I bob. Demografik tahlilga kirish


-jadval O‘zbekistonda aholi takror barpo bo‘lishining netto-koeffitsienti (2000-2020 yillar)*



Yüklə 178,64 Kb.
səhifə51/52
tarix07.09.2022
ölçüsü178,64 Kb.
#117714
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   52
1. Demografik Tahlil

11.2-jadval
O‘zbekistonda aholi takror barpo bo‘lishining netto-koeffitsienti (2000-2020 yillar)*

Yillar

Jami aholi

Shu jumladan

Shahar aholisi

Qishloq aholisi

2000

1,224

0,990

1,372

2005

1,082

0,938

1,223

2007

1,209

1,050

1,300

2008

1,207

1,049

1,304

2010

1,212

1,054

1,308

2015

1,212

1,077

1,313

2020

1,217

1,078

1,318

Manba: Abduraxmanov A. O‘zbekiston Respublikasi aholisini takroriy ko‘payishini iqtisodiy-statistik tahlili. Iqtisod fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertastiya. – Toshkent, 2011, 132-bet
1991-2000 yillarda O‘zbekistonda tug‘ilishning kamayishi (tug‘ilishning yig‘indi koeffitsienti ushbu davrda respublika bo‘yicha 4,2 dan 2,5 gacha, shahar joylarida 2,1 dan 2,12 ga, qishloqlarda 4,9 dan 2,7 gacha) kuzatilishi natijasida aholi takror barpo bo‘lishining netto koeffitsienti ham kamaydi. Ayniqsa netto-koeffitsienti shahar aholisida 2000-2005 yillar R0<1 bo‘lib, aholi takror barpo bo‘lishini qisqargan rejimga o‘tgan. Lekin 2005 yillardan boshlab respublikada tug‘ilishning bir muncha ko‘tarilishi shaharlarda qayd etilgan demografik inqirozga barham berdi.
Hozirgi davrga kelib O‘zbekiston aholi takror barpo bo‘lishining netto koeffitsienti ko‘rsatkichlari bo‘yicha, yani R0>1 dan, aholi takror barpo bo‘lishining kengaygan rejimining eng pastki chegarasida turibdi. Chunki, hozirda respublikaning qishloq aholisida tug‘ilishning netto-koeffitsienti 1,3 ni tashkil qilgani uchun respublika umumiy ko‘rsatkichiga ta’sir etmoqda. Shahar aholisida esa aholi takror barpo bo‘lishi oddiy turiga deyarli o‘tgan, chunki netto koeffitsient 1,0 ga teng.
Tug‘ilishning yig‘indi koeffitsienti, aholini takror barpo bo‘lishining brutto va netto koeffitsientlarini hisob-kitob qilishga misol keltirilgan bo‘lib, unda yuqorida ko‘rsatilgan dasturiy ta’minot foydalanilmaydi. Bu misolda aholini takror barpo bo‘lishining barcha asosiy ko‘rsatkichlarini hisoblab chiqishga osonlik bilan erishish mumkin.
Aholini takror barpo bo‘lishining netto-koeffitsientini hisob-kitob qilish formulasida qolgan umr funksiyasi, ya’ni uning boshlanish paytigacha tirik bo‘lganlar soni emas, balki ayollar o‘lim ko‘rsatkichlari jadvalidan (x + l) yosh oralig‘idagi yashayotganlar soni foydalaniladi, chunki bu – yaqinlashtirilgan formula. Demografiya matematik ilovalari va demostatistika tahlilida aynan qolgan umr funksiyasi 1(x) foydalaniladiShunday bo‘lsa ham, netto-koeffitsient ba’zida 1000 ta ayolga nisbatan ham hisoblab chiqiladi.
Albatta, biron-bir hisoblash texnikasiga ega bo‘lish, eng yaxshisi, albatta Excel dasturidan foydalanish kerak.
Hisob-kitob quyidagi qadamma-qadam jarayon bo‘yicha amalga oshiriladi:
1-qadam. 2-ustunga tug‘ilishning yoshga oid koeffitsientlari qiymatini kiritamiz.
2-qadam. Tug‘ilishning yig‘indi koeffitsientini hisoblab chiqamiz {TFR). Buning uchun tug‘ilish ko‘rsatkichlari yoshga oid koeffitsientlarini nisbiy birlik ulushlarida ko‘rsatish maqsadida 2-ustun satrlaridagi sonlarni 1000 ga bo‘lamiz (yoki boshqacha aytganda, bu ko‘rsatkichlarni shartli avlod bitta ayoliga keltiramiz). Olingan ma’lumotlarni 3-ustunga kiritamiz. Bu sonlar yig‘indisining 5 ga ko‘paytmasi bizga 1,2415 ga teng bo‘lgan tug‘ilishning yig‘indi koeffitsientini beradi. Bu verguldan keyingi uchinchi belgigacha aniqlik bilan Davlat statistika qo‘mitasi rasmiy ma’lumotlariga mos keladi.
3-qadam. Takror barpo bo‘lishining brutto-koeffitsienti {R), yoki ayol butun hayoti davomida tuqqan qizlar sonini hisoblab chiqamiz. Buning uchun 3-ustun ma’lumotlarini satrma-satr yangi tug‘ilgan chaqaloqlar orasida qiz bolalar ulushiga ( ) ko‘paytiramiz. Ushbu holatda uning 1960-1998 yillar uchun 0,487172971301046ga teng bo‘lgan o‘rtacha qiymati olingan. 4-ustundagi sonlar yig‘indisining 5 ga ko‘paytmasi 0,6048ga teng bo‘lgan takror barpo bo‘lishning brutto-koeffitsientini beradi. Xuddi shu natijani tug‘ilishning yig‘indi koeffitsientini yangi tug‘ilgan chaqaloqlar orasida qiz bolalar ulushiga oddiygina ko‘paytirish yo‘li bilan ham olish mumkin (1,2415 x 0,487... = 0,6048).
4-qadam. 5-ustunga 1998 yil Rossiya aholisi ayollar uchun o‘lim ko‘rsatkichlari jadvalidan (l: + 5) yosh oralig‘ining har birida (x = 15, 20, ..., 45) yashayotganlar soni qiymatini kiritamiz. 6-ustunda bu sonlar ularni o‘lim ko‘rsatkichlari jadvali ildiziga (ushbu holatda 100 000 ga) bo‘lish yo‘li bilan nisbiy birlik ulushlariga keltirilgan. Muqobil yo‘l 1998 yil ayollar o‘lim ko‘rsatkichlari jadvalidan 15 dan 50 yoshgacha har bir yosh oralig‘i boshlanguncha yashaydiganlar soni ikkita qo‘shni qiymatini o‘rtachalashtirish hisoblanadi. olingan o‘rtacha ko‘rsatkichlarni 5 ga ko‘paytirib, har bir yosh oralig‘ida yashayotganlar sonini hisob-kitob qilish uchun zarur bo‘lgan sonlarni aniqlaymiz.
5-qadam. Takror barpo bo‘lishning netto-koeffitsientini hisoblab chiqamiz. Buning uchun 4-ustun ma’lumotlarini 6-ustunda turgan sonlarga satrma-satr ko‘paytiramiz. 7-ustun yig‘indisini chiqarib, 0,583 ga teng bo‘lgan takror barpo bo‘lishning netto-koeffitsientiga ega bo‘lamiz. Bu ko‘rsatkich Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan e’lon qilingan rasmiy ko‘rsatkichdan atigi 0,002 ga farq qiladi.
 

Yüklə 178,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin