I bob. Demografik tahlilga kirish


-jadval O‘zbekiston Respublikasida doimiy aholi soni va uning o‘rtacha yillik o‘sish sur’atining o‘zgarishi (yil boshiga)



Yüklə 178,64 Kb.
səhifə47/52
tarix07.09.2022
ölçüsü178,64 Kb.
#117714
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   52
1. Demografik Tahlil

4.2-jadval
O‘zbekiston Respublikasida doimiy aholi soni va uning o‘rtacha yillik o‘sish sur’atining o‘zgarishi (yil boshiga)

Hududlar

doimiy aholi soni, ming kishi

aholi sonining o‘rtacha yillik o‘sish sur’ati, %

1991 y

2001 y

2015 y

1991 y

2001 y

2015 y

O‘zbekiston Respublikasi

20607,7

24813,1

31022,5

2,4

1,3

1,7

shu jumladan:







Qoraqalpog‘iston Respublikasi

1270,6

1527,0

1763,1

2,9

1,6

1,5

Andijon

1789,0

2216,5

2857,3

2,4

1,4

1,8

Buxoro

1195,1

1437,7

1785,4

2,7

1,3

1,7

Jizzax

792,2

991,5

1250,1

3,4

1,7

1,9

Qashqadaryo

1694,4

2212,5

2958,9

3,5

2,1

2,2

Navoiy

682,0

791,1

913,2

2,5

1,0

1,3

Namangan

1551,8

1953,2

2554,2

3,0

1,5

2,0

Samarqand

2200,9

2710,0

3514,8

2,5

1,5

2,0

Surxondaryo

1332,0

1770,4

2358,3

3,7

1,9

2,2

Sirdaryo

559,1

649,9

777,1

1,1

1,2

1,7

Toshkent

2129,8

2370,2

2758,3

1,2

0,9

1,2

Farg‘ona

2214,6

2697,5

3444,9

2,5

1,2

1,7

Xorazm

1066,0

1347,7

1715,6

3,0

1,8

1,9

Toshkent shahri

2130,2

2137,9

2371,3

0,6

-0,2

0,8

Manba: O‘zbekiston Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari // www.stat.uz
4.2-jadvaldan ko‘rinib turibdiki, o‘tgan 24 yil mobaynida O‘zbekiston Respublikasi aholisi soni 50,5 %ga ortgan. Bu davrda aholi sonining o‘sish sur’ati Andijon (59,7%), Jizzax (57,8%), Qashqadaryo (74,6%), Namangan (64,6%), Samarqand (59,7%), Surxondaryo (77%), Farg‘ona (55,5%) va Xorazm (60,9%) viloyatlarida respublika o‘rtacha ko‘rsatkichidan yuqori, qolgan hududlarda esa past bo‘lgan.
4.2. O‘rtacha aholi soni
Aholining mutlaq soni mavridli ko‘rsatkich hisoblanadi. U yoki ro‘yxatga olish sanasi bo‘yicha yoki 1 yanvar yoki yilning istalgan sanasi bo‘yicha demografik muvozanat tenglamasi yordamida hisoblab chiqiladi. Shu asnoda demografik voqea-hodisa – tug‘ilish, o‘lim, nikoh, ajralishlar, ko‘chib kelish va ko‘chib ketishlar – u yoki bu vaqt davri davomida ro‘y beradi. Ushbu davr uzunligi turlicha bo‘lishi mumkin, lekin demografiyada ko‘pincha uzunligi bir yilga teng bo‘lgan davrlar bilan operastiyalar amalga oshiriladi.
Sanab o‘tilgan demografik jarayonlarning barcha statistik ko‘rsatkichlari davrga mansub bo‘ladi, yoki jiddiy aytadigan bo‘lsak, davriy hisoblanadi. Bundan demografik jarayonlar haqidagi davriy ma’lumotlarni aholi soni haqidagi mavridli ma’lumotlar bilan taqqoslash muammosi kelib chiqadi. Buning ustiga, davr boshida va davr oxirida aholi soni turlicha bo‘ladi, chunki aholi uzluksiz o‘zgarib turadi. Aytilgan fikr ushbu muammoni hal qilishni zarur qilib qo‘yib, bunga turli yo‘llar bilan erishish mumkin. Xususan, bu demografik voqea-hodisa qayd qilinadigan vaqt oralig‘i uzunligini qisqartirish yordamida davriy ko‘rsatkichni mavridli ko‘rsatkichga aylantirish yo‘li bilan amalga oshirilishi mumkin. Agar bu oraliq nolga aylanadi deb taxmin qiladigan bo‘lsak, demografik jarayon kuchi deb ataladigan ko‘rsatkichga ega bo‘lamiz.
Yuqorida aytib o‘tilgan muammoni hal qilishning boshqa bir usuli aholi soni mavridli ko‘rsatkichini davriy ko‘rsatkichga aylantirish hisoblanadi. Bunga aholi sonini o‘rtachalashtirish, ya’ni biron-bir vaqt fursati uchun emas, balki butun davr uchun aholini tavsiflaydigan ko‘rsatkichni hisob-kitob yordamida erishiladi.
Bu ko‘rsatkich aholi shu davr ichida yashagan kishi-yillar soni hisoblanadi.
Bunday ko‘rsatkich bitta vaqt davri doirasida turli odamlar uning turli ulushlarida yashashi haqidagi ochiq ko‘rinib turgan dalilni aniqroq hisobga olishga imkon beradi. Shu sababli ular aholi soni o‘zgarishiga turlicha hissa qo‘shadi va ushbu davr mobaynida u yoki bu demografik voqea-hodisalar ro‘y berish riskiga turli darajada moyil bo‘ladi. Odamlarning bir qismi ushbu aholi tarkibida butun hisob-kitob davrini boshidan oxirigacha o‘tkazadi, boshqalar esa ushbu davr ichidagi u yoki bu vaqt fursatida vafot etishi yoki ko‘chib ketishi yoxud aksincha, tug‘ilishi yoki ko‘chib kelishi mumkin. Ushbu davr ichida tug‘ilganlarning ayrimlari davr oxirigacha yashamaydi. Kimdir esa ko‘chib ketishi va so‘nga qaytib ko‘chib kelishi yoki aksincha, avval ko‘chib kelishi, kechinroq esa ko‘chib ketishi mumkin. Va bu holat bir necha marta kuzatilishi ham mumkin.
Bir so‘z bilan aytganda, ushbu aholi tarkibidagi har bir kishi unda butun vaqt davrini yoki uning m’lum bir qismini (ulushini) yashashi mumkin. Bu har bir kishi aholi sonining umumiy o‘zgarishiga, u yoki bu demografik voqea-hodisalar ro‘y berish riskiga moyillikka qo‘shadigan individual hissasini belgilab beradi. Bu tafovutlarni hisobga olish uchun aholi yoki uning biron-bir qismi u yoki bu vaqt davrida yashagan kishi-yillar umumiy soni hisoblab chiqiladi.
Buning uchun demografik hisob-kitoblar uning uchun bajarilayotgan vaqt davrining qismlari yig‘indisi chiqariladi (ularni har bir kishi ushbu guruh tarkibida shu davr mobaynida bo‘lgan (yashagan)). Bunda ushbu davrni boshidan oxirigacha yashagan kishilar 1 ga teng, qolganlar esa – ular yashagan ushbu davr qismiga (ulushiga) teng bo‘lgan vazn bilan olinadi.
4.3-jadvalda kichik shahar aholisi tomonidan bir yil davomida yashagan shartli kishi-yil soni hisobi keltirilgan. Bunday hisoblarni faqat kam miqdordagi aholi uchun hamda aholining tabiiy harakati va migratsiyasini hisobga olish puxta yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsa, amalga oshirish mumkin. Aholi ko‘p sonli bo‘lsa, bunday hisoblarni amalga oshirish mumkin bo‘lsa ham bu juda murakkab bo‘ladi. Shuning uchun amaliyotda odatda o‘rtacha aholi soni, deb ataladigan, shartli kishi-yil soni ko‘rsatkichidan foydalaniladi.

Yüklə 178,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin