I bob. Demografik tahlilga kirish



Yüklə 178,64 Kb.
səhifə30/52
tarix07.09.2022
ölçüsü178,64 Kb.
#117714
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   52
1. Demografik Tahlil

viloyatlar:







Andijon

5,2

4,9

5,5

5,1

4,8

5,4

Buxoro

4,5

4,3

4,7

4,4

4,1

4,6

Jizzax

4,2

3,9

4,6

4,0

3,7

4,4

Qashqadaryo

4,1

3,9

4,4

3,9

3,5

4,2

Navoiy

5,3

4,9

5,8

4,6

4,2

5,0

Namangan

4,9

4,6

5,2

4,6

4,3

4,9

Samarqand

5,0

4,6

5,4

4,5

3,9

5,0

Surxondaryo

4,3

4,2

4,4

4,2

3,7

4,6

Sirdaryo

5,5

4,9

6,1

4,8

4,2

5,4

Toshkent

6,8

6,3

7,3

5,8

5,3

6,4

Farg‘ona

5,2

5,0

5,4

5,0

4,7

5,3

Xorazm

4,6

4,4

4,8

4,4

4,0

4,7

Toshkent shahri

8,6

8,0

9,3

6,9

6,4

7,3

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari
Biroq faqat o‘limning umumiy koeffitsienti haqidagi ma’lumotlar bilan cheklanib qolish mutlaqo noto‘g‘ri bo‘lardi, chunki bu uning darajasi ancha qo‘pol va taxminiy o‘lchovi hisoblanadi. Uning hajmiga aholining jins va yosh tarkibi juda kuchli ta’sir ko‘rsatadi, shu sababli undan demografik tarkib ta’sirini bartaraf qilish yoki hech bo‘lmasa maksimal darajada kamaytirishga intilib, juda ehtiyotkorlik bilan foydalanish kerak. Bundan tashqari, o‘lim ko‘rsatkichlari umumiy koeffitsienti hajmi tug‘ilish darajasiga ham bog‘liq: boshqa barcha shartlar bir xil bo‘lganda tug‘ilish ko‘rsatkichlari qanchalik yuqori bo‘lsa, o‘lim ko‘rsatkichlari umumiy koeffitsienti ham shunchalik yuqori bo‘ladi, chunki o‘lim ko‘rsatkichlari boshqa yoshdagilar guruhidan katta bo‘lgan bir yoshgacha bolalar ulushi ham shunchalik yuqori bo‘ladi.
Yosh va jins tarkibining ta’siri, eng avvalo, ularning asosida keyinchalik o‘lim ko‘rsatkichlari umumiy koeffitsientlarini standartlashtirish amalga oshiriladigan xususiy o‘lim ko‘rsatkichlari koeffitsientlari, ya’ni aholining turli guruhlari (erkaklar va ayollar, shahar va qishloq aholisi, turli nikoh holatlari va h.k.) uchun o‘lim ko‘rsatkichlari koeffitsientlari yordamida bartaraf etiladi. Yosh tarkibining o‘lim ko‘rsatkichlari umumiy koeffitsientiga ta’sirini bartaraf qilishga muayyan misol quyida keltirib o‘tiladi.
O‘limning yoshga oid koeffitsientlari. Tug‘ilish ko‘rsatkichlarini o‘rganish holatidagi kabi, o‘limning xususiy koeffitsientlari orasida ham eng muhim o‘rin jins va yosh koeffitsientlariga tegishli bo‘lib, ular erkaklar va ayollar uchun alohida u yoki bu yoshdagi o‘lim holatlari o‘rtacha sonining shu yoshdagi erkaklar yoki ayollar o‘rtacha yillik soniga nisbati sifatida hisoblab chiqiladi:
bu yerda:
nASMRx - o‘limning yoshga oid koeffitsientlari;
nDx - (x + p) yosh oralig‘idagi o‘lganlar soni;
^R^ - (x+ p) yosh oralig‘ida aholi (ikkala jins, erkaklar va ayollar) o‘rtacha yillik soni.
O‘limning yoshga oid koeffitsientlari tahlili alohida yosh guruhlari bo‘yicha ham o‘lim ko‘rsatkichlaridagi tafovutlarni aniqlashga imkon beradi. O‘lim ko‘rsatkichlari tahlili aynan o‘lim ko‘rsatkichlari yoshga oid koeffitsientlari dinamikasi va rolini, shundan keyin esa boshqa omillarni aniqlashdan boshlanishi lozim.
Mutaxassislar o‘limning yoshga oid koeffitsientlarini ushbu demografik jarayonni tahlil qilishning eng yaxshi vositasi deb hisoblaydi. Asosiy kamchilik shundaki, ularning soni juda katta (yuzlab), shuningdek, ular yoshga oid akkumulyastiya ta’siriga moyilligi yuqori. Biroq bu kamchiliklar bir yillik emas, balki 5 yillik yoshga oid oraliqlar uchun koeffitsientlar hisob-kitob qilish yo‘li bilan bartaraf qilinadi. Besh yillik koeffitsientlar bir yillik koeffitsientlar kamchiliklaridan holi, ularning aniqligi esa ko‘pchilik amaliy maqsadlar uchun etarli.
 
8.2. Chaqaloqlar va bolalar o‘limi koeffitsientlari
O‘limning yoshga oid koeffitsientlari orasida chaqaloqlar o‘lim koeffitsientiya’ni bir yoshgacha bo‘lgan yoshdagi bolalar o‘limini o‘lchaydigan ko‘rsatkich alohida o‘ringa ega. Ilgari bu koeffitsient bolalar o‘lim ko‘rsatkichlari koeffitsienti deb atalgan. Lekin hozirgi paytda bolalar o‘lim ko‘rsatkichlari koeffitsienti 0-5 yoshdagi yoki 0-15 yoshdagi bolalar o‘lim ko‘rsatkichlarini farqlash uchun u chaqaloqlar o‘lim koeffitsienti deb ataladi.
Bir yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘lim ko‘rsatkichlari, bir tomondan, eng katta yoshdagilarni istisno qilganda, boshqa yosh guruhlaridagi o‘lim ko‘rsatkichlaridan keskin ortadi. Boshqa tomondan esa, chaqaloqlar o‘limi ko‘rsatkichi mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasining juda kuchli va axborot beradigan ko‘rsatkichi bo‘lib xizmat qiladi.
Chaqaloqlar o‘limi koeffitsienti qolgan yoshga oid koeffitsientlar kabi hisoblab chiqiladi. Mohiyatan chaqaloqlar o‘limi ko‘rsatkichi, to‘g‘risini aytganda, koeffitsient emas, ehtimollik hisoblanadi. Uni hisoblab chiqishda 1 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘limi soni tug‘ilgan bolalar soniga emas, ularning o‘rtacha yillik soniga bo‘linadi. Gap shundaki, ushbu yosh guruhi uchun o‘rtacha yillik son tushunchasini amalda aniqlab bo‘lmaydi. Buning ustiga, hayotning birinchi yili boshida va oxirida o‘lim ehtimoli bir-biridan jiddiy farq qiladi.
Agar kalendar yil davomida 0 yoshda o‘lganlar yig‘indisiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, shuni ko‘rish mumkinki, bu yig‘indi shu yili ham, bundan oldingi yil ham tug‘ilgan bolalardan tashkil topadi.
Hayotning birinchi yili uchun o‘lim ko‘rsatkichlari koeffitsienti (ehtimoli) uchun hisob-kitob formulasi, aftidan, o‘lgan bolalarning turli avlodlarga mansub ekanligini hisobga olishi lozim. Bu turli yaqinlashtirishlar yordamida amalga oshirilib, ularni tanlash mos keluvchi statistika axboroti va talab qilingan hisoblab chiqishlar aniqligi bilan belgilanadi.
Agar faqat u yoki bu yilda tug‘ilganlar soni haqida umumiy ma’lumotlar ma’lum bo‘lsa va chaqaloqlar o‘lim koeffitsienti hajmini baholashda katta aniqlik kerak bo‘lmasa, chaqaloqlar o‘limi koeffitsienti bahosi oddiygina o‘lgan bolalar sonini shu yili tug‘ilgan bolalar soniga bo‘lish yordamida olinishi mumkin.
Biroq bu baho eng qo‘pol va taxminiy hisoblanadi. Buning ustiga, buni faqat tug‘ilganlar soni ham, o‘lganlar soni ham katta bo‘lmagan yillik tebranishlar holida amalga oshirish mumkin. Agar qo‘shni yillar bu borada bir-biridan kuchli farq qiladigan bo‘lsa, baholashdagi xato hajmi yo‘l qo‘yish mumkin bo‘lgan chegaradan chiqishi mumkin. Bu holatda uni taklif etgan nemis statis­tik va demograf olimi Yoxannesa Rats (1854-1933) nomi bilan atalgan Rats formulasiga murojaat qilinadi. Umumiy ko‘rinishda Rats formulasi quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi:
bu yerda:
IMR - chaqaloqlar o‘lim koeffitsienti:
D0 - shu yili o‘lgan 1 yoshgacha bo‘lgan yoshdagi bolalar soni;
V-1 - o‘tgan yil tug‘ilgan bolalar soni;
V1 - shu yil tug‘ilganlar soni: α va β - vazn, bunda α + β = 1.
α va βvaznlar hayotining birinchi yilida o‘lgan bolalar sonini taqsimlashdan kelib chiqib tanlanadi. Agar taqsimot bir me’yorda bo‘lganida, ya’ni o‘lim ehtimoli hayotning birinchi yilida istalgan oy uchun bir xil bo‘lganida, bunda α = β = ½ bo‘lardi. Haqiqatda esa bunday emas: o‘lim ehtimoli yosh o‘sishi bilan kamayib boradi. Bola qanchalik kattarsa, uning bir yoshga etmay o‘lim ehtimoli shunchalik pasayadi. Bunda chaqaloqlar o‘lim ko‘rsatkichlarining pasayishi bilan bir paytda uning eng erta yosh tomon siljishi ro‘y beradi. Shu sababli vaqt o‘tishi bilan Rats formulasidagi vazn koeffitsientlarini almashtirishga to‘g‘ri keladi. Rats α = 2/3 va β = ½ deb qabul qilgan. Hozirgi paytda bu vaznlar ko‘pincha mos ravishda 3/4 va 1/4 ga teng deb qabul qilinmoqda. Chaqaloqlar o‘lim ko‘rsatkichlari darajasi past bo‘lgan ayrim mamlakatlarda vazn sifatida α = 4/5 va β = 1/5 hattoki α = 9/10 va β = 1/10 deb qabul qilinadi.
Rats formulasi faqat shu va oldingi yil tug‘ilganlar va hayotning birinchi yili o‘lganlar soni ma’lum, lekin avlodlar bo‘yicha o‘lganlar soni noma’lum yoki ABC va ACD elementar yig‘indilar soni noma’lum, ya’ni 1 yoshgacha o‘lganlar ichida kim bu yil va kim oldingi yil tug‘ilgani noma’lum bo‘lgan holatlarda foydalanish uchun mo‘ljallangan. Rats formulasi shuningdek, o‘quv maqsadlarida ham foydalaniladi, chunki chaqaloqlar o‘limi haqida chop etiladigan statistika ma’lumotlari bir yoshgacha o‘lgan bolalarning avlodlar bo‘yicha taqsimlanishini bermaydi.
Haqiqatda zamonaviy statistika bunday axborotlarga ega va shu sababli aslida chaqaloqlar o‘limi koeffitsienti ikkita mustaqil koeffitsient yig‘indisi sifatida hisoblab chiqilib, ularning birinchisi bu yil o‘lganlar sonining o‘tgan yil tug‘ilganlar soniga nisbatiga, ikkinchisi esa – bu o‘lganlar sonining shu yil tug‘ilganlar soniga nisbatiga teng:
Bu yerda: D0-1 va D01 - mos ravishda bu yil va o‘tgan yil tug‘ilganlar ichida 0 yoshdagi bolalar soni.
Biroq eski qayd qilish qoidasi hozir ham amal qilmoqda. Shunday ekan, xalqaro standartlarga o‘tishni hozircha to‘liq va uzil-kesil tugatilgan deb hisoblash mumkin emas. Mamlakat davlat statistikasi avvalgidek tirik tug‘ilgan bolalar va vazni 1000 gr.dan kichik bo‘lgan bolalar o‘lim ko‘rsatkichlari haqida ma’lumotlarga ega emas. Ular faqat tibbiyot statistikasi tomonidan hisobga olinadi, chunki sog‘liqni saqlash organlari barcha tirik tug‘ilganlar va vazni 1000 gr.dan kichik (yoki bo‘yi 25 sm.dan kichik, yoki homiladorlik davri 22 haftadan kam) bo‘lgan o‘lik tug‘ilgan bolalarni qayd qilishi shart.
Oxirgi paytlarda davlat statistika qo‘mitasi bolalar o‘lim ko‘rsatkichlari haqida ma’lumotlarni chop eta boshlagan bo‘lib, bu sifatda 0-4 yosh oraliqdagi yangi tug‘ilgan bolalar, ya’ni tug‘ilgan vaqtdan aniq 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘lim ko‘rsatkichlari ehtimoli foydalaniladi. Bu ko‘rsatkich quyidagi formula bo‘yicha jadval asosida hisoblab chiqiladi:
Bu yerda:
l0 – o‘lim ko‘rsatkichlari jadvali ildizi (ushbu holatda 100 000);
l5 – aniq 5 yoshgacha yashaganlar jadval soni.

Yüklə 178,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin