurati shu bilan asoslanadiki, demografik voqea-hodisalar mutlaq soni, aholining alohida guruhlari mutlaq soni kabi, na demografik jarayonlar ro‘y berish xarakterini tavsiflash uchun, na hududlararo yoki davrlararo taqqoslashlar uchun, na aholining strukturali tavsifnomalarini baholash uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri foydalanilishi mumkin emas. Buning sababi shundaki, demografik voqea-hodisalar mutlaq sonlari ham, aholining alohida guruhlari mutlaq sonlari ham aholi umumiy soniga bog‘liq bo‘ladi.
Koeffitsientlar va ehtimolliklar bu cheklovni olib tashlaydi, chunki mohiyatan ular umumiy aholi soni ta’sirini bartaraf qilishga imkon beradigan ma’lum bir qoidalar bo‘yicha hisoblab chiqilgan nisbiy ko‘rsatkichlar hisoblanadi.
Koeffitsientlar vaehtimolliklar o‘rtasidagi farq quyidagidan iborat.
Koeffitsientlar doimo yashagan kishi-yillar umumiy soniga (maxrajda bo‘ladi) yoki unga yaqinlashishga (masalan, o‘rtacha aholiga) bog‘liq bo‘ladi. Bunda guruhdagi barcha birliklar suratdagi bayon qilingan hodisani boshdan kechirish riskini his qilishi shart emas. Koeffitsientlar additiv, ya’ni ularni bir-biriga qo‘shish mumkin.
Koeffitsientlar va ehtimolliklar o‘rtasidagi farq quyidagidan iborat. O‘zimizga ikkita oddiy savol beramiz:
- u yoki bu demografik hodisa ro‘y berishi riskini yig‘indi tarkibidagi har bitta birlik his qiladimi? Yoki boshqacha aytadigan bo‘lsak, maxrajdagi har bitta birlik suratda tavsiflangan hodisaning ro‘y berish riskini xis qiladimi?
- yig‘indi soni ushbu hodisa ta’siri ostida kamayadimi? Yoki boshqacha aytadigan bo‘lsak, maxraj miqdori ushbu hodisa ta’siri ostida kamayadimi?
Agar ikkala savolga «ha» deb javob beradigan bo‘lsak, bunda ehtimollikkaduch kelgan bo‘lamiz. Ular yig‘indining boshlang‘ich soniga taalluqli ekanligi sababli I turdagi koeffitsient yoki asos koeffitsienti deb ataladi.
Agar ikkinchi savolga «yo‘q» deb javob beradigan bo‘lsak, bunda birinchi savolning javobidan qat’i nazar, biz II turdagi koeffitsient yoki oddiykoeffitsientga uchragan bo‘lamiz. Ular yana aholiga asoslangan ko‘rsatkichlar, hodisalar koeffitsientlari deb ham ataladi.
Koeffitsientlar doimo yashalgan kishi-yillar umumiy soniga (maxrajda bo‘ladi) yoki unga yaqinlashishga (masalan, o‘rtacha aholiga) bog‘liq bo‘ladi. Bunda guruhdagi barcha birliklar suratdagi bayon qilingan hodisani boshdan kechirish riskini his qilishi shart emas. Koeffitsientlar additiv, ya’ni ularni bir-biriga qo‘shish mumkin.
Ehtimolliklar esa doimo u yoki bu demografik voqea-hodisa ro‘y berishi bilan kamayib boradigan aholining boshlang‘ich soniga bog‘liq bo‘ladi (maxrajda bo‘ladi). Bunda boshlang‘ich guruhning barcha birliklari suratdagi son bilan bayon qilinadigan demografik voqea-hodisa ro‘y berish riskiga moyil bo‘ladi. Ehtimolliklar naadditiv, ya’ni ularni bir-biriga qo‘shib bo‘lmaydi[3].
Yuqorida bayon qilinganlar qisqacha 1.1-jadvalda aks ettirilgan.
Quyida ushbu bobda oddiyroq bo‘lishi uchun koeffitsientlar va ehtimolliklar birgalikda demografik koeffitsientlardeb ataladi.
Barcha demografik koeffitsientlar ikkita katta sinfga bo‘linadi:
- demografik jarayonlar intensivligi va o‘zgarish tezligini o‘lchaydigan koeffitsientlar (A sinf);
- aholining turli qismlari nisbatini o‘lchaydigan strukturali koeffitsientlar (B sinf).