I bob. Demografik tahlilga kirish


O‘lim ko‘rsatkichlarini tahlil qilishda standartlashtirish va indekslar usullaridan foydalanish



Yüklə 178,64 Kb.
səhifə31/52
tarix07.09.2022
ölçüsü178,64 Kb.
#117714
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   52
1. Demografik Tahlil

8.3. O‘lim ko‘rsatkichlarini tahlil qilishda standartlashtirish va indekslar usullaridan foydalanish
Umumiy koeffitsientlarni xususiy koeffitsientlar o‘lchangan yig‘indisi sifatida taqdim etish mumkin, bu yerda vazn sifatida mos keluvchi aholi quyiguruhlari (subaholi) ulushlari yoki soni ishtirok etadi. Xususan, o‘limning umumiy koeffitsientini yoshga oid koeffitsientlar o‘lchangan yig‘indisi sifatida taqdim etish mumkin.
Bundan o‘lim ko‘rsatkichlari ikkita umumiy koeffitsienti (ikkita turli aholi guruhi yoki turli davrlar uchun) quyidagi ko‘rinishda taqqoslanishi mumkin:
Agar formulaning barcha tarkibiy qismlari ma’lum bo‘lsa, statistikadan yaxshi ma’lum bo‘lgan indekslar usulini qo‘llash mumkin. Buning uchun doimiy tarkib indekslar tizimini tuzish lozim. Ushbu holatda gap aholining yosh tarkibining doimiyligi haqida bormoqda. Bunda o‘zgarmas yosh tarkibi sifatida yoki taqqoslanayotgan guruhlardan birining yosh tarkibini, yoki har qanday uchinchi aholi guruhining yosh tarkibini olish mumkin, asosiysi, uning yosh tarkibi taqqoslanayotgan aholi guruhlari yosh tarkibiga yaqin bo‘lsin. Bu maqsadda tenglamaning o‘ng qismi surati va maxrajini taqqoslanayotgan aholi yoshga oid tarkiblari bir xilligi, o‘zgarmasligini taxmin qilgan holda (masalan, bizni qiziqtirayotgan davr boshi va oxirida) o‘ringa ega bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘lim ko‘rsatkichlari umumiy koeffitsienti щartli, gipotetik hajmiga teng bo‘lgan bir xil raqamga ko‘paytiramiz va ko‘paytiruvchilarni o‘rin olmashtiramiz:
Olingan tenglikning chetki o‘ng qismi o‘lim ko‘rsatkichlari gipotetik umumiy koeffitsientining davr boshidagi (yoki hisob-kitob uchun baza sifatida qabul qilingan aholi uchun) o‘lim ko‘rsatkichlari umumiy koeffitsientiga, shu davr oxiridagi o‘lim ko‘rsatkichlari umumiy koeffitsientining ushbu gipotetik miqdorga nisbatiga ko‘paytmasi hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda, biz o‘lim ko‘rsatkichlari ikkita amaldagi umumiy koeffitsientining ulardan biri (uni o‘lim ko‘rsatkichlari qizg‘inligi indeksi deb ataymiz) o‘lim ko‘rsatkichlari yoshga oid intensivligi o‘zgarishi hisobiga o‘lim ko‘rsatkichlari umumiy koeffitsienti qanday o‘zgarganligini, ikkinchisi esa ko‘rsatadigan ikkita ko‘paytiruvchi ko‘paytmasi ko‘rinishida taqdim etdik.
Agar endi o‘lim ko‘rsatkichlari ikkita umumiy koeffitsienti nisbatini umumiy o‘lim ko‘rsatkichlari indeksi deb ataydigan bo‘lsak, quyidagiiga ega bo‘lamiz
lm=li×lst
Indekslar usulini faqat o‘limning yoshga oid koeffitsientlari o‘zgarishi haqida hamda yoshga oid struktura haqida ma’lumotlar ma’lum bo‘lgan holdagina qo‘llash mumkin. Agar bunday ma’lumotlar bo‘lmasa, indekslar usulini qo‘llash imkoniyati bo‘lmaydi. Bu holatda ushbu paragraf boshida qo‘yilgan yoshga oid struktura va yoshga oid o‘lim ko‘rsatkichlari o‘zgarish rolini aniqlash vazifasini demografik koeffitsientlar va standartlashtirish usullarini qo‘llagan holda hal qilish mumkin. Bunda aynan qaysi muayyan usullar mavjudligiga qarab, bevosita yoki bilvosita standartlashtirish qo‘llanadi. O‘lim ko‘rsatkichlari yoshga oid intensivligi haqida ma’lumot mavjud, lekin yosh tarkibi noma’lum bo‘lganda bevosita standartlashtirish usuli qo‘llaniladi. Aks holda esa bilvosita standartlashtirish usuli qo‘llanadi.
Bevosita standartlashtirish usuli qo‘llanilgan hollarda ma’lum bo‘lgan o‘limning yoshga oid koeffitsientlari standart sifatida qabul qilingan aholining yosh tarkibi bo‘yicha qayta o‘lchanadi, bilvosita standartlashtirish usuli qo‘llanilganda esa standart sifatida qabul qilingan aholining yoshga oid koeffitsientlari taqqoslanayotgan aholi guruhlari yoshga oid strukturalari bo‘yicha qayta o‘lchanadi. So‘ngra standartlashtirish indekslari hisoblab chiqiladi va agar gap ikki xil aholi guruhini taqqoslash haqida boradigan bo‘lsa, o‘limning umumiy koeffitsientlari dinamikasi omillari yoki ularning farqlari belgilanadi.

6-mavzu


Yüklə 178,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin